76
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar
dinamikasini belgilovchi
omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan
investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki
investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko‗rsatadigan
foyda normasini
pasaytirib qo‗yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz
stavkasi
dinamikasiga teskari proporsional tarzda
o‗zgarishini
ko‗rsatadi.
Avtonom invstisiya funksiyasi quyidagi ko‗rinishga ega:
I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‗lgandagi investitsiya xarajatlarining
maksimal hajmi.
U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatlari, yer,
foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‗zgarishga
ta‘sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffisiyent.
Dostları ilə paylaş: