O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Qishloq xо„jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о„tishning asosiy yо„nalishlari va bosqichlari



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə50/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Qishloq xо„jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о„tishning asosiy yо„nalishlari va bosqichlari.


О‗zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xо‗jaligining barcha sohalarida tub islohotlar о‗tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xо‗jaligi sohasiga ham xos bо‗lib, natijada soha, mulk egalari о‗zgarib, yangi istiqbolli xо‗jalik yuritish shakllari paydo bо‗ldi.


Mamlakat rahbari tomonidan mustaqillik arafasi va uning ilk yillaridayoq agrar sohadagi islohotlarning ustuvor yо‗nalishlari belgilab berilgan edi. Jumladan, qishloq xо‗jaligini diversifikatsiyalash, paxta yakkahokimligidan voz kechish, qishloqda turli xо‗jalik yuritish shakllarini joriy qilish asosida kо‗p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan, fermer xо‗jaliklari tashkil etishni qо‗llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish, aholini, avvalo, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, qishloq xо‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
О‗zbekiston о‗tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga qaraganda, 1990 yilda aholi iste‘moli uchun zarur bо‗lgan g‗allaning 82 foizi, kartoshka, gо‗sht va gо‗sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan.
Paxta monopoliyasi tufayli respublikada gо‗sht va sut yetishtirish imkoniyatlari cheklab qо‗yildi, ilmiy asoslangan almashlab ekishning buzilganligi yer eroziyasiga sabab bо‗ldi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borishi qishloq xо‗jaligini halokat yoqasiga olib keldi. Jumladan, qishloq xо‗jaligida ekstensiv rivojlanishni "moliyalashtirish" oqibatida 1971- 1985 yillarda birgina О‗zbekistonda 1,6 mln. gektar sug‗oriladigan yerlar xо‗jalik oborotiga qо‗shimcha kiritilgan edi. Bu esa Markaziy Osiyoda Orol dengizi qurishini jadallashtirdi va ekologik inqirozni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, respublika iqtisodiyoti paxtaga qanchalik bog‗liq bо‗lmasin, uni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot tayyorlash markaz tomonidan monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining faqat 4-5 foizi О‗zbekistonda qayta ishlangan. Ya‘ni 4,5-5 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgani holda, pecpublikadagi korxonalar tо‗la quvvat bilan ishlab, atigi 150 ming tonna paxtani qayta ishlardi.
Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yо‗q, 1,8 milliondan kо‗proq hovli esa uy-joy kurilishi va qishloq xо‗jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda
muhtoj edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bо‗lgan shaxsiy yordamchi xо‗jaliklar qishloq xо‗jaligi yalpi mahsulotining tо‗rtdan bir qismini ishlab chiqargan. Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, gо‗shtning yarmidan kо‗prog‗i va sutning uchdan ikki qismi ular hissasiga tо‗g‗ri kelgan.
Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy keskinlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‗lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq- ovqat masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta‘minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir kishiga о‗rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar kо‗paytirish kо‗zda tug‗ilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan kо‗proq oilaga qо‗shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug‗oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkahokimligini bartaraf etish yо‗lidagi dastlabki, ammo о‗ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy, iqtisodiy, qolaversa, siyosiy tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki о‗rtacha 10 mln.dan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi.
Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish va mahsulotlarni kо‗paytirish yо‗lidagi ilk qadamlardan biri bо‗ldi.
Haqiqatan ham kо‗p yillar davomida iqtisodiyotda bir tomonlama siyosat olib borilishi natijasida qishloq xо‗jaligi respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog‗iga aylangan edi. Chunonchi, mustaqillik arafasi va uning dastlabki yillarida sanoatning aksariyat qismi iqtisodiyotning agrar tarmog‗iga bog‗liq edi.
Mustaqil О‗zbekiston boshidan og‗ir kunlarni kechirganida, qishloq xо‗jaligidan olingan mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bо‗ldi. Islom Karimov 90- yillar boshida Samarqand viloyati faollari bilan bо‗lgan uchrashuvda respublika aholisini faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun har oyda 55 ming tonna paxta tolasini iste‘mol mahsulotlariga almashtirishga tо‗g‗ri kelayotganligini ta‘kidlagan edi.
Keyingi davrda ham qishloq xо‗jaligi о‗z mavqeini yо‗qotmadi. Chunki mamlakat yalpi ichki mahsulotining tо‗rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog‗iga tо‗g‗ri kelar edi. Bundan tashqari, respublika ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ziyodi qishloq xо‗jaligi bilan bog‗liq bо‗lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50 foizdan ortig‗i qishloq xо‗jaligi mahsulotlarining eksportidan tushdi. Ijtimoiy nuqtai nazardan olib qaraganda, respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog‗i) qishloq aholisi tashkil qilib, ularning turmush darajasi va moddiy-ma‘naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq bilan bog‗liq edi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ushbu muxim tarmog‗ida yillar davomida tо‗plangan va yechimini kutayotgan muammolar qishloq xо‗jaligiga nisbatan davlat siyosatini tubdan о‗zgartirishni talab kilardi. Shu о‗rinda bir misol keltirish о‗rinli. Gollandiyada bir nafar fermer 80 kishiga yetadigan qishloq xо‗jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya‘ni, bu mamlakat fermerlari о‗z mamlakatining aholisini boqibgina qolmay, Yevropaning kо‗pgina mamlakatlariga oziq- ovqat mahsulotlarini eksport ham qiladi. О‗zbekiston davlat va jamoa xо‗jaliklarida esa bir dehqon kо‗pi bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq xо‗jaligi mehnat unumdorligining pastligini kо‗rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi.
Ayni paytda, qishloq xо‗jaligiga nisbatan davlat siyosatida ikki xil holat kuzatildi: birinchidan, qishloq xо‗jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bо‗lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan, sanoat bilan qishloq xо‗jaligining uyg‗unlikda rivojlanib borishini ta‘minlash, ya‘ni agrar sohani
sanoat asosiga qо‗yish orqali mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-ma‘naviy istiqbolini ta‘minlash chora-tadbirlarini kо‗rishga alohida e‘tibor berish va qо‗llab-quvvatlash (mustaqillik davri).
Dunyo tajribasi shuni kо‗rsatadiki, davlat siyosatida qishloq xо‗jaligini rivojlantirishning ikkinchi yо‗lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda katta yutuqlarga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, qishloqqa nisbatan siyosati ilg‗or bо‗lgan mamlakatlar tajribasini о‗rganish va ularning respublika uchun ma‘qul tomonlarini olish, о‗zbek xalqining qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy ananalariga, milliy va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi.
Albatta, respublika qishloq xо‗jaligining holati keskin choralar kо‗rish о‗rniga, bosqichma- bosqich, keng qamrovli, islohotlarning bevosiga mavjud shart-sharoitlar hisobga olingan holda amalga oshirilishini taqozo etar edi.
Shu nuqtai nazardan ham qishloq xо‗jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohada rivojlanishning "о‗zbek modeli‖ asosida olib borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e‘tibor qaratildi, qishloq xо‗jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Dehqon (fermer) xо‗jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qо‗llab-quvvatlash tо‗g‗risida"gi Farmon, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xо‗jaligi tо‗g‗risida‖gi Qonun, shuningdek, О‗z R Vazirlar Mahkamasining 1994 yil fevraldagi "Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xо‗jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish tо‗g‗risida"gi Qarori va boshqa hujjatlar qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish, kо‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlik, fermerlik va shaxsiy tomorqa xо‗jaliklarini rivojlantirish imkonini berdi.
Ushbu bosqichda qishloq xо‗jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri sohaga rahbarlikni yaxshilash edi. Ushbu jarayon 1991-1996 yillarda amalga oshirildi. Bu davrda qishloq xо‗jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash, qishloqda о‗tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish choralari kо‗rildi. 1992 yilda Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi о‗rinbosari boshchiligida qishloq xо‗jaligi masalalari bilan shug‗ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bо‗ldi.
1994-1995-yillarda Vazirlar Mahkamasining qishloqda islohotlar о‗tkazishga doir 10 dan ortiq qarori qabul qilindi. Ularda qishloq xо‗jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash, zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda О‗z. R Vazirlar Mahkamasining "О‗z R Qishloq va suv xо‗jaligi vazirligi faoliyatni tashkil etish masalalari tо‗g‗risida"gi Qarori bilan Qishloq va Suv xujaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana shu siyosatning mantiqiy davomi bо‗ldi.
Bundan tashqari, barcha qishloq xо‗jalik korxonalari bilan teng sharoitda fermer xо‗jaliklarining traktorlar, asbob-uskunalar, yoqilg‗i moylash, qurilish materiallari, mineral о‗g‗itlar va boshqa resurslar bilan ta‘minlanishi hamda dastlabki ikki yil mobaynida foyda (daromad) solig‗idan ozod qilinishi, ularga chorva mollari sotib olish uchun kredit ajratilishi, jamoa, davlat va boshqa qishloq xо‗jalik korxonalari tomonidan ularni zarur mineral va organik о‗g‗itlar bilan ta‘minlash kо‗zda tutildi.
Fermer xо‗jaliklarining dastlabki shakllanish davrida bunday shart-sharoitlar yaratilishi va qо‗llab-quvvatlashlar natijasida qishloq xо‗jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda qо‗shimcha imkoniyatlar bо‗ldi.
Qishloq xо‗jaligidagi islohotlarning dastlabki bosqichida yangidan shakllanayotgan xо‗jaliklarning faoliyat yuritish mexanizmini takomillashtirish jarayonlari muntazam ravishda amalga oshirildi. Ularni о‗z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning xо‗jaliklar faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida keng kо‗lamli ishlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, qishloq xо‗jaligi xodimlari moddiy manfaatdorligi hamda turmush sharoitini yaxshilash uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlari muttasil oshib bordi. Kartoshka, meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorakо‗l teri va jun mahsulotlariga 1995 yil boshiga kelib erkin (kelishilgan) narxlar joriy qilindi. Doimiy ravishda qishloq xо‗jaligining asosiy mahsuloti hisoblangan paxta yetishtirishni qо‗llab-quvvatlashga e‘tibor qaratildi. О‗z R Prezidentining 1992 yil 22 oktabrdagi "Paxta xom ashyosiga xarid narxlarini oshirish tо‗g‗risida"gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992 yil hosilidan boshlab 1,5 martaga oshirildi.
Uchinchidan, davlat ehtiyojlariga qishloq xо‗jalik mahsulotlari yetkazib berish uchun davlat buyurtmasi tizimi ham muntazam ravishda qayta kо‗rib borildi. Bunda davlat buyurtmasi va qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari va mahsulot yetishtirish miqdorini nazorat qilishni cheklash, ya‘ni ma‘lum qishloq xо‗jalik ekinlari ekish uchun xо‗jaliklarga qat‘iy talablar qо‗yishdan voz kechish va yetishtirilgan mahsulotlarning ma‘lum qismiga bо‗lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi.
Davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilishda qishloq xо‗jalik mahsulotlarining aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularni yetishtirayotgan xо‗jalik shakllarining davlat tasarrufida ekanligi inobatga olindi. Dastlab, 1994 yildan boshlab sabzavot, poliz, kartoshka, meva, uzum, kanop, tamaki, jun, pilla, qorakо‗l teriga, 1995 yiddan boshlab gо‗sht, sut va guxumga davlat buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bо‗lgan paxta bо‗yicha ham davlat buyurtmasi 1991 yilda 95 foizdan 1995 yilda 60 foizgacha va don bо‗yicha, mos ravishda
100 foizdan 50 foizgacha qisqartirildi. Bunday jarayon qishloq xо‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga kо‗nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq g‗alla mustaqilligiga erishilishidir. Birgina 1994 yilda mamlakat "Don mustaqilligi Dasturi"ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari maydoni 1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 martaga oshib, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish bir necha barobar ortdi, bir vaqtning о‗zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini berdi.
Mustaqil О‗zbekistonning mavjud salohiyat va imkoniyatlarni tо‗liq hisobga oladigan, samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish va mutanosib rivojlantirish, eng avvalo, mamlakatimiz xavfsizligiga taxdid solib turgan aholining oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlariga bо‗lgan ehtiyojini qondirishni taqozo etar edi. Shunga kо‗ra, qishloq xо‗jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop g‗alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g‗alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bо‗lgan bо‗lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 baravar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi.
Shunday qilib, qishloq xо‗jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlarining hukuqiy asosi zamon talablaridan ortda qolayotganligini inobatga olib, bu soha bо‗yicha yaqin yillarga mо‗ljallangan dastur ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi va 1998 yil 18 martda ‖1998-2000 yillardagi davrda qishloq xо‗jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi tо‗g‗risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi. О‗z Rning yangi tahrirdagi "Fermer xо‗jaligi tо‗g‗risida"gi va "Dehqon xо‗jaligi tо‗g‗risida"gi Qonunlari hamda 1998 yil 22 apreldagi "Dehqon va fermer xо‗jaliklari faoliyatini tashkil etish tо‗g‗risida"gi Qarori ushbu dasturni amaliyotga kiritishda muhim asos bо‗lib xizmat qildi.
Mamlakat qishloq xо‗jaligi sohasida islohotlar о‗tkazishda yerni xususiy mulk qilib berish mulkdorlar sinfini shakllantirishning boshlanishi edi. Bu yо‗nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:

  • sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xо‗jalikning yil davomidagi ish natijalariga kо‗ra, har bir a‘zoga dividend olish imkoniyatini beruvchi kooperativ paychilik xо‗jaliklariga aylantirila boshlandi. 1999 yilda 898 ta xо‗jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi;

  • davlat tomonidan qishloq xо‗jalik korxonalariga cheksiz muddatga taqdim etilgan yer maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xо‗jaligi korxonalari a‘zolari

о‗rtasida ijara pudratining turli kо‗rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etildi. 1998 yilda yer pudrat jamoalariga 1 yilga berilgan bо‗lsa, 1999 yildan boshlab 3 yildan kam bо‗lmagan muddatga topshirildi;

  • kо‗p sonli xususiy fermer xо‗jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga yer uzoq muddatli ijaraga, ya‘ni 50 yildan kо‗p bо‗lmagan, lekin kamida 10 yillik muddatga beriladigan bо‗ldi. 2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541 mln.ta dexqon (oilaviy dehqon) xо‗jaliklari faoliyat kо‗rsatdi. Fermer va dehqon xо‗jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 1996-2000 yillarda 18,7 ming gektardan 21,4 ming gektargacha kengaydi. 1998 yilda fermer xо‗jaliklarining hissasi ishlab chiqarilgan qishloq xо‗jaligi mahsulotining umumiy hajmida 3,5 foizni tashkil qilgan bо‗lsa, bu kо‗rsatkich 1999 yilda 4,4 foizga yetdi.

Bundan tashqari, hukumat kо‗plab xо‗jaliklarning moliyaviy ahvolini о‗nglash maqsadida, xо‗jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA‘ni О‗z Rning "Bankrotlik tо‗g‗risida"gi va "Qishloq xо‗jalik korxonalarini sanatsiya qilish tо‗g‗risida"gi Qonunlari orqali sanatsiya tadbirlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan bо‗lsa, Respublika Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlari asosida sanatsiyani amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Qishloq xо‗jaligi sohasida olib borilgan islohotlar yuzasidan qilingan tahlil hamda respublika hukumatining bu sohada olib borgan siyosati natijalari fermer xо‗jaligining afzalligini isbotladi. Yangi asr boshiga kelib hukumat miqyosida zarar bilan faoliyat kо‗rsatayotgan shirkat va jamoa xо‗jaliklari negizida fermer xо‗jaliklari tashkil etish tadbirlariga katta e‘tibor berila boshladi.
Shu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xо‗jaligida olib borilayoggan islohotlarning yangi uchinchi bosqichi boshlandi. Bunga qishloq xо‗jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan О‗z R Prezidengining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xо‗jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yо‗nalishlari tо‗g‗risida"gi Farmoni huquqiy asos bо‗lib xizmat qildi. Mazkur Farmonda fermer xо‗jaliklarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil qilish jarayonida О‗z R Qishloq va suv xо‗jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qо‗mitasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari amal qilishi zarur bо‗lgan asosiy qoidalar qat‘iy belgilab berildi. 2004 yilda "Fermer xо‗jaligi tо‗g‗risida" yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, fermer xо‗jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bо‗lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladigan bо‗ldi. Fermer xо‗jaliklariga yer uchastkalari zahira yerlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xо‗jaligiga mо‗ljallangan yerlardan, qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xо‗jaligi kooperativlari (shirkat xо‗jaliklari) hamda boshqa qishloq xо‗jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilishi belgilab qо‗yildi.
Natijada, qishloq xо‗jaligining tarmoq tuzilishida anchagina tarkibiy siljishlar yuz berdi, mamlakatning qishloq xо‗jaligida butkul yangi institusional tuzilma vujudga keldi. Mulkdorlarning fermerlik sinfi yaratildi, xо‗jalik yuritish va mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari tubdan о‗zgartirildi; chorvachilik va dehqonchilikda faoliyat yuritish tizimi, qishloq xо‗jaligi va unga xizmat qiluvchi sohalar о‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar takomillashtirildi; faoliyat turini tanlashda fermerlarning huquqi va mustaqilligi kengaytirildi, fermer xо‗jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydoni maqbullashdi; fermer xо‗jaliklari faoliyatini tartibga solish, qо‗llab-quvvatlashning bozor tamoyillariga mos mexanizmlariga asoslangan Respublika fermerlar kengashi va uning hududlardagi tuzilmalari tashkil etildi.
Prezidentning 2006 yil 9 yanvardagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida"gi Farmoni va ushbu farmon ijrosini ta‘minlash maqsadida О‗z R Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida"gi Qarorining qabul qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga keng miqyosdagi e‘tibor qaratilayotganidan dalolat berdi.
Yangidan tashkil etilgan bog‗dorchilik yо‗nalishidagi fermer xо‗jaliklari yagona yer solig‗i tо‗lashdan 5 yil muddatga, fermer xо‗jaliklari, qayta ishlash va xizmat kо‗rsatish sohasi korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa daromad (foyda) solig‗i, yer solig‗i, mulk solig‗i, qо‗shilgan qiymat solig‗i (importga qо‗shilgan qiymat solig‗idan tashqari), yagona soliq tо‗lovi tо‗lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi.
О‗z R Prezidentining 2006 yil 23 martdagi "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‗jaliklarida chorva mollarini kо‗paytirishni rag‗batlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Qarorida kam ta‘minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga mol berish, chorvachilik va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari bо‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‗jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda, qoramollar sonini kо‗paytirishni rag‗batlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq, mintaqalar bо‗yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‗jaliklarida qoramollar sonini kо‗paytirish, zooveterinariya punktlari va chorva mollarini suniy urchitish punktlari tarmog‗ini kengaytirish, zotdor mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fer- mer xо‗jaliklariga auksionlar orqali sotish, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, О‗z R Qishloq va suv xо‗jaligi vazirligi, "О‗zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxga yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xо‗jaliklariga berishni kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalar tayyorlash kо‗zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, homiylar va nodavlat xayriya tashkilotlari mablag‗i hisobiga kam ta‘minlangan oilalarga sigir tarqatish evaziga, faqatgina 2007 yilning о‗zidayoq, barcha toifadagi xо‗jaliklarda qoramollar soni 6571,4 ming boshdan 7042,5 ming boshga, shu jumladan, dehqon xо‗jaliklarida 6061,3 ming boshdan 6537,0 ming boshga hamda fermer xо‗jaliklarida 332,3 ming boshdan 374,7 ming boshga kо‗paydi.
2008 yilga kelib dastlab tashkil topgan aksariyat fermer xо‗jaliklarida yer maydoni hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining о‗sishiga va barqaror foyda olishga tо‗sqinlik qilishi, iqtisodiy ahvoli nochor bо‗lgan fermer xо‗jaliklari о‗zlarini zarur texnika vositalari va aylanma mablag‗ bilan ta‘minlashga, bankdan kredit olish uchun garov ta‘minoti qо‗yishga imkoniyati yetmayotganligi, olingan qarz majburiyatlarini qoplash uchun tо‗lovga qobillik (likvidlik) darajasining pastligi ma‘lum bо‗lib qoldi.
Shundan kelib chiqqan xolda, О‗z R Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi "Fermer xо‗jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida"gi hamda 2009 yil 22 oktabrdagi "Fermer xо‗jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida"gi farmoyishlari qabul qilindi.
О‗zbekiston agrar sohasining muammolaridan biri sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalasi edi. Xususan, 2008 yilga kelib sug‗oriladigan yerlarning qariyb 8 foizi meliorativ jihatdan yomon holatga kelib qolgan bо‗lib, bu avvalo, tuproqning shо‗rlanish darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining kо‗tarilishi bilan bog‗liq edi. Salkam 330 ming gektar yer meliorativ holatiga kо‗ra qoniqarsizligi tufayli qishloq xо‗jaligi uchun yaroqsiz hisoblanardi.
Mazkur muammoni hal etish maqsadida О‗z R Prezidentining 2007 yil 31 oktabrdagi 718- sonli Qarori asosida "2008-2012 yillarda sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi"ni amalga oshirish boshlandi. Ushbu Davlat dasturi doirasida jami 130 mlrd. sо‗m ajratilgan bо‗lib, shu hisobdan 2009 yilda 102 ta loyiha bо‗yicha 702 kilometr uzunlikda kol- lektor-drenaj tarmog‗i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 ta tik quduq, 6 ta meliorativ nasos stansiyasi hamda 485 ta kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, 263 ta loyiha bо‗yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog‗i tozalandi, 1311 kilometr yopiq-yotiq drenaj qazildi, 1249 ta vertikal drenaj, 57 ta meliorativ nasos agregatlar ta‘mirlanib, 48 mlrd. 142 mln. sо‗mlik (101,8 foiz) mablag‗ о‗zlashtirildi.
Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xо‗jaliklari tasarrufidagi yer maydonlarining yaxshilanishi va samaradorligining oshishiga ijobiy ta‘sir kо‗rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g‗alla esa 9,5 sentnerga kо‗tarildi.
Respublika qishloq xо‗jaligining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, soha ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash maqsadida yangi turdagi yuqori unumli texnika vositalarini ishlab chiqarish, ularning ta‘minotini yо‗lga qо‗yish, mashina va mexanizmlarning chidamliligini oshirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. О‗tgan davrda respublika olimlari va konstruktorlari tomonidan 82 turdagi yangi texnika yaratildi va 144 ta mashina yanada takomillashtirildi.
Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qо‗shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq xо‗jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va fermer xо‗jaliklariga yetkazib berilmoqda.
Shunisi diqqatga sazovorki, zamonaviy texnikalardan foydalanish salmog‗i yildan-yilga oshmoqda. Masalan, 1998 yilda jami haydalgan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi, 2010 yilda esa 80 foizdan oshiqrog‗i yuqori unumli zamonaviy g‗ildirakli va zanjirli haydov traktorlari bilan shudgor qilindi.
G‗alla hosilini unumli kombaynlar bilan о‗rib-yig‗ib olishda yanada yuqori kо‗rsatkichlarga erishildi. Agar 1998 yilda g‗alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi ana shunday kombaynlar yordamida о‗rib olingan bо‗lsa, 2010 yilda о‗rib olingan g‗allaning 98 foizi ular ulushiga tо‗g‗ri keldi. Shu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularga yuqori saviyada texnik servis xizmati kо‗rsatishni yо‗lga qо‗yish maqsadida respublikamiz hududida chet el texnikalariga xizmat kо‗rsatadigan 22 ta servis markazi tashkil etildi.
Uchinchi bosqichning о‗ziga xos xususiyati sifatida о‗sish sur‘atlarining barqarorlashgani natijasida don maydoni 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari maydoni 237 ming gektarga, yem-xashak 32,4 ming gektarga kо‗paydi. Shuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon boshiga qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirish bо‗yicha yuqori kо‗rsatkichlarga erishildi.
2016-2017 yildan boshlab mamlakatimizda qishloq xо‗jaligi sohasiga tamomila yangicha yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar rо‗y-rost aytilib, uni bartaraf qilish choralari kо‗rila boshlandi.
―Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-2841, (16.03.2017) ―Respublika ipakchilik tarmog‗i korxonalarini yanada qо‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi F-4881 (24.03.2017), ―Baliqchilik tarmog‗ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-2939 (01.05.2017), ―О‗z R Moliya vazirligi huzurida Qishloq xо‗jaligini davlat tomonidan qо‗llab-quvvatlash jamg‗armasini tashkil etish tо‗g‗risida‖gi PF-5095 (27.06.2017), «Ilg‗or fermer», «Mehnatkash dehqon» va «Namunali tomorqachi» kо‗krak nishonlarini ta‘sis etish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi PQ-3803 (26.06.2018), ―О‗z R qishloq xо‗jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mо‗ljallangan strategiyasini tasdiqlash tо‗g‗risida‖gi PF-5853 (23.10.2019), ―Respublika hududlarini qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bо‗yicha qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi PQ-4709 (11.05.2020) О‗z R Prezidentining Qarorlari, Farmon va Farmoiyshlari qishloq xо‗jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga kо‗tarishga xizmat qilmoqda.
2017 yil holatiga kо‗ra yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashasada qishloq xо‗jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmagan. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu kо‗rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.
О‗zbekiston 2017 yilda 1,5-2 milliard dollar miqdorida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. Lekin О‗zbekistonda ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport qilish imkoniyati mavjud.
Sо‗nggi yillarda qishloq xо‗jaligi sohasida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish maqsadida 2018 yildan sohaga ilg‗or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etila boshlandi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-sonli
―Tо‗qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmoni bilan keng turdagi sifatli tо‗qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi. Xujjat 3-ilovasi bilan paxta-tо‗qimachilik klasterlarini о‗rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bо‗yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi. 2019 yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-tо‗qimachilik klasterini tashkil etish tо‗g‗risida qaror qabul qilindi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 dekabrdagi О‗zbekiston qishloq xо‗jaligi xodimlariga tabrigida bu borada erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi va ―...biz keyingi yildan boshlab paxta yetishtirishni tо‗liq 100 foiz klaster usuliga о‗tkazishga qaror qildik. Shu bilan birga, g‗allachilik, meva-sabzvotchilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz‖, degan sо‗zlari bilan tegishli yо‗nalishlar rahbar va mutaxassislariga qator vazifalar yuklatildi. 2020 yilda mamlakatimizning paxta-tо‗qimachilik yо‗nalishidagi klasterlari soni 75 taga yetdi
2019 yil 23 oktabrda О‗zR Qishloq xо‗jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mо‗ljallangan strategiyasni tasdiqlash tо‗g‗risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Sohada erishilgan yutuqlar Prezident SH.Mirziyoyevning 2019 yil 6 dekabrdagi Qishloq xо‗jaligi xodimlari kuniga bag‗ishlangan tabrik sо‗zida batafsil yoritib berildi. Unda qayd qilinishicha, mazkur yilda qishloq qо‗jaligi xodimlari fidokorona mehnatlari tufayli respublikamizda 7 mln 130 ming tonna g‗alla, 2 mln 845 ming tonna paxta, 19 ming tonna pilla, 21 mln tonna meva-sabzovot, 400 ming tonna sholi, 2 mln 600 ming tonna gо‗sht va 11 mln tonna sut maxsulotlari 8,1 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.
Natijada qishloq xо‗jaligi maxsulotlaridan 217 trln 700 mlrd sо‗m yoki 2018 yilga nisbatan 12 % kо‗p foyda olingan.
Joriy yil paxta xosilining 73 % paxta-tо‗qimachilik klasterlari hissasiga tо‗g‗ri kelgan.
Hozirgi kunda meva-sabzavot maxsulotlarining 3,5 mln tonnasi qayta ishlanib, 350 mln dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda eksportni 5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2019 yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy kо‗llarda 200 ming tonna baliq yetishtirildi. Asalarichilik ushmasi a‘zolari soni 14 mingdan oshib, 2019 yil 19 ming tonna asal yetishtirildi (Qarang: Asarlar. 4-jild. 387-392 betlar.).
Qishloq xо‗jaligidagi islohotlardan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek, – iqtisodiy foyda kо‗rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. ―2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy dasturi‖ qabul qilindi.
Respublikamizning umumjahon xо‗jalik tizimiga bosqichma-bosqich va samarali integratsiyalashuvi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar siyosatning strategiyasi va taktikasini oqilona belgilashga kо‗p jihatdan bog‗liq. Shuningdek, agrar sohaning barqarorligi, samaradorligi va yangi iqtisodiy munosabatlarning joriy etilishi mamlakat kelajagi va uning iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omildir.



    1. Yüklə 7,32 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin