O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Landshaft

E
R
. K- namlanish koeffisenti, R- yillik yog‘inlar 
miqdori, E- mumkin bo‘lgan yillik bug‘lanish. Namlanish koeffisenti tundrada 
K=1, 0,6-0,3, cho‘lda 0,12 dan kichik. 


54 
Iqlimning zonalligi boshqa geografik jarayonlarda daryo oqimi va ularning 
gidrologik rejimida, grunt suvlari va botqoqliklarning hosil bo‘lishida, kimyoviy 
elementlarni migrasiyasida, organik dunyoda ham o‘z aksini topadi. 
Geografik zonallik organik dunyoda ansha yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Landshaft zonalarini nomlari ham behudaga shu joy uchun xos bo‘lgan o‘simliklar 
nomidan kelib chiqmagan.
Ko‘pgina hollarda landshaftlarning yer usti rel‘efi va geologik asosi yerning 
ishki energiyasi ta‘sirida hosil bo‘lganligi sababli zonallik o‘z aksini topmaydi, 
ular azonallik qonuniyatiga bo‘ysunadi deyiladi. Shuni aytish lozimki, rel‘ef faqat 
endogen kuchlar ta‘sirida hosil bo‘lmasdan, ekzogen kuchlar ta‘sirida ham 
shakllanadi. 
Ko‘pgina olimlarning ta‘kidlashicha sklupturali rel‘ef shakllari (ekzogen 
kuchlar ta‘sirida hosil bo‘lgan) zonallik xarakteriga ega. Buning uchun har bir zona 
uchun xos bo‘lgan rel‘ef shakllarini eslash yetarli. Masalan, muz zonasi uchun muz 
tekisliklari, muz shapkalari, muz oqimlari va boshqa shakllar, tundra zonasi uchun 
termokarstli sho‘kmalar, solyuflyukasion va torfli tepalar, dasht zonasi uchun 
jarliklar, balkalar, cho‘l zonasi uchun eol rel‘ef shakllari xosdir. Hattoki, karst va 
qirg‘oqlarni shakllanish jarayonlari azonal jarayonlar bo‘lsada, zonallik 
qonuniyatiga bo‘ysunadi. Masalan, karst rel‘ef shakllari asosan nam tropiklarda va 
shuningdek O‘rta dengizi zonasida keng tarqalgan. Tayga zonasida esa bunday 
jarayon tarqalmagan. Cho‘l zonasida karst hodisasi uchraydi, ammo ular asosan 
mexanik nurash bilan bog‘liq.
Geografik zonallik yer osti suvlarining haroratini o‘zgarishida ham namoyon 
bo‘ladi. Bir xil haroratga ega bo‘lgan yer osti suvlarining sathi janubdan shimolga 
qarab ortib boradi. Harorati 20
0
S bo‘lgan yer osti suvlarining sathi Qoraqumda bir 
necha o‘n metr shuqurlikda bo‘lsa, G‘arbiy Sibirning janubida 650-700 m, 
Markaziy Yoqutistonda 900 m shuqurlikda uchraydi. Bir xil shuqurlikda yotgan 
yer osti suvlarining mineralizasiya darajasi va erigan tuzlar tarkibi kenglik 
bo‘yisha o‘zgarib boradi. 
V.V.Dokuchaev zonallik qonuniyatini kashf qilganda ham zonalar ilgari 
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab parallellardan o‘tadi deb o‘ylamagan. U zonallik bu 
matematika emas, zonallik sxema va qonuniyatdangina iborat deb ta‘kidlagan edi. 
Keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsata boshladiki, hamma zonalar ham uzluksiz 
polasalarni hosil qilavermaydi, ular ayrim joylarda bir biridan uzilgan holda 
uchrasa, ayrimlari materik chekkalarida, ayrimlari esa materik ishkarisida 
uchraydi. Ayrim joylarda ular meridional yo‘nalishda ham bo‘ladi. Bir zonaning 
o‘zida ham uzoqlik bo‘yisha tafovutlar mavjud, tog‘larda esa ular o‘rniga balandlik 
mintaqalari vujudga keladi. 
Tabiatda bir vaqtning o‘zida ko‘plab qonunlar amal qiladi. Shuning uchun 
ham zonallikni asosiy qonun deb qaramaslik kerak. 
Geografik qobiqdagi zonallik qonuniyatiga mos kelmaydigan hodisalarni 
taqoza etadigan qonunlar-balandlik zonalligi, meridional zonallik, sektorlik, 
provinsiallik va spektrlik qonuniyatlari azonallik qonuniyatlari deb ataladi. 
Bularning asosini yerning ishki energiyasi tashkil qiladi. 


55 
Azonallik eng avvalo yer yuzasining materik va okeanlarga bo‘linishida 
namoyon bo‘ladi. Okeanlarda suv yuzasi quruqliklarga nisbatan quyosh nurlarini 
kam qaytaradi, buning natijasida okeanlar maydon birligi hisobiga 10-20% ko‘proq 
isiqlik oladi va uning ustidagi havo quruqlikdagiga nisbatan iliqroq bo‘ladi. 
Quruqlik va okeanlarning notekis isitilishi natijasida ular o‘rtasida kontinental va 
okean havo massalari uzluksiz almashinib turadi. Bunday havo almashishining 
azonal hodisa bo‘lib atmosfera umumiy sirkuliyasiyasini murakkablashtiradi. 
Quruqlikning okean havo sirkuliyasiyasi ta‘sirida bo‘lgan qismlari alohida va 
okeanlardan uzoqda materik ishkarisida bo‘lgan qismi tabiiy hududiy bo‘linishida 
alohida ajratiladi. Bu esa provinsiallikning asosiy sababi bo‘ladi. 
Okeanlardan materik ishkarisiga borgan sari o‘simliklar, hayvonot dunyosi va 
tuproqlarning o‘zgarib borishi qadimdan odamlarga ma‘lum bo‘lgan. Bu hodisani 
V.L.Komarov 1921-yilda meridional zonallik deb ataydi. Keyinshalik bu hodisani 
A.I.YAnputnin 1946-yilda sektorlik deb ataydi. Sektorlik ham zonallik qonuniyati 
singari umumgeografik qonuniyatdir. Bular orasida ayrim o‘xshashliklar ham bor. 
Ammo kenglik zonallikda tabiiy hodisalarning almashishida issiklik va namlanish 
asosiy rol o‘ynasa, sektorlikda esa namlik asosiy rol o‘ynaydi. 
V.L.Komorov materiklarda uchta meridional g‘arbiy, markaziy va sharqiy 
zonalarni ajratadi. A.I.Yanputnin ham xuddi shunday uchta tabiiy sektorlikni 
ajratadi. 
Sektorlik hamma mintaqalarda bir xil emas. Yevosiyoning mo‘tadil 
kengliklarida maydonning uzoq masofaga sho‘zilganligi va atmosfera 
sirkuliyasiyasi xususiyatlari natijasida uchta sektorlik namoyon bo‘lgan. 
Passatlar mintaqasida sharqiy shamollarning hukmronligi tufayli, cho‘llar 
materik ishkarisidan to okean qirg‘oqlarigasha sho‘zilgan, shuning uchun bu yerda 
nam g‘arbiy sektor tushib qoladi.
Landshaft sferasini zonalligini belgilovchi asosiy omil iqlim hisoblanadi. 
Iqlimga ayniqsa okeanlar katta ta‘sir etadi. Materiklarning chekka qismlaridan 
keskin kontinental bo‘lgan materiklarning ishki qismlaridan keskin farq qiladi. 
Iqlimning materik chekka qismidan ishki qismiga tomon o‘zgarib borishi natijasida 
boshqa komponentlar ham o‘zgaradi. Natijada bir xil landshaft zonasida ikki xil 
iqlim shakli tarkib topadi. Bular nam materik chekkasi va kontinental materik ishki 
iqlimlaridir. Buning oqibatida quruqlikda landshaft sferasining zonalligida ikkita 
mustaqil spektr, ya‘ni, dengiz va kontinental spektrlar hosil bo‘ladi. 
Zonallikning dengiz spektri quyidagi zonalarni o‘z ishiga oladi: muz, tundra, 
aralash va keng bargli o‘rmonlar, O‘rta yer dengizi zonasi, subtropik nam 
o‘rmonlar, gileyalar zonasi. 
Zonallikning kontinental spektri shimoldan janubga tomon muz, tundra, 
o‘rmon-tundra, tayga, o‘rmon-dasht, dasht, chalacho‘l, mo‘tadil mintaqaning 
chalacho‘l va cho‘llari hamda ularning subtropik va tropik analoglari. 
Zonallikning dengiz spektri quruqlikning iliq okean oqimlari ta‘sirida bo‘lib 
turgan qismlarida namoyon bo‘ladi. Sovuq oqimlari ta‘sirida bo‘lib turadigan 
joylarda havoning quruqlikdan okeanga tomon harakati kuzatiladi. Bunday 
joylarda dengiz spektrlari buzilib, kontinental spektr okean qirg‘oqlarigasha kirib 


56 
boradi. Bu tuproq shimoliy va janubiy tropiklarda kuzatiladi. Masalan, sovuq Peru 
va Bengal oqimlari ta‘sirida Atakama va Namib cho‘llari hosil bo‘lgan. 
Tabiiy – geografik bo‘linishning issiqlik va namlik o‘zgarishidagi zonal va 
sektorlikdan keyingi muhim omillaridan biri – joyning dengiz sathidan 
balandligidir.
Joyning gipsometrik holati hatto tekislik landshaftlariga ham ta‘sir etadi. 
Tekisliklarda ma‘lum balandlikgasha birinchi zona o‘zgarmaydi. Undan keyingi 
balandliklarda qo‘shni zonaga yoki shimoliy zonaga xos bo‘lgan belgilar paydo 
bo‘la boshlaydi, bir necha ming metr balandlikkasha kenglik zonallikka o‘xshash 
va zonalar almashinib boradi. Bu qonuniyat balandlik mintaqalari deb ataladi.
Balandlik mintaqalarini shakllanishida ham balandlik ortib borishi bilan 
issiqlikni o‘zgarishiga bog‘liq. Ammo haroratning o‘zgarishi xarakteri balandlik va 
kenglik bo‘ylab bir-biridan farq qiladi. Quyosh radiasiyasining miqdori balandlik 
oshgan sari kamaymasdan har 1000 metrda o‘rta hisobda 10% ga ortib boradi. 
Buning sababi atmosfera qalinligi va zishligini havoda suv bug‘i va changlarni 
kamayishi, atmosferada radiasiyaning yutilishi va qaytarilishini qisqarishidir. 
Ammo balandlik ortishi bilan yer yuzasiga uzun to‘lqinli nurlar ko‘proq tushadi. 
Natijada radiasiya balansi kamayib, harorat pasayadi. Harorat gradienti 
tekisliklarga qaraganda bir necha hissa katta bo‘ladi. Havo harorati balandlik 
bo‘ylab kengliklarga nisbatan bir necha marta tez pasayib boradi. Masalan, 
tog‘larda harorat har 1000 metrda 6

S ga pasaysa, tekisliklarda uning shuncha 
pasayishi uchun 1300 km masofa kerak.
Namlik sharoiti ham balandlik bo‘ylab kengliklardagidan boshqasha o‘zgarib 
boradi. Havoning namni sig‘dirishi balandlik bo‘ylab kamayib boradi. Tog‘larda 
yog‘inlarning yog‘ishi rel‘efning bar‘er effektiga bog‘liq. Tog‘larning to‘siqlik 
ta‘sirida havo massalarining ko‘tarilma harakati vujudga keladi, kondentsasion 
namlik ortib yog‘inlar ko‘p tushadi. Ma‘lum balandlikdan so‘ng esa havoda namlik 
zahirasining tugashi bilan yog‘inlar miqdori ham kamayadi. Maksimal yog‘inlar 
chegarasi esa qurg‘oqchil oblastlarda ansha yuqorida joylashgan. Alp tog‘ida 2000 
m, Kavkazda 2400-3000 m, Tyanshanda 3000-4000 m. 
Balandlik mintaqalari bilan kenglik zonalari orasida faqat tashqi ko‘rinishida 
o‘xshashlik mavjud. Ko‘pgina balandlik mintaqalari (alp o‘tloqlariga (sharqiy 
Pomir va Tibet baland tog‘ sovuq sahrolari)) o‘xshash zonalar kenglik bo‘ylab 
uchramaydi.
Har bir landshaft zonasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan balandlik mintaqalari 
shakllangan. Ekvatorga orogan sari balandlik mintaqalari soni ortib boradi, ularda 
balandlik chegaralari ham ko‘tarilib boradi. U bu qonuniyatlarni meridional 
yo‘nalishdagi tog‘larda ham ko‘rish mumkin. Masalan, Ural, Kordileriya tog‘lari. 
Tekislik landshaftlarning differensiatsiyalanishiga gipsometrik holatning 
ta‘siri oldindan kuzatilgan. O‘tgan asrning boshlarida G.N.Visoskiy Rus tekisligi 
janubida joy balandligini oshishi quruq va iliq oqim zonasi bilan almashinishi 
haqida yozgan edi. Bizga ma‘lumki, balandliklarga pasttekisliklardagiga nisbatan 
yog‘inlar ko‘proq tushadi. Masalan, o‘rmon-dasht zonasida balandliklar 
pasttekisliklarga nisbatan o‘rmonlar bilan qalin qoplangan.


57 
Havo harorati tekisliklarda ham tog‘lardagi singari balandlik ortgan sari 
pasayib boradi. Balandlik bo‘yisha t
0
gradienti hamma joyda bir xilda emas, bu yil 
fasllariga qarab ham o‘zgarib turadi.
Biz bilamizki tekisliklardagi qirlarning balandligiga katta bo‘lmasdan bir 
necha yuz metr bo‘lishi mumkin. Harorat esa har 100 m da 0,5-0,6
0
S ga pasayib 
boradi. Bunday pasayish balandlik mintaqalarini hosil bo‘lishi uchun etarli emas. 
Ammo kenglik zonalar chegaralarini o‘zgarishiga olib keladi. Balandliklarda 
landshaft zonalarining chegaralari janubga, pasttekisliklarda esa shimolga tomon 
siljiydi. Lanshaftlarning orogenik differensiatsiyalanishi avvalo geomorfologiya, 
keyin esa tekislik va balandliklarning iqlim farqiga bog‘liq. 
Rus tekisligining janubida o‘rmon-dasht va dasht zonalarida mumkin bo‘lgan 
bug‘lanish yillik atmosfera yog‘inlarining miqdoridan katta. Shuning uchun bu 
erda orogenik differensiatsiya yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu to‘g‘ri 
differensiatsiyalanish deb ataladi. Rus tekisligining shimoliy qismida, namlik 
balansi me‘yoriy bo‘lganda, tabiiy drenajga ega bo‘lgan balandliklarda janubga 
xos bo‘lgan landshaft elementlari uchraydi. Shimolda landshaftlarning balandlik 
differensiatsiyalanishi qarama-qarshi differensiatsiyaga ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, tekisliklarda landshaft differensiatsiyalanishining ikki yarusi 
vujudga keladi. Ular orasidagi chegarani aniq miqdor bilan aniqlab bo‘lmaydi. Rus 
tekisligida ular chegarasi o‘rtasha 170-180 m absalyut balandlikgasha etadi. 
Yaruslilik umumiy geografik qonuniyat bo‘lib tekislik landshaftlari uchun 
ham, tog‘ landshaftlari uchun ham xosdir. Agar balandlik mintaqasi rel‘efning 
faqat iqlim hosil qilish ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, yaruslilik rel‘efning barsha 
landshaft hosil qiluvchi xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Yaruslilik ko‘proq 
tog‘larning orogenik tuzilishida namoyon bo‘lib, turli yoshdagi qatlamlar zishligi 
bo‘yisha tog‘ tekisligi tarkibi ham o‘zgarib boradi. Masalan, tog‘larning quyi qismi 
uchun to‘rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan. Yuqoriga orogan sari ular 
paleogen, mezozoy va paleozoyning kristallashgan qatlamlari bilan almashinib 
boradi. Tog‘larda landshaft yaruslari balandlik mintaqalaridan farq qilsa ham, ular 
o‘rtasida nisbatan o‘xshashliklar ham mavjud. Quyi yaruslarga odatda tog‘lardagi 
birinchi balandlik mintaqasi to‘g‘ri keladi. O‘rtasha tog‘lar yarusiga bir necha 
balandlik mintaqalari to‘g‘ri kelishi ham mumkin. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin