O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə71/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Muhofaza qilish va yordam ko'rsatish. O'qituvchi chap tomon­dan qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochi ostida turib, chap qo'li bilan talabaning chap qo'lidan, o'ng qo'li bilan belidan ushlab turadi va ko'maklashadi.
Qo'shpoyaning pastki yog'ochida cho'qqayib osilish holatidan qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochiga ko'tarilib tayanish (170-rasm). Cho'qqaygan holatidan oyoqlarni dadil to'g'rilab, yelka bo'g'in- laridan to'lig'icha cho'zilgan holatni saqlagancha gavda bilan pastgacha orqaga cho'zilish kerak.
Oyoqlar to'g'rilanishi bilan qo'shpoyaning yuqoridagi yog'o­chiga to'g'ri qo'llar bilan oldinga-pastga keskin bosgancha oyoqlar bilan depsinib, tayanish holatiga chiqiladi. Barcha harakatlarning to'g'ri va izchil bajarilishi tepadan tayanish holatiga chiqishni ta'minlaydi.



oyoqlarni kerib, o'ng songa o'tiriladi. Chap qo'lni yon tomonga tushirib borib, chap oyoq orqaga uzoqroq uzatiladi, o'ng oyoq esa tizzadan bukiladi. O'tirishni tugatayotib, kerilishga o'tish kerak.
O'ng songa o'tirish holatidan kerilib sakrab tushish
. O'ng qo'l bilan qo'shpoyaning pastki yog'ochidan o'ng tizza oldidan almash- tirib ushlanadi. Gavda og'irligini o'ng qo'lga o'tkaza borib, son bilan qo'shpoyaning pastki yog'ochidan itarib yuboriladi, ayni vaqtda chap qo'lni yuqoriga-tashqariga siltash kerak. To'g'ri tutilgan o'ng qo'lga tayanib, oyoqlar birlashtirilib kerilishi lozim. Bunday sakrab tushishni o'ng tomondan orqaga burilib va shuningdek, chap to­mondan orqaga burilib bajarish mumkin. Birinchi mashqda chap qo'l bilan pastki yog'ochdan o'ng tizza oldidan teskari ushlash kerak. Gavda og'irligini shu qo'lga o'tkazib, son bilan itarib yubo­riladi va o'ng qo'lni tushirib, o'ng tomondan orqaga burilib, so'ngra oyoqlarni birlashtirib kerilish lozim bo'ladi. Ikkinchi mashqda chap qo'l bilan qo'shpoyaning pastki yog'ochidan chap son oldidan pastdan ushlash kerak. Tana og'irligini chap qo'lga o'tkaza borib, son bilan itarib yuborgan holda chap tomondan orqaga burilish va ohista yerga tushish lozim.
Qo 'shpoyaning pastki yog 'ochiga yotib osilish holatidan о'ng oyoqni aylantirib o'tib, 270°ga burilib, bir sonda o'tirib qolish. Yotib osilish holatidan o'ng oyoqni oldinga ko'tarib va chap tomonga burila borib, o'ng qo'lni yuqoridan, chap qo'lning orqasidan almashtirib ushlanadi. Burilishni yana 180°ga davom ettiriladi va gavdaning biroz kerishgan holatda ushlaganga chap qo'l bilan itarib yuborib, o'ng oyoq qo'shpoyani yog'ochi ustidan siltab o'tiladi. Chap qo'lni yon tomonga tushirib, chap oyoq orqaga uzoqroqqa uzatiladi va o'ng oyoqni bukkancha, o'ng songa o'tiriladi va kerishiladi.
О 'rgatish:

                1. qo'shpoyaning pastki yog'ochiga yotib osilish holatidan o'ng songa o'tirish;

                2. qo'shpoyaning pastki yog'ochiga o'ng oyoqni qo'yib, oyoq­larni kerib yotib chap qo'lni qo'shpoyaning yuqoridagi yog'ochi- ning pastidan ushlab osilish holatidan chap oyoqni siltab o'tib, chap tomonga burilib sonda o'tirib qolish;

                  1. qo'shpoyaning pastki yog'ochiga yotib osilish holatidan 270°ga (oyoqlarni juftlashtirib) chapga burilib, o'ng sonda o'tirib qolish;

                  2. qo'shpoyaning pastki yog'ochiga yotib osilish holatidan o'ng oyoqni aylantirib o'tib 270°ga burilib, bir sonda o'tirib qolish.



b) bir oyoq bilan siltanib va ikkinchisi bilan depsinib, oyoqlar bilan yuqoridagi qo'shpoya yog'ochiga tayanib, qo'shpoyaning pastki yog'ochida kerilib osilish va keyinchalik bir oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib to'ntarilgan holda chiqib tayanish (o'qituvchi yordami bilan);
d) bir oyoq bilan siltanib, ikkinchisi bilan depsinib to'ntarilib chiqish.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin