1.2.1. Tiplar, radikallar, elektron nazariyalarning mazmun va mohiyatini oʻzlashtiradi;
1.2.2. A.M.Butlerovning organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi haqida tushunchaga ega boʻladi;
1.2.3. Organik sintez va uning yutuqlari toʻgʻrisida maʻlumotga ega boʻladi;
1.2.4. Katalitik jarayonlarning kashf etilishi va ularning turlari toʻgʻrisidagi fikrlarini tahlil qila oladi va maʻlumot beradi;
1.2.5. Bioorganik kimyoning asosiy maqsadi va fan sifatida shakllanish bosqichlari tarixini oʻzlashtirib oladi;
2.6. Bioorganik kimyo taraqqiyotida Bayer va Perkin ishlari haqida tasavvurga ega boʻladi va uni shakllantiriradi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar:"Yogʻlarning shirin asosi". Radikallar va elektrokimyoviy dualizm. Hayvonot kimyosi. Vino ruhi. Vino spirti. Kuporos moyi. Erkin radikallar. Metalepsiya. Kislotalarning kislorodli nazariyasi. Vodorod nazariyasi. Izomeriya. Polimer. Gomolog. Gomologik qatorning matematik formulasi. Unitar va tiplar nazariyasi. Elementorganik birikmalar. Biokimyo. Geokimyo. Kosmik kimyo. Bioorganik kimyo. Geterogen va gomogen kataliz. Kimyoviy termodinamika. Kinetika. Stereokimyo (birikmalarning fazoviy tuzilishi). Elektrolitik dissosilanish nazariyasi. Stereoregulyar polimerlar. Vitaminlar. Gormonlar. Nuklein kislotalari. Oqsillar. Boʻyoqlar. Sintetik tolalar. Pestisidlar. Plastmassalar. Oʻsimlik pigmentlari. Mikrotahlil usullari. Xromatografining afzalliklari. "Immobillashgan ferment".
1.4. Dars shakli:guruh va mikroguruhlarda.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: suhbat, maʻruza-hikoya, bahs, videousul.
Kerakli jihoz va vositalar: rasmlar, videoproyektor, videofilmlar.
Oʻqituvchi
Oʻquv mashgʻulotni tashkil qilish bosqichi: 2.1. Mavzu eʻlon qilinadi.