O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Huquqiy ta’lim va tarbiya



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə60/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146
Укув кулланма 2022

Huquqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi.



Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal etiladi:
Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: keng ko‘lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi; shaxs huquqiy ongini shakllantirish; shaxs huquqiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

O‘quvchilardagi qiziqishni inobatga olgan holda huquqiy mavzularda ma’ruza va seminarlar tashkil etish, mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida ularni huquqiy adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, jinoiy xatti-harakatlar va ularning oqibatlari xususida davra suhbati, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan uchrashuv va konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, huquqiy mavzudagi kinofilmlar namoyish etish muhimdir.


Huquqiy tarbiyani tashkil etish davrida o‘quvchilar faoliyati mazmunini tahlil etish, ularda o‘z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shuningdek, o‘z faoliyatlarini real baholashga o‘rgatib borish talab etiladi.
O‘quvchilar “O‘zbekiston davlat va huquqi asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq” o‘quv predmetlari asoslarini o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari tizimi, vakillik hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va davlat qo‘mitalari, mahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kabi organlar faoliyatini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati mohiyatini o‘zlashtirish, xalqaro huquqiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yilishi tartibi bilan tanishib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong
balki siyosiy ong ham shakllanadi. Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi uchun asos bo‘lgan g‘oya va qarashlar o‘z navbatida huquqiy g‘oya va qarashlarning vujudga kelishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin