O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə98/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy merosini о‗rganish va targ‗ib etish, ilm-fan, ta‘lim, madaniyat va sport sohalarini izchil rivojlantirish, shu yо‗l bilan umumbashariy taraqqiyotga hissa qо‗shish borasida amalga oshirilayotgan keng kо‗lamli davlat siyosati О‗zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi о‗rnini mustahkamlashda, uning xalqaro miqesda keng tanilishida muhim omillardan biri bо‗lib xizmat qilmoqda. О‗zbekiston davlat byudjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta‘lim, sog‗liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san‘at, sport sohalari rivojlanishiga sarflanayotgani bu borada ijobiy natijalar bermoqda.
Aloqalarimizning ushbu sohalardagi muhim yо‗nalishlari xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, TSESCO va boshqa tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda.
1993 yil 26 oktabrda О‗zbekiston BMTning ta‘lim, fan va madaniyat bо‗yicha tuzilmasi YUNESKOga mustaqil davlat sifatida a‘zo bо‗lib kirdi, u bilan faol, о‗zaro manfaatli hamkorlikni yо‗lga qо‗ydi. 1996 yil 26 aprelda mazkur tashkilot Bosh direktori Federiko Mayor taklifiga binoan Prezident Islom Karimov YUNESKOning Parij shahrida joylashgan bosh qarorgohiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizning mazkur tashkilot
bilan hamkorligi istiqbollari belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar О‗zbekiston va YUNESKO о‗rtasidagi munosabatlarning yildan-yilga rivojlanib, doirasi kengayib borishida muhim omil bо‗ldi.
1997-2001 va 2009-2013 yillari О‗zbekiston YUNESKOning Ijroiya kengashiga saylandi va ushbu global tashkilot ishini boshqarishda bevosita ishtirok etdi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning qadimiy obidalari YUNESKOning Jahon madaniy merosi rо‗yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olindi. "Shashmaqom" va Navrо‗z bayrami insoniyatning og‗zaki va nomoddiy merosi durdonasi deb e‘lon qilindi. Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Qur‘oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi nodir qо‗lyozmalar "Jahon xotirasi" rо‗yxatiga kiritildi. YUNESKO qaroriga muvofiq, 2001 yilda Buxoro "Tinchlik shahri" deb e‘lon qilindi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan YUNESKO shafeligi ostida dunyoning eng qadimiy shaharlaridan bо‗lmish Samarqandda tashkil etilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar о‗rtasida hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa va qо‗shiq orqali odamlar qalbida ezgu tuyg‗ularni uyg‗otish, mushtarak tomirlarni bir-biriga yaqinlashtirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Milliy madaniyatni rivojlaitirish, madaniy-tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qо‗shgan hissasi, xalqlar о‗rtasidagi dо‗stlik rishtalarini, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy rang-baranglikni qо‗llab-quvvatlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimov 1998 yilda YUNESKOning "Abu Ali ibn Sino" oltin medali, 2006 yilda esa "Borobudur" oltin medali bilan taqdirlandi.
ISESCO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e‘lon qilinganini ham alohida e‘tirof etish zarur. Bunday yuksak maqomni qо‗lga kiritish О‗zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy voqea bо‗ldi.



    1. Yüklə 7,32 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin