Aralashuvchi siqib chiqarish usullari - bularga neftni siqib chiqarish jarayonida CO2 suyultirilgan uglevodorod gazi (asosan, propan bilan), metanning C2-C6 komponentlari boyitilgan aralashmasi hamda quruq gaz bilan (asosan metan) aralashishi natijasida hosil bo`ladigai sharoitdan foydalanish ko`zda tutiladi.
Yuqorida sanalgan har bir usul o`z sharoitlariga ega bo`lib, u qatlamdagi suyuqliklarning fazali holatiga bog’liq bo`lgan sharoitlarga bog’liq.
Quruq gazning neft' bilan aralashish holati yuqori bosim ostida sodir bo`lishi mumkinligini inobatga olib, u usulni qatlam bosimi 20 MPa dan ortiq sharoitda qo`llash tavsiya etiladi. Boyitilgan gaz bilan aralashish 10-20 MPa sharoitda sodir bo`lishi mumkin, suyultirilgan gaz va karbonat angidridni qo`llash 8-14 MPa sharoitda bajarilishi mumkin. Demak, bu usullarni 1000-1200m va undan ortiq chuqurlikda joylashgan qatlamlarga tatbiq etaversa bo`ladi. Bu usullarni qo`llagan vaqtimizda qatlamdagi neftning qovushqoqligi anchagina kam bo`lganligi (5MPa*s gacha) va uning qalinligi ham kichikroq bo`lganda (10 -15m dan kam) maqsadga muvofiq bo`lib, yaxshi natija kutsa bo`ladi. Bu usullarni iloji boricha o`tkazuvchanlik past bo`lgan qatlamlarda qo`llash maqsadga muvofiqdir, chunki boshqa hamma sharoitlari o`xshash bo`lib, o`tkazuvchanligi o`rtacha bo’lgan qatlamlarda suv haydash usuli ham yaxshi natija beraveradi.
Suyultirilgan gaz usulini qo`llagan vaqtimizda qatlam harorati 96-97°C dan ortmasligi lozim, chunki undan ortiq haroratda suyultirilgan gaz bug’lanib, ko`zlangan natijani bermasligi mumkin. Boshqa usullarni qo`llashda harorat tufayli chegara mavjud emas. Boyitilgan gaz bilan neftni yuqori bosim ostida siqib chiqaradigan bo`lsak, neftga to`yinganlik 60-70 % dan kam bo`lmasligi maqsadga muvofiq.