O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə56/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Yatrokimyo davrida moddalarni aniqlashning yangi usullari paydo boʻlgan, ular asosida eritmadagi analiz jarayonlari yotgan. Masalan: kumush xlorid ionlari bilan reaksiyasi yordamida aniqlangan. F. Sabadvari va A. Robinsonlarning ("Analitik kimyo tarixi" kitobining mualliflari) yozishicha bu davrda koʻplab kimyoviy reaksiyalar sifat analizining klassik sxemasiga asos boʻlib hisoblangan. Shu davrlarda Monax Vasiliy Valentin “choʻkish” va “choʻkma” tushunchalarini kiritdi.
Analitik kimyo tarixida asosiy oʻrinni ingliz olimi Robert Boyl (XVII asr) egallaydi. U “kimyoviy analiz” tushunchasini kiritgan. R.Boylgacha boʻlgan vaqtda va XIX asrning birinchi yarmigacha analitik kimyoning asosiy qismlaridan boʻlgan “kimyoviy analiz” terminini R. Boyl tomonidan F. Klodga 1654- yil yozilgan xatida keltirgan. U oʻsha vaqtda Irlandiyada boʻlgan.
R. Boyl oʻsimlik ekstraktlari (lakmus, binafsha va boshqalar) va hayvon matolaridan kislotalik va ishqorlikni aniqlashda sistematik foydalangan. Masalan, ishqoriy muhitda binafsha ekstrakti yashil ranga kiradi. Qadim zamonlardan maʻlumki oshlovchi yongʻoqlar temir va mis ishtirokida boʻyalib, boʻyalish intensivligi eritma tarkibidagi metall bilan bogʻliq. Boyl choʻkma tarkibini kristall shakliga qarab oʻrgangan, u fraksiyalab kristallash oʻtkazgan. Boyl kimyoni tibbiyotdan ajratdi va bu bilan yatrokimyo davrini tugatdi.
Flogiston nazariyasi davrida XVIII asrlarda gazlar analizi sohasida koʻp ishlar qilingan edi. Gaz analizi asoschilari sifatida bir vaqtda ishlagan G. Kavendish (u suvning murakkab modda ekanligini koʻrsatgan), J. Pristli, K. Sheyele, J. Bleklarning nomi bilan kislorod, vodorodning kashf eilishi va koʻpgina boshqa ochilishlar bogʻliq. Masalan, shved olimi K. Sheyele oksalat kislotani oldi va buni birinchi marta kalsiyga reagent sifatida tavsiya qildi. XVIII yuz yillikning etakchi analitiklaridan biri A. Marggraf kimyoviy analizda mikroskopni qoʻllay boshladi, yangi moddalar kashf qildi. XVIII asrning taniqli analitiklaridan biri shved olimi T. Bergman (1735-1784) dir. U birinchi marta sifat va miqdor analizini bir-biridan ajratdi.
Bergmannining qilgan asosiy ishi bu temirning birikmasi tarkibiga uglerod va fosforning kiritishi boʻldi. Temirning turli birikmalari tarkibidagi uglerodning miqdori, aktivlangan koʻmir ishtirokida olingan, bu esa zamonaviy metallurgiyaga yoʻl ochdi. Hozirgi vaqtda choʻyan va poʻlatning qanday olinishi va tarkibini hamma biladi. Kimyoviy analiz Bergman davridan ikki ming yil oldin ham maʻlum boʻlgan, lekin shved olimi fanda alohida yoʻnalish, yaʻni analitik kimyoni ajratadi va birinchi sifat analizi sxemasini yaratdi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari A.L. Lavuazening kashfiyoti hammaga maʻlum (yonishning kislorod ishtirokida borishi, moddalar massasining saqlanish qonuni, element va birikma oʻrtasidagi farq) flogiston nazariyalarining yakunlanishiga sabab boʻldi.
Bu davrda stexiometriya qonunlari ochildi. Bu analitik kimyoning fundamental asosi boʻlib xizmat qildi.
I. Rixter oʻzining dissertatsiyasida matematikadan kimyoda foydalanishni koʻrsatdi.
Taniqli shved olimi Ya. Berselius (1779-1848) I. Rixterning izidan borib, oksidlar analizlari asosida oʻsha davrda maʻlum boʻlgan barcha elementlarning atom massalarini aniqladi, element belgilari va kimyoviy formulalarni kiritdi, analitik hisoblashlarni stexiometriya qonunlari asosida oʻtkazdi. Berselius metrologiyaga ham koʻp xizmat qilgan. U aniqlash xatoliklarini baholadi, tarozida tortishning aniq usullarini ishlab chiqdi, platina metallarining aniqlash usuli ham ularga taalluqli. Shved olimi sifat analizining yangi sxemasini yaratishga harakat qildi. Silikatlar analizida Berselius ftorid kislotani qoʻlladi, metallarni ajratishda xloridlarni haydashni qoʻlladi.
Birinchi kimyoviy analizga doir qoʻllanmallar alkimyo davrida ham boʻlgan. XVIII asrda esa ularning soni yanada ortgan. 1790-yilda Ienda I. Getglinning “Toʻliq kimyoviy tekshirish palatasi”, 1799-yilda Fransiyada L.N. Boklenning “Sinovchi uchun qoʻllanmasi” ni, V.A. Lampadius 1801- yilda “Mineral moddalar kimyoviy analizidan qoʻllanma” kitobini yozdi va bu kitobda “Analitik kimyo” tushunchasi qoʻllangan. Bu tushuncha K. Prafning “Kimyogarlar, davlat tabiblari, dorishunoslar, qishloq xoʻjaligi va kon qidiruvchi mutaxassislar uchun analitik kimyodan qoʻllanma” kitobida yana jonlandi.
Analitik kimyoda oxirgi paytlargacha sistematik sifat analiziga asosiy eʻtibor qaratilgan. R.Boyl birinchi boʻlib vodorod sulfidni qoʻrgʻoshin va qalayga kimyoviy reagent sifatida ishlatgan. Bergman esa vodorod sulfiddan koʻpgina metallarni choʻktirishda asosiy reagent sifatida foydalangan. Bu yoʻnalishda J.L. Gey-Lyussak va boshqa XIX asr olimlari ishlagan. Boshqa sifat reaksiyalari oʻrta asrlargacha toʻplangan, ulardan yangilari sifatida yodning kraxmal bilan reaksiyasi (F. Shtromaer, 1875), fosforning molibdat bilan (L.S. Svanberg, 1848) reaksiyalarini keltirish mumkin. Vodorod olish uchun Kipp apparati (1864) dan foydalana boshladi. Zamonaviy vodorod sulfidli sifat analizi sxemasi G. Roze, K.R. Frezenis va boshqalarning maqolalarida chop eildi. Keyinroq, asr oxirlarida boshqa sifat analizi sxemalari yaratildi.
Miqdor analizi usullari qatoriga XIX asr oʻrtalarida titrimetrik, gravimetrik analiz usullari, element-organik analiz usuli, gaz analizi usullari qoʻshildi.
Titrimetrik analizga XVIII asr oʻrtalarida asos solingan boʻlib, bu usul sanoat talabi asosida dunyoga keldi.
Ishlab chiqarishning birinchi va asosiy kimyoviy mahsulotlari sulfat va xlorid kislota, soda va xlorli suv boʻlgan. Ular asosan matolarni oqartirishda ishlatilgan. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ishlatish yoki doimiy nazoratni talab qilgan. 1726-yil K.J. Joffrua analitik maqsadlarda kislotalarni neytrallab aniqlashni qoʻlladi. Sirka kislotani kalsiy karbonat bilan neytrallagan, indikator sifatida bunday “titrlash” da oxirgi nuqta gaz ajralishi toʻxtashi boʻlgan.
1750- yilga kelib, titrant sifatida maʻlum konsentratsiyali eritmalar ishlatildi, indikator sifatida esa binafsha ekstraktidan foydalanildi. Frantsiyada mato oqartirishda titrimetriyani qoʻllash asosiy oʻrin egallagan (F. Dekruazil va boshqalar); 1795-yil gipoxloridni aniqlash usuli taklif qilindi. Bu erda titrlash uchun pipetka, byuretka, oʻlchov kolbalaridan foydalanilgan. Keyinroq J.L. Gey-Lyussak oksidlanish-qaytarilishga asoslangan titrlashda indikator sifatida indigoni taklif etdi. U “titrlash” tushunchasini kiritdi.
Gravimetrik tortma analiz haqida K.R. Frezenius (1846, ruscha tarjima 1848) ning kitobida batafsil yozilgan, usul tekshirilayotgan moddaning choʻkmasini oʻlchashga asoslanadi. Choʻkma quritiladi, kuydiriladi va tortiladi. Keyinroq (1983) kulsizlantirilgan filtrlar, F. Guchning (1978) filtrlovchi tigellari va organik choʻktiruvchilar taklif etildi. XX asrda “gomogen eritmadan” choʻktirish va termogravimetriya usullari paydo boʻldi.
XIX asrning bir qancha taniqli kitoblaridan “Analitik kimyodan qoʻllanma” G. Roze (1829) kitobini, “Kimyoviy sifat analizi boʻyicha qoʻllanma” K.R. Frezenius (1841) larni olishimiz mumkin. Rossiyada XIX asr oxirlarida “Analitik kimyo” N.A. Menshutkin tomonidan yozilgan taniqli kitob 16 marta qayta nashr eilgan boʻlib, 1917-yildan keyin ham bir necha marta chop eilgan. Analitik reagentlar odatda organik va noorganik boʻlgan (oshlovchi yongʻoq ekstrakti va binafsha ekstrakti, oksalat kislota). XIX asrning ikkinchi yarmida analizda ishlatiladigan organik birikmalar soni ortdi. Nitrat ioniga Griss (1879) reaktivi taklif qilindi (naftilamin va sulfanil kislota aralashmasi nitrit bilan qizil rang beradi). M.A. Ilinskiy (1885) alfa-nitrozo-betta-naftolni kobaltga reagent sifatida ishlatgan. Asosiy oʻrinni L.A. Chugayevning ishlari egallaydi. U dimetilglioksimni nikelni topish va aniqlashda ishlatadi.

Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin