O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan bo‘lsak



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə39/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya dasturiga nazar tashlaydigan bo‘lsak:


  1. sinfda o‘quvchi dastlab orzularini aniqlay olishni o‘rgatilsa,

  2. sinfda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish ko‘nikmasi shakllantirildi.

  3. sinfda o‘quvchida dasturni o‘zlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarini amalga oshirishga harakat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.

  4. sinfda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga sog‘lom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida o‘zini anglaydi va o‘z xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu ko‘nikmalar shaklanib, o‘quvchi o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish, mustaqil fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Nazorat uchun savollar:


    1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang.

    2. Tarbiya maqsadi nimadan iborat?

    3. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

    4. Tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal etiladi?

    5. Tarbiya jarayoni qanday qonuniyatlar asosida kechadi?

    6. Tarbiya jarayoni qanday prinsiplar asosida tashkil etiladi?

7-MAVZU: TARBIYA METODLARI VA VOSITALARI




Reja:


  1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.

  2. Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi.

  3. Tarbiya vositalari.

  4. Tarbiyaviy ishlar va tadbirlarning mazmuni.



Tayanch iboralar!


Tarbiya metodlari, tarbiya vositalari, metod, usul, metodlar klassifikatsiyasi, tarbiya shakllari, tarbiya metodlarini tanlash, tarbiyalanuvchi xususiyatlari.


1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tadbiq etilganda, metodlar
– bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash bir qator omillarga bog‘liq.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin