O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Jinoyatning motivi va maqsadi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə54/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
jinoyat huquqi

8.6. Jinoyatning motivi va maqsadi

Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat subyektiv tomonining mustaqil fakultativ belgilari hisoblanadi. Jinoyatning motivi va maqsadi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda, jinoyatni boshqa jinoyat tarkibidan farqlash va adolatli jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega.


Insonning har qanday faoliyati muayyan motiv va maqsadga egadir. Jinoiy faoliyat insonning har qanday irodaviy harakati singari muayyan motivga ega va muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Motiv va maqsad o‘rtasida ichki bog‘liqlik mavjud. Motivning shakllanishi muayyan maqsadning vujudga kelishini o‘z ichiga oladi. Motiv subyektni o‘z maqsadlari sari yo‘naltiruvchi kuch hisoblanadi.
O‘z navbatida motiv va maqsad bir xil tushunchalar emas, chunki ular aybdorning sodir etgan ijtimoiy xavflik qilmishiga bo‘lgan ruhiy munosabatini turlicha ifodalaydi. Agar motiv jinoyat sodir etayotib shaxs nimaga asoslangan, degan savolga javob bersa, maqsad aybdor intilayotgan natija haqidagi tasavvurlarni, harakat­larning yo‘naltirilganligini o‘z ichiga oladi.
Ayrim hollarda maqsad va motiv jinoyatning zaruriy belgisi bo‘lsa, boshqa hollarda javobgarligini og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi, ya’ni maqsad va motiv jinoyat subyektiv tomonining mustaqil belgisi hisoblanadi.
Jinoyatning motivi shaxsda jinoyat sodir qilishi qarori va xohishini uyg‘otuvchi ichki hissiyotdir. Jinoiy maqsadga shaxs ijti­moiy xavfli harakat orqali erishishga harakat qiladi.
Jinoyatning motivi va maqsadi faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlarga xosdir. Agar jinoyat ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilsa, uning oqibati motiv va maqsadga bog‘lanmaydi. Motiv va maqsad jinoyat subyektiv tomonining belgisi sifatida bir-biriga juda bog‘liqdir, chunki jinoyat sodir qilishda ichki hissiyot orqali xohish uyg‘onadi va shaxsda jinoyat sodir qilish maqsadi vujudga keladi.
Jinoyatning motivi rashk, o‘ch olish, bezorilik, millat­lararo, shaxsiy g‘araz va hokazolar bo‘ladi. Sodir etilgan boshqa jinoyatni yashirish, murdaning a’zolarini transplantatsiya qilish uchun olish, shahvoniy ehtiyojni qondirish maqsadlarda foyda­lanish uchun jinoyat sodir qilish, xalqaro aloqalarni yomon­lashtirish maq­­sadida urushni targ‘ib qilish, nazorat qilin­maydigan foyda olish va hokazolar jinoyatning maqsadi ham har xil bo‘lishi mumkin.
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat-huquqiy normalarda aniq ko‘rsatib o‘tilgan (masalan, tamagirlik niyatida odam o‘ldirish (97-mod­daning 2-qismi, «i» bandi), o‘lgan odamning organlari yoki tanasi a’zolarini transplantatsiya qilish maqsadida olish –133-modda).
Lekin bir qator jinoyat-huquqiy normalarda motiv va maqsad aniq ko‘rsatilmagan, faqat ularning umumiy tavsifi berilgan, xolos (masalan, mansabdor shaxs tomonidan tamagirlik yoki boshqa manfaatdorlik maqsadida bila turib rasmiy hujjatlarga yolg‘on yozuvlar va ma’lumotlar kiritib qo‘yish (209-modda) va hokazolar). Bunday holatlarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq motivini aniqlash lozim bo‘ladi.
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning motiv va maqsadi turli xil ahamiyatga ega. Masalan, talon-taroj qilishning motivi g‘araz; qo‘shmachilikniki esa, tamagirlik yoki boshqa istaklar (Jinoyat kodeksining 131-moddasi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollashning muhim belgisi – shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish (135-modda); urushni targ‘ib qilishda – agressiyani keltirib chiqarish; terrorizmda, xalqaro munosabatlarni murakkab­lashtirish yoki O‘zbekiston Respublikasida vaziyatni yomonlash­tirish jinoyatning maqsadi hisoblanadi.
Boshqa hollarda jinoyatning motiv va maqsadi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanadi (masalan, g‘arazli maqsadlarda yoki bezorilik harakatlari natijasida odam o‘ldirish, milliy yoki irqiy adovat zamirida odam o‘ldirish, kishi a’zolarini kesib olish va ulardan foydalanish maqsadida odam o‘ldirish (97-moddaning 2-qismi), inson to‘qimalari yoki a’zolarini kesib olish va transplantatsiya qilish g‘araz yoki boshqa niyatlarda sodir qilinsa (133-moddaning 2-qismi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, agar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish maqsadida qilinsa (135-moddaning 3-qismi va hokazo).
Ayrim hollarda jinoyatning motiv va maqsadi jinoyat huquqiy normalarida zaruriy belgi sifatida aybni yengillashtiruvchi holat sifatida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular jazo tayinlashda e’tiborga olinishi mumkin. Masalan, ijtimoiy munosabatlarni himoya qilish motivi jinoyatchini ushlash vaqtida junga zarar yetkazilsa, aybni yengillashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanadi. Milliy, irqiy yoxud diniy adovat motivi bilan, garaz yoki past niyatlarda jinoyat sodir qilinsa, garchi, bu motivlar jinoyat huquqiy normalarda ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham, aybni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin