Demografik jarayon. Ijtimoiy sohadagi о„zgarishlar
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e‘tibor kuchaydi. 1991- 1996 yillarda Qoraqalpog‗iston Respublikasida ma‘lum demografik о‗zgarishlar rо‗y berdi. Tug‗ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug‗ilishning kamayishi о‗z о‗rnida respublika aholisining о‗sish darajasiga ta‘sir etdi. Demografik о‗zgarishning asosiy sabablaridan biri tug‗ilishning kamayishi, aholining ijtimoiy- iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog‗liqdir. 1991-1996 yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi kо‗chib ketdi. 1996 yilda respublika aholisi 143 ming 764 kishiga о‗sdi, shundan shahar aholisi 69 ming 401 kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996 yilda aholining о‗rtacha yillik о‗sishi 1,36 foizga teng bо‗ldi.
Ishsizlar soni 1996 yil oxirida 4,2 ming kishiga yetdi. 1996 yilda 16 ming ishchi о‗rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta‘minlash imkonini berdi.
1996 yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 sо‗mni, xarajatlar esa 6300 sо‗mni tashkil etdi yoki 1995 yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta kо‗paydi.
Daromadlarning kо‗payishi iste‘mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 sо‗mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga о‗sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga kо‗payib jon boshiga 679 va 108 sо‗mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat kо‗rsatish hajmi О‗zbekiston Respublikasi kо‗rsatkichidan 2,2 marta kam bо‗ldi.
1996 yilda aholiga 7,2 milliard sо‗mlik iste‘mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta kо‗p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million sо‗mlikka kо‗paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki о‗sib bordi. Rasmiy savdo tarmoklariga nisbatan iste‘mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.
Ijtimoiy sohada rivojlanish ta‘min etildi, 1999 yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga kirim 17 ming sо‗mni tashkil etdi. Shu davrdagi tovar aylanmasi 15286 million sо‗mni tashkil etdi. 1998 yilda ishchi-xizmatchilarning oylik maoshi 1,5 barobar oshdi.
Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 о‗rin), 246 ambulatoriya poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bn birlashgan 20 po- liklinika. 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991-2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mо‗ljallangan) qurildi. Q.da 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach. 15,5 ming о‗rta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 о‗rin tо‗g‗ri keladi. Aholiga О‗zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam bо‗limlari xizmat kо‗rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi «oilaviy poliklinika» sifatida faoliyat yuritadi. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 о‗smirni qabul qilishga mо‗ljallangan respublika о‗smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya intining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak- toriy (1200 о‗rin) faoliyat kо‗rsatadi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar о‗limi soni kamaydi.
«Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bо‗yicha milliy dastur» hamda
«Yosh avlodni sog‗lomlashtirish kompleks dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996 yilda onalar о‗limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar о‗limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug‗ishgacha bо‗lgan davolanishdan о‗tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
Tibbiy xizmat tarmog‗ini moliyalashtirishda davlat mablag‗lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xо‗jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqsa. «Medtexnika», «Optika», «Tibta‘minot» dorixona muassasalari tо‗la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. Biroq aholining kasallanishi kamaymadi. Bu kо‗rsatkich 1991 yilga nisbatan 26.3 foizga kо‗paydi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017-2021 yillarda Orolbо‗yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi tо‗g‗risida»gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbо‗yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
Moliya vazirligi huzuridagi Orolbо‗yi mintaqasini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan 2018 yilda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyati bо‗yicha obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash manzilli dasturiga asosan, 2018 yilda jami 370 ta obyektda, jumladan Qoraqalpog‗iston Respublikasi bо‗yicha 224 ta (umumiy qiymati – 149,3 mlrd sо‗m), Xorazm viloyati bо‗yicha 146 ta (umumiy qiymati 85,4 mlrd sо‗m) obyektlarda qurilish, rekonstruksiya, kapital ta‘mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi kо‗zda tutilib, ushbu maqsadlar uchun jami 234,7 mlrd sо‗m mablag‗ ajratilishi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 2 avgust kuni «Qoraqalpog‗iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashitirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish tо‗g‗risida»gi (Jasliq qо‗rg‗onida joylashgan) qarorni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 avgust kuni Qoraqalpog‗istonda bо‗ldi. Prezidentning о‗tgan yilgi tashrifi davomida berilgan kо‗rsatmalar asosida hukumatning Mо‗ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019- 2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard sо‗mlik qurilish-ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Qisqa vaqt ichida qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 о‗rinli amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatov» ovul fuqarolar yig‗inidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.
Iyul oyida «Mо‗ynoq porloq teks» mas‘uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish о‗rni yaratildi.
Zamonaviy mashinalar о‗rnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda choyshab va kо‗rpajildlar, maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu yerda savdo dо‗koni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan.
Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Mо‗ynoqdagi о‗zgarishlarni, sizlarning kо‗zlaringizdagi rozilikni kо‗rib juda xursandman.
Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning islohotlarimizga shubha qiladigan bо‗lsa, Mо‗ynoqqa kelib kо‗rsin, - dedi Prezident.
2020 yil 1 avgust kuni Nukus shahrida О‗zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov (73 yosh)ning vafoti munosabati bilan ta‘ziya marosimi bо‗lib о‗tdi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a‘zolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. U 18 yil davomida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jо‗qorg‗i Kengesining Raisi deb atalmish о‗ta mas‘uliyatli va sharafli vazifada samarali faoliyat olib borgan. Musa Yerniyazov О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining о‗rinbosari sifatida mamlakatimizning barcha hududlarini rivojlantirish uchun muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qо‗shgani yodga olindi.