1.6. Ishlatilayotgan ob`ektdan chiqarnlayotgan neft', gaz, suv o`zgarishi (dinamikasi)
qazib olinayotgan ob`ektning asosiy ko`rsatgichlari undan olinayotgan neft', suv, gaz va umuman suyuqliklarning joriy (oylik kvartal va yillik) ko`rsatgichlari xamda ularning jamlangan ko`rsatgichlaridan iboratdir. qazib chiqarilayotgan ob`ektning ishlatilish jarayonidagi o`zgarishlarini qazib chiqarish ko`rsatkichlarining dinamikasi deb ataladi. Bunday ko`rsatkichlarni olinishi mumkin bo`lgan zaqiralarga va neft' beraolishlik koeffitsientiga nisbati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va ishlatilish ob`ektlari turkumining qazib chiqarish tajribasi umumlashtiriladi qamda bu ishlarni bajarishda aksariyat yillik ko`rsatgichlardan foydalaniladi.
qazib chiqarishning asosiy ko`rsatgichlari absolyut o`lchamlarda (neft', suv, suyuqlik ming t., gaz mln.m3) ko`rsatiladi. Ba`zan qazib chiqarish sur`atini yaxshiroq ko`rsatish uchun, uni qazib chiqarilishi lozim bo`lgan neft' miqdoriga nisbatai % qisobida berilishi mumkin, xuddi shu kabi ob`ektdan olinayotgan suvning miqdorini chamalash uchun qam uni zaqiralarga nisbatan % qisobida ko`rsatiladi. Gohida yillik qazib chiqarishning sur`atini chamalash maqsadida qoldiq zaqiraga nisbatan % ko`rinishda qam ifodalanadi.
Neft', bilan birga olinadigan suv miqdori esa ko`pincha qatlamdan olingan suyuqlikka nisbatan % ko`rinishida berilali. qazib chiqarish jarayonining boshidan boshlab oliigan neft', (gaz) miqdori jamlangan qolda uning dastlabki balans zaqiralariga nisbatan olinsa, bu ko`rsatgich joriy neft' beraolishlikni ko`rsatuvchi son bo`lib qoladi va shu qisob vaqtiga qatlamdan maqsulot olinganlik darajasini belgilaydi,
SHu ko`rsatgichlarning o`zgarishini (dinamikasini) ob`ektni qazib chiqarish bosqichlariga qarab tahlil qilinsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ma`lumki, neft' (gaz) konini- qazib chiqarish jarayoni to`rt bosqichdan iboratdir. qatlam (uyum) qidiruv ishlari tugatilgach ishga tushadi va o`zning 1 bosqichini boshdan kechiradi. Adabiyotlarda bosqichlarning 1 va 2 ni olinadigan maqsulotning o`sish, 3 va 4 ni uning pasayish davri deb qam yuritiladi. Maqsulotning asosiy qismi 1-2-3 bosqichlarda olib bo`linadi, degan tushuncha xam mavjud, lekin 4 ya`ni yakunlovchi bosqichda qam uzoq yillar davomida salmoqli neft' miqdori olinganligi tajribadan ma`lum.
qazib chiqarish asosiy ko`rsatgichlarining o`zgarishi qatlamniig geologik sharoitlariga qamda qo`llangan texnologiyaning mukammalligi, shuningdek qazib chiqarish tarkibining samaradorligiga boqliq.