Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari) va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, “Alifbe bayrami”, “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
An’analarning yuzaga kelishida o‘quvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bag‘ishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo‘ymasligi zarur. Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘qituvchilar jamoasi yoki o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga o‘rgatish masalasiga e’tiborning qaratilishi ijobiy natijalarni beradi.
Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi o‘rni va roli muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi: