O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


-Rasm.Maydon bo`ylab suv xaydab ishlatish tizimi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə20/96
tarix22.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#190155
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim

2.15-Rasm.Maydon bo`ylab suv xaydab ishlatish tizimi

1-xaydovchi quduq; 2- qazib chiqaruvchi quduq. a, b, c, d - quduk to`rlari ko`rinishlari.


Saylab suv xaydash tizimi axamiyatli xar turli, linza ko’rinishidagi tuzilishga ega bo`lgan, xamda qatlamning kollektorlik xossalari va qalinligi birdan o`zgaradigan ishlatish ob`ektlari uchun ko’llaniladi. Suv xaydashning bu turi maydon bo`ylab suv xaydash turlaridan biri hisoblanadi. Bu tizimda ishlatish ob`ekti teng ulchamli uchburchak yoki turtburchak to’r bo`yicha burg’ilanadi.


Butun kon geologik materiallarni kompleks ishlash asosida burg’ilangan quduqlardan suvni yaxshi qabul qiladiganlari tanlanadi. Xaydovchi quduqlar joyini tanlashga asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi: qamrab olish maksimal bo`lish uchun qatlamning qalinligi katta bo’lmasligi kerak; qatlamning sizdirish xususiyati juda yaxshi bo`lishi lozim; o`tkazuvchan qatlamchalarning soni maksimal va qo’shni quduqlarda shunday qatlamchalar bilan aloqasi aniqangan bo`lishi kerak. Bu holda xaydovchi quduqlarning soni maydon bo`ylab suv xaydashdagiga nisbatan ancha kam bo`ladi.



2.16 -Rasm. Katta konlarni bo`lmalab suv xaydab ishlatish tizimi
1 - tashqi neftlilik konturi; 2 –ichki neftlilik konturi; 3 -xaydovchi quduq; 4 - qazib chiqaruvchi quduq; 5 - qatlamning yuqori kollektorlik xossasiga ega soxalari; 6 - qatlamning quyi kollektorlik xossasiga ega soxalari.


Suv bostirishnig tasnifi.
Hozirgi zamonda suv bostirish - qatlamlarni ishlashni va neft beraolishlikni oshirishni yuqori potensial va o'zlashtirilgan usuli. U gidrofob kollektorlardan, yuqori qovushqoq neftlardan va kuchli gillangan kam o'tkazuvchanli qatlamlardan boshqa barcha geologik-fizik va texnik-texnologik sharoitlarda amalda qo'llasa bo'ladigai usul.
Haydovchi quduqlarni joylashtirish usuli bo'yicha qatlamga suv bostirish tizimlari quyidagilarga bo'linadi:
1. Chegaradan tashqariga suv bostirish - uyumni perimetri bo'yicha neftlilikning tashqi chegarasi ortiga haydovchi quduqlarni joylashtirish orqali suv haydash. Suv bostirishning bu turi uchun eng ma'qul ob'ektlar - yaxshi o'tkazuvchanli bir turdagi qum va qumtoshlardan tuzilgan, tektonik buzilishlar bilan murakkablashmagan va kam kovushqoqli neftli qatlamlar. Bir qator haydovchi quduqlarga 3 - 4 qator ishlatuvchi quduqlar to'g'ri keladigan o'rta va uncha katta bo'lmagan neft uyumlarini ishlashda yaxshi natijalar olinadi.
2. Chegara bo'ylab suv bostirish - bunda haydovchi quduqlar neftlilikning tashqi va ichki chegaralari orasiga, qatlamning suv neftli hududiga joylashtiriladi.
3. Chegara tashqarisiga yoki chegara bo'ylab suv bostirishni chegara ichra suv bostirish bilan kombinasiyasi. Bu usul mahsulot qazib chiqarishni konni butun maydoni bo'ylab jadallashtirish uchun ishlatiladi:
a) uyumni haydovchi quduqdar katorlari bilan bir nechta maydonlarga bo'lish;
b) markaziy chegara ichra suv bostirish. Bunda haydochi quduqlar uyumning markazida batareya ko'rinishida yoki chegara ichra halqa ko'rinishida joylashtiriladi;
v) o'choqsimon suv bostirish - bunda katta konlarda alohida suv haydovchi quduqdar qatlam jinslarining o'tazuvchanligi past bo'lgan hududlarida joylashtiriladi;
g) o'q buylab suv bostirish - bunda haydovchi quduqlar uyumning markazida o'q bo'ylab joylashtiriladi. Bu usul eniga nisbatan uzunligi bir necha marta katta bo'lgan uyumlarda yaxshi samara beradi.
Maydon bo'ylab suv bostirish asosan neft olishning ikkilamchi usuli sifatida qatlamning tabiiy energiyasini anchagina qismi sarf bo'lgan, qatlamda esa ko'p miqorda neft qolgan tazyiqsiz tarzda ishlayotgan neft uyumlarida qo'llannladi. Bunda qatlamga suv bostirish butun maydon bo'ylab bir tekis joylashtirilgan haydovchi quduqlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Katta samara olish uchun oluvchi va haydovchi quduqlarni to'g'ri geometrik to'r bo'yicha joylashtirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Qatlam bosimi neftni gazga to'yinish bosimidan yuqori bo'lgan ko'pgina konlarda 1t neftni yo'ldosh gaz bilan birgalikdagi hajmi 1,4 - 1,6 m ni tashkil kiladi. Bu shundan dalolat beradiki 1t neftni (er yuzasidagi o'lchashlarga ko'ra) qazib chiqarishda sarflangan energiyani to'ldirish uchun qatlamga 1,4-1,6 m3 agarda haydalayotgan suv yo'qotishlarini hisobga olsak 1,6 dan 2 m3 gacha suv haydashimiz kerak.
Quduqlar tubidagi bosim qo'llanilayotgan nasoslar ko'tarishi mumkin bo'lgan maksimal va optimal bosim bo'yicha aniqlanadi:
Рқ.тб = Рчиқ + Рустишқ

bu erda: Рқ.тб - haydovchi quduqlar tubidagi bosim; Рчиқ - nasosdan chiqishdagi bosim; Руст - quduqdagi suv ustuni bosimi; Ришқ - suvning nasosdan quduq tubigacha harakatida ishqalanishga sarf bo'lgan bosim.


Ishqalanishga sarf bo'lgan bosim Ришқ gidravlikaning ma'lum formulalari bo'yicha aniqlanadi.
Har bir quduq orqali haydalayotgan suv hajmi yuqorida chiqarilgan quduq tubi bosimi orqali va quduqlarni tadqiqot qilish orqali topilgan qabul qilish koeffisienti bo'yicha hisoblanadi:
Qҳайқабқ.тбқат)

buerda: Qҳай - suv haydash hajmi; Кқаб-qabul qiluvchanlik koeffisienti; Ркт va Рқат -mos holda quduq tubi va qatlam bosimi.


Qatlamga suv haydash jarayonini amalga oshirish uchun haydovchi quduqlar soni umumiy haydalayotgan suv miqdorini bitta quduqning o'rtacha qabul qiluvchanligiga bo'lish va 20% gacha ehtiyoj quduqlarini hisobga olish orqali aniqlanadi.

N=1,2(Qум/ Qҳай),


bu erda: N - haydovchi quduqlar soni; Qум - umumiy haydalayotgan suv miqdori; Qҳай - bir haydovchi quduqning o'rtacha qabul qiluvchanligi.





Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin