O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiyaviy tadbirlarning shakllari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə49/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiyaviy tadbirlarning shakllari. Taʼlim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga oʼxshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni oʼrgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada oʼtkaziladigan oʼquvchilar his – tuygʼusini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, toʼgaraklar faoliyatida milliy madaniy-tarixiy anʼanalarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshi­riladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda oʼquvchilar uylari, saroylari, shaxslar va o’smirlar ijodiyot uylarida doirachilar, paqs, vokal-cholgʼu, folklor, maqom, karnay-surnaychilar, ashula va paqs, oʼzbek xalq cholgʼu dastalari, xor studiyasi, qoʼgʼirchoq teatri, drama to’garagi, sanʼat sevarlar klublari tashkil etadi.
Oʼquvchilarning oʼzini-oʼzi boshqarishi. Pedagog mustaqil tayyorgarlik davrida oʼquvchilar bilan ishlashni tabaqalashtirilgan tarzda olib boradi, ularni guruhlarga taqsimlaydi, ayrimlari bilan esa yakka tartibda ish olib boradi. Pedagog fan kabinetlaridagi mustaqil ishlarni tashkil etib, bilimlar egallashni taʼminlovchi topshiriqlar sistemasini ishlab chiqadi, muntazam ravishda oʼqishning borishini nazorat qiladi, oʼquvchilarning kitob, asboblar, qo’llanmalar, oʼquv teleko’rsatuvlari, qoʼshimcha adabiyotlar va boshqalar bilan ishlash malaka va koʼnikmalarini muntazam shakllantirishni taʼminlaydi.
Tarbiyachining to’la rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan oʼquvchilar toifasida majburiy-ijro etish holati paydo boʼladi. Bunda oʼquvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular koʼpincha tarbiyachining yordamini so’rab murojaat qiladilar, kuchli oʼquvchilarning qoʼllab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo’llab-quvvatlash boʼlmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar. Bunday shaxslarda tashkaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Аgar bunday holat barqaror boʼlib qolsa, u oʼquvchining faqat aqliy emas, shu bilan birga maʼnaviy rivojlanishiga ham, tuskinlik qilishi mumkin.
Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz—ijro etish holati rasmiy ijrochilik bilan, ishgiyok. va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan oʼquvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud boʼlishiga yoʼl qo’yib boʼlmaydi, aks holda oʼquvchilarda ishga nisbatan rasmiy munosabat jihatlari paydo boʼladi, bu esa ularning mehnatdagi tashqi faolliklarini yo’qqa chiqaradi.
Va, nihoyat, beixtiyor hosil boʼladigan holat ham ro’y berishi, bunday holat
«hohlasam—oʼynayman, hoxlamasam—oʼynamayman»; «yoqsa—ishlayman, yoqmasa—ishlamayman»; «oson boʼlsa—bajaraman, qiyin boʼlsa—bajarmayman» degan sozlarga rioya etadigan oʼquvchilar faoliyatida namoyon boʼladi. Bu oʼquvchilar guruhi tarbiyachiga yuqorida qayd etilgan oʼquvchilar guruhiga nisbatan kam qiyinchilik va tashvish keltirmaydi. Shaxslarning mustaqil tayyorgarligidagi beihtiyor holatni boshqa holatga aylantirish ancha qiyin ishdir.
Bayramni ikki bosqichli tadbir asosida oʼtkazish ham mumkin. Birinchisi — maʼrifiy, maʼnaviy tadbirlar boʼlsa, ikkinchisi, koʼngil ochar, estetik zavq-shavq olishga bagʼishlangan oʼyin-kulgi, tomoshali tadbirlardir. Sayohat va sayllarda, muzey va muqaddas qadamjoylarga, "Xotira va Qadrlash" maydonlariga borish.
«Darsdan tashqari taʼlimga qoʼyilgan davlat talablari» yoshlar taʼlim-tarbiyasini yanada takomillashtirishga, samaradorligini oshirishga hizmat qiladi hamda taʼlim jarayonini tashkil etishda aniq yoʼnalishlarni belgilab beradi. U zamon talablari asosida tashkil etiladi. Bu borada pedagogik xodimlarning javobgarligi ham oshiriladi. Ushbu talablar asosida guruhdan va taʼlim muassasalaridan tashqari taʼlimning istiqbol, rejalarini, tadbirlarini ishlab chiqish mumkin.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin