1.3 Hozirgi qushlarning sistematikasi berilgan.
QUSHLAR (AVES)
Yelping’ich dumlilar kenja sinfi (Ornithurac)
1. Katta turkum. Ko’krak tojsizlar (Ratitac)
Turkum. Afrika tuyaqushlari (Struthiones)
Turkum. Amerika tuyaqushlari (Rheac)
Turkum. Avstraliya tuyaqushlari (Sasuarii)
Turkum. Kiev yoki qanotsizlar (Arteruges)
2. Katta turkum. Pingvinlar (Jmpennes)
Turkum. Pingvinlar (Sphenisci)
3. Katta turkum. Ko’krak tojlilar (Carinatac)
Turkum. Yashirin dumlilar (Tunami)
Turkum. Tovuqsimonlar (Galli)
Turkum. Trekperstkalar (Tumices)
Turkum. Kaptarlar (Columhac)
Turkum. Bulduruqlar (Pterocletes)
Turkum. Suvmoshaklar (Palli)
Turkum. Panja oyoqlar (Heliornithes)
Turkum. Suvmoshaksimon kapliklar (Mesoenades)
Turkum. Oftod karkarlar (Eurypygas)
Turkum. Kagu (Rhinocheti)
Turkum. Karisma (Cariamac)
Turkum. Turnalar (Grues)
Turkum. Tuvaloqlar (Otides)
Turkum. Kukok yugurdaklar (Thinocori)
Turkum. Bolchiqchilar (Limicolas)
Turkum. Chotskalar (Lari)
Turkum. Chistiklar (Alcac)
Turkum. Qo’ng’irlar (Columbi)
Turkum. Gagaralar (Gavias)
Turkum. Nay burunlilar (Tubinares)
Turkum. Plastinka tumshuqlilar (Anseres)
Turkum. Eshkak oyoqlilar (Steganopodes)
Turkum. Uzun oyoqlilar (Gressores)
Turkum. Kunduzgi yirtqichlar (Accipetrec)
Turkum. Yapaloq qushlar (Strigec)
Turkum. Kakkular (Cululi)
Turkum. To’tilar (Psittaci)
Turkum. Tentak qushlar (Caprimulgi)
Turkum. Ko’kkargalar yoki rakshalar (Coraciac)
Turkum. Casiq popushaklar (Upupac)
Turkum. Tragonlar (Trogones)
Turkum. Sichqon qushlar (Colli)
Turkum. Uzun qanotlar (Macrochires)
Turkum. Qizilishtonlar (Picariac)
Turkum. Chumchiqsimonlar (Passeress)
Olimlardan M.A.Menzbir, A.Y.Tugarinov, G.P.Dementev va A.V.Mixeevlar qushlarning kuchmanchilik tarixi sabablarini o’rganganlar.
P.A.Meklenburtsev qushlar uya qurish davrida ovqatlanish ratsionini o’rgangan.
M.D.Zernov qora chug’urchuqlar hashorotlarni yeb foyda keltirishini o’rgangan.
N.I.Kaladukov, V.V.Raevskiy Shimoliy Kavkazda yirtqich qushlar kemiruvchilarni qirishini aniqlagan.
Qushlar terisi yupqa, bo’sh rivojlangan epidermisli, hech qanday shox hosilalari yo’q va deyarli bezsiz. Faqat dumg’aza ostida joylashgan dumg’aza bezi qayd qilinadi. Uning sekretsiyasi bilan patlari moylanib, suvda ivimaydi. Dumg’aza bezi suvda yashovchi qushlarda yaxshi rivojlangan. Aksincha quruq iqlimda quruqlikda yashovchi ba‘zi qushlarda dumg’aza bezi bo’lmaydi. Masalan, tuyaqushlar va tuvaloqlarda.
Terida suyak hosilalar bo’lmasligi bilan bir qatorda, epidermisdan hosil bo’luvchi ko’p va har xil hosilalar mavjud. Masalan, pastki va yuqorigi jag’lari ma‘lum darajada shox modda bilan qoplanib, tumshuq hosil qilgan. Barmoqlari uchida tirnoqlar bo’lib, oyoqlarining ostki qismi (barmoqlar, tsevka, ba‘zilarida boldir) shox plastinkalar bilan qoplangan.
Tanasi pat bilan qoplangan bo’lib, aksariyat qushlarda u tananing hamma qismini emas, balki ayrim joylarini-pteriliyalarni qoplaydi. Boshqa qismida-apteriyalarda pat umuman yoki deyarli mutlaqo yo’q. Patning bunday joylashishi faqat uchuvchi qushlarga xos bo’lib, uchish vaqtida muskullar qisqarishini, teri harakatini yengillashtiradi. Orqa oyoqlar va boyin harakatida ham apteriya shunday ahamiyatga ega. bu haqda apteriyalarning joylashishiga qarab ham fikr yuritish mumkin.
Qushlar pati tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra turli-tumandir. Tanasi tashqi tomondan kontur patlar bilan qoplangan. Kontur patlar ichi kovak, pat o’qi va unga har ikkala tomondan simmetrik joylashgan ikkita yon plastinka-yelpig’ichdan tashkil topgan. Pat o’qining ostki, teriga qo’shilgan uchi, qalam uchi deb ataladi. Yoyning yelpig’ichi juda ko’p birinchi tartib o’simtalardan tuzilgan. Ikkinchi darajali o’simtalarda ularni o’zaro biriktiruvchi ilmoqchalar bor. Shuning uchun pat yelpiichi ham elastik, ham tarang plastinkadir.
Kontur patlar pat qoplag’ichining asosidir. Ular qushlar tanasi haroratni yo’qotishidan, mexanik ta‘sirdan himoya qiladi. Kontur patlar joylanishiga qarab guruhlarga bo’linadi. Masalan, qanot yuzasini hosil qiluvchi uzun patlar qoquvchi patlar, dumining uzun patlari, rul patlari, tanasini qoplab turuvchi patlar ustki qoplag’ich patlar, dumining ustini qoplovchilar esa dum usti patlari deb ataladi.
Kontur patlar ostida mayda par joylashgan. Ularda par o’qi yo’q, ikkinchi darajali o’simtalar bo’lmasligi tufayli par yelpig’ichi bo’lmaydi. Ba‘zi holatlarda par o’qi shuncha qisqa bo’ladiki, o’simtalar bir tutam holatida chiqadi. Bunday patlar haqiqiy par deb ataladi. Pat va par suvda yashaydigan va sovuq iqlim mintaqalarida quruqlikda yashaydigan qushlarda yaxshi rivojlangan. Ularning asosiy xizmati issiqlik yo’qolishini kamaytirishdan iborat.
Parlar orasida yana ipsimon par joylashgan. Ular o’simtalari bo’lmagan patlardan iborat. Aksariyat qushlarning ogiz burchaklarida qil joylashgan. Hasharotlarni havoda ovlaydigan qushlarda ular ogiz ochilganda ovlash imkoniyatini oshiruvchi voronka hosil qiladi.
Patlarning rivojlanishi ular genetik nuqtai nazardan reptiliyalarning tangachalariga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Patning boshlanichi xuddi shunday tangachaning boshlanichi singari, tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan turining biriktiruvchi to’qima qismidan iborat bo’lgan bo’rtmadan iborat. O’sish davomida bu bo’rtma orqaga qayrila boshlaydi. Uning asosi esa teriga botib, bo’lajak parning vlagalishasini, uning qonga boy va kelgusi parni oziqlantiruvchi uchini hosil qiladi. Murtakning ektodermal qismi o’sib differentsiyalashib, ko’ndalang tojini hosil qiladi. Bular kelgusida pat yelpig’ichining o’simptalarida joylashadi. Butun murtak tashqaridan pat rivojlanishi davomida yemiriluvchi shox g’ilofcha bilan qoplangan. Shundan keyin pat yuzasining chap va o’ng tomoni rivojlanadi.
Patlar doim almashinib turadi. Ba‘zi qushlar yilda bir marta emas, balki ikki-uch marta tullaydi. Keyingi holatda patning hammasi emas, balki ayrim joylarigina almashinadi. Ko’p marta tullash fasl polimorfizmiga va juftlashish (nikoh) ranglari bo’lishiga bog’liq.
Tullash vaqtida faqat pat qoplag’ichi o’zgarmasdan, qator turlarda uning strukturasi ham o’zgaradi. Masalan, chijda yozda patlar soni 1500 ta bo’lsa, qishda 2100-1400 ta bo’ladi. Sittaklarning bir turida yozda patlar 1100 ta bo’lsa, qishda 1700 ta, oq tustovuqda yelkadagi kontur patlarning uzunligi qishda 5,4 sm bo’lsa, yozda 3,8 sm. patlar uzunligi faslga qarab o’rtacha 1,8-1,4 sm, yon o’simtalari esa 3,7-2,5 sm bo’ladi.
Muskul sistemasi ularning hayot faoliyatiga bog’liq bo’lgan bir qancha belgilari bilan harakaterlanadi. Birinchidan qushlarda muskul sistemasi uchishi, yurishi, daraxtlarga chiqishi, oziq ovlashiga bog’liq bo’lgan differentsiyalanish bilan baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalardan farq qiladi. Ikkinchidan, harakat organlarini harakatlantiruvchi yirik muskullar tanada joylashgan bo’lib, harakat organlariga faqat paylar boradi. Uchinchidan, qanotlar nihoyatda ko’p ish bajargani tufayli muskullarning asosiy qismi orqa tomonida emas, balki qanotlarini harakatlantiruvchi muskullar bor bo’lgan ko’krak qismida joylashgan.
Harakat organlari muskullari alohida e‘tiborga ega. To’sh: suyagining tojiga birikkan katta ko’krak muskullari qush ummiy massasining 20% ni tashkil qilib, qanotlarni pastga tushirish vazifasini bajaradi. Ular ostida joylashgan ancha kichik o’mrov osti muskullari qanotlarni ko’taradi. Orqa oyoqlar muskulaturasi nihoyatda murakkab. Ba‘zi qushlarda bo’lgan aylana muskul katta mohiyatga ega. u chanoqdan boshlanib, son boylab cho’ziladi, keyin tasma shaklida tizza ustidan o’tib, barmoqlarni eguvchi muskullar bilan qo’shiladi. Qush shoxga qo’ngan vaqtda tizzasini egadi, demak, bunda aylana muskul tortiladi. Buning natijasida barmoqlar tortiladi va shoxni yana ham mahkamroq qisadi. Qush qancha past qo’nsa, aylana muskullar shuncha ko’proq tortiladi va shoxni shuncha qattiqroq qisadi. Uxlagan qush shoxda avtomatik holatda saqlanadi.
Boshqa qushlarda (masalan, chumchuqlarda) barmoqlarning avtomatik qisish mexanizmi boshqacha. U barmoqlarni chuqur qisuvchi muskul yordamida amalga oshadi. Uning barmoqlar uchiga boruvchi paylarining ostki qismi juda adir-budur bo’lib, ichida ko’ndalang qovurg’alarga ega bo’lgan maxsus vlagalisha harakat qiladi. Qush shoxga qo’ngan vaqtda massasining bosimi ostida paylarning adir-budur yuzasi vlagalisha devorlaridagi qovurg’alarga jipslashadi. Natijada barmoqlar qushning ishtirokisiz shoxni qisadi va shu holatda saqlanadi.
Skeleti. Qushlar skeleti uchishga va yerda faqat orqa oyoqlari bilan yurishga moslashganligi sababli qator xususiyatga ega. skeletining tuzilish xususiyatlaridan: birinchidan-harakat organlari va ularning kamarlarining o’zgarishida, ikkinchidan umumiy skeletining yengilligi va mustahkamligida ko’rinadi. Uning yengilligi ko’p suyaklarining pnevmatik qo’shilishiga, mustahkamligi esa individual rivojlanishining dastlabki boshlang’ich bosqichlaridayoq qator suyaklarning o’zaro birikishiga bog’liq. Masalan, yirik qushlarda suyaklarning birikish joylari mutlaqo ko’rinmaydi.
Umurtqa pog’onasi boyin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum qismlaridan iborat. Bel qismi hatto qushlarda murakkab dumg’aza qismiga qo’shiladi. Boshning ancha murakkab harakati tufayli boyin qismi ancha uzun va juda harakatchan bo’ladi. Harakatchanlik yuzasi egarsimon bo’lgan umurtqalar shakliga bog’liq. Bunday umurtqalar geterotsel deb ataladi. Odatda, boshning burilishi burchagi 1800, boyqushlarda 2700 gacha.
Bo’yin umurtqalari soni turli qushlarda har xil bo’lib, 11 dan 25 tagacha bo’ladi. Ikkita oldingi boyin umurtqasi amniotlarga xos shaklda bo’lib, atlant va epistrofeydan iborat.
Ko’krak umurtqalari o’zaro va dumg’aza bilan qo’shilgan. Ularda to’sh suyagiga harakatchan qo’shilgan qovurg’alar bor. Qovurg’alar o’zaro qo’shilgan ikki qismdan iborat bo’lib, qo’shilish burchagining uchi (tepasi) orqa tomonga yo’nalgan. Bunday tuzilish maxsus muskullar harakati natijasida, to’sh suyagiga dum umurtqa pog’onasiga yaqinlashish, dam undan uzoqlashish imkonini beradi. Natijada nafas olish mexanizmida katta ahamiyatga ega bo’lgan ko’krak qafasining hajmi o’zgaradi.
Qushlarning to’sh suyagi o’ziga xos tuzilgan. U tashqariga bir oz bo’rtib chiqqan enli suyak plastinkadan iborat bo’lib, unga ko’krak qovurg’alari kelib qo’shiladi. Hozirgi qushlar juda ko’plarining to’sh suyagida toj bo’ladi. Tojga chap va o’ng tomondan simmetrik qanotni tushiruvchi muskullar qo’shiladi. Faqat ayrim (ikkilamchi uchish qobiliyatini yo’qotgan) qushlarda toj yo’q va to’sh suyagi ozgina qavariq. Pingvinlarda oldingi harakat organlari nihoyatda katta vazifa bajarganligi uchun toj suyagi yaxshi rivojlangan.
Bel umurtqalari o’zaro, yonbosh suyagi va dumg’aza umurtqasi bilan butunlay qo’shilib o’sadi. Dum umurtqalarining bir qismi ham dumg’aza umurtqasi bilan qo’shilib o’sadi. Natijada qushlar uchun xos bo’lgan (10 tadan 22 tagacha umurtqadan iborat) murakkab dumg’aza hosil bo’ladi. Biroq qushlarda ham reptiliyalardagi singari haqiqiy dumg’aza umurtqalarining soni 2 ta. Qushlar faqat orqa oyog’ida yurganligi uchun murakkab dumg’aza muhim moslanish ahamiyatiga ega. qushlar erkin dum umurtqalarining soni 6-9. Dum qismi o’zaro qo’shilib o’sgan bir nechta umurtqadan hosil bo’lgan, vertikal joylashgan plastinka-dumg’aza suyagi yoki pigostil bilan tugaydi. Dumg’aza dum patlarining, aniqroi rul patlarining tayanchi hisoblanadi.
Bosh skeleti. Qushlarning bosh skeleti umumiy sxemada reptiliyalarning bosh skeletiga yaqin tuzilgan. Ensa qismi to’rtta (asosiy, ikkita yon va tepa) ensa suyagidan tashkil topgan. Ensa bo’rtmasi reptiliyalardagi singari bitta. Eshitish kapsulasi reptiliyalardagi singari uchta quloq suyagidan tashkil topgan bo’lib, yirik qushlarda ular o’zaro qo’shilib ketib, bitta suyakni tashkil qiladi.
Bosh suyagining asosi, asosiy ponasimon, oldingi ponasimon va tanglay, qanotsimon suyaklardan hosil bo’ladi. Bosh suyagining usti juft burun, peshana, tepa va plastinkasimon suyaklardan hosil bo’ladi. Yuqorigi jag’ jag’lararo va yuqorigi ja suyaklaridan ibort. Bu suyaklarga orqadan tayoqchasimon chakka, kvadrat chakka suyaklari qo’shilib, ular o’z navbatida kvadrat suyagi bilan qo’shiladi. Natijada qushlar uchun nihoyatda xos bo’lgan, ko’z xonasini chakka chuqurchadan ajratib turuvchi pastki chakka yoyi hosil bo’ladi. Pastki jag’ mekkel tog’ayiga gomologik bo’lgan qo’shimcha suyak, terijan hosil bo’lgan tish, plastinkasimon, burchak suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Til osti apparati suyakdan iborat. U birinchi juft jabra yoylariga gomogolik bo’lgan cho’zinchoq plastinka va juda uzun shoxlar shaklida. Eshitish suyakchasi, reptiliyalardagi singari, bitta va unga butunlay gomologik.
Qushlar bosh suyagining umumiy tuzilish sxemasi reptiliyalarnikiga o’xshash bo’lishi bilan bir qatorda ulardan qator belgilari bilan farq qiladi. Qushlarda bosh miyaning (ayniqsa, uning yarim sharlarining) rivojlanishi va ko’z soqqasining yirik bo’lishi natijasida miya qutisi nihoyatda katta. Qushlarning ko’zi muhim sezish organidir. Jag’lari, odatda, juda cho’zilgan va ularning suyaklari o’zaro qo’shilib o’sadi. Shunday qilib, nihoyatda mustahkam va ushlaydigan apparat hosil bo’ladi. Miya qutisining suyaklari nihoyatda yupqa bo’lib, juda erta o’zaro qo’shilib o’sadi. Natijada miya qutisi mustahkam va yengil bo’ladi. Bosh suyagining qator suyaklari pnevmatik qo’shilishini ham qayd qilish lozim.
Oldingi oyoqlar va ularning kamari qushlar uchishga moslashganligi tufayli qator xususiyatlarga ega. kamar proksimal uchi bilan yelka suyagining qo’shilishi uchun zarur bo’lgan yuza hosil qiluvchi kurak, korakoid va o’mrovdan iborat. Uzun, qilichsimon bukilgan kurak suyagi qovurg’alar ustida joylashgan bo’lib, erkin siljiydi. Juda kuchli rivojlangan korakoid bir uchi bilan to’sh suyagiga taqaladi, ikkinchi uchi bilan yelkaning qo’shilishini ta‘minlaydi. Chap va o’ng o’mrov suyaklari o’zaro qo’shilib, belga muslahkamlik beruvchi ayri suyakni hosil qiladi.
Qanot skeleti umuman besh barmoqli harakat organlariga xos bo’lgan barcha suyaklardan tashkil topgan. Yelka va yelka oldi suyaklari deyarli o’zgarmagan bo’lsa-da, kaft suyaklari moslanishi natijasida ancha o’zgargan. Bilakuzuk suyakgi keskin reduktsiyalangan. Uning proksimal qismlari qo’shilib, ikkita suyak hosil qilsa, distal qismi esa bilakka qo’shilgan. Panja o’zagi ikkita uzun suyakdan iborat bo’lib, ham distal, ham proksimal qismida qo’shilib, nihoyatda murakkab bilan-bilakuzuk qismini hosil qiladi. Barmoqlardan faqat uchtasi-ikkinchi, uchinchi, to’rtinchilari saqlanib qolib, uchinchi barmoq ikkita falangaga ega bo’lib, ikkinchi va to’rinchi barmoqlarda hech narsa bo’lmaydi. Qanot suyaklari o’zaro maxsus muskullar, pay va teri pardalar bilan qo’shilganligi tufayli ular tekis cho’zila olmaydi. Shuning uchun ham uning qismlari o’zaro ma‘lum burchak shaklida joylashadi. Qanot qismlari faqat bir yo’nalishda-qanot tekisligida harakat qilib, uni yoyadi va yoki qisadi.
Orqa oyoqlari va ularning kamari harakat vaqtida tana massasi faqat oyoqlarga tushishi tufayli qator xususiyatlarga ega. chanoq suyagining mustahkamligi katta yonbosh suyaklarini, butun uzunasiga dumg’aza suyagi bilan qo’shilib ketishiga bog’liq. Yonbosh suyaklari bilan ancha katta quymich suyagi ham qo’shiladi. Qov suyaklari esa aksincha, ancha kichik. Ular ingichka barmoqlar shaklida quymich suyaklarining tashqi tomoniga qo’shiladi. Chanoq kamarining uchala suyagi ham quymich kosasini hosil qilishda ishtirok qiladi. Qorin tomonida chanoqning o’ng va chap tomonlari keng joylashgan. Bu holat qushlarning katta va qattiq qobiqli tuxum tuzishiga bog’liq.
Son suyagi tipik tuzilgan. Boldir suyagi ikki tipik suyakdan iborat bo’lib, biroq faqat katta boldir suyagi yaxshi rivojlangan. Kichik boldir suyagi esa rivojlanmagan. U katta boldir suyagiga kelib qo’shiladi. Distal qismiga, kaftning qator proksimal suyakchalari qo’shilgan. Bu yerda suyaklar shunday zich qo’shilganki, choki ko’rinmaydi. Boldirdan keyin joylashgan qismi sevka (pix) deb ataladi. Voyaga yetgan qushlarda bilakuzuk suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Natijada qushlarning boldir va tovon qismlari (reptiliyalardagi singari) ikki qator tovon suyaklarining orasida joylashgan. Bunday qushilish intertarzal qo’shilish deb ataladi.
Ko’pincha qushlarda 4 ta, ayrim vaqtlarda 3 ta va faqat bir holatda (Afrika tuyaqushlarida) 2 ta barmoq bo’ladi.
Hazm qilish organlari. Hozirgi qushlarning hammasida ham tish bo’lmaydi. Ovlash va oziqni saqlash quroli sifatida shox g’ilofcha bilan qoplangan yuqorigi va pastki jalar xizmat qiladi. Tumshuining shakli nihoyatda xilma-xil bo’lib, oziq turiga va uni ovlashga bog’liq. Masalan, yirtqich qushlar tumshug’ining ko’p qismi shox gilofcha bilan qoplangan bo’lib, u ilmoqsimon qayrilgan. Donxo’r qushlar tumshug’i donni cho’qilab olishga moslashgan-konussimon. G’ozsimonlarda so’rib (filtrlab) oluvchi yassi plastinkadan iborat. Pelikanlarning pastki ja tarmoqlari orasida baliq ovlashga moslashgan xaltacha bo’ladi.
Og’iz bo’shlig’i asosida til joylashgan. Uning shakli ham, har xil. Masalan, yirtqichlarda u kalta va qattiq, g’ozsimonlarda seret va yassi, qizilishtonlarda hamda burmaboyinlarda esa juda uzun va ingichka bo’ladi. Tili juda harakatchan. So’lak bezlari har xil rivojlangan. Ba‘zilarida (tentakqushlarda) deyarli yo’q. So’lak bezlari salangaqaldirg’ochlarida yaxshi rivojlangan. Ular «qaldirg’och» uyasi deb ataladigan uyalarini shamolda qurigan so’laklaridan yasaydi.
Yirtqich qushlarda so’lak oziqni namlaydi va oziq qizilo’ngachdan yengil sirpanib o’tadi. Ba‘zi qushlarda (yirtqichlarda, tovuqsimonlarda, kaptarlarda) uzun qizilo’ngach kengayib jig’ildon hosil qiladi. Jig’ildonda ovqat vaqtincha, ya‘ni yutilishdan oldin saqlanadi va uni hazm qilish boshlanadi. Sutcha deb ataladigan moyli tvorogsimon massa ajralib, bu massa bilan kaptarlar o’z bolasini boqadi. Qizilo’ngach yupqa devorli bezli oshqozonga ochiladi. Bu yerda hazm qilish bezlarining sekretsiyasiga duch keladi. Bezli oshqozondan keyin qalin devorli muskulli oshqaozon joylashgan. Uning ichki tomoni tekis shoxsimon kutikula bilan qoplangan. Bu yerda oziq maydalanadi. Uning maydalanishi faqat kutikulyar qobiqning harakati bilan emas, balki oshqozon ichidagi, maxsus yutilgan oshlarning tegirmon toshlari singari harakat qilishi natijasida sodir bo’ladi. Muskulli oshqozonning rivojlanishi oziqning xarakteriga bog’liq. Hasharotxo’r va yirtqich qushlarda u yaxshi rivojlanmagan. Donxo’r qushlarda, ayniqsa o’simliklarning dag’al vegetativ qismlari bilan oziqlanuvchi tovuqsimonlarda u juda yaxshi rivojlangan. Donxo’rlar oshqozonida bosim 2-106 dan 3-106 PA gacha ko’tarilishi mumkin. Hazm qilish tezligi ham katta. Masalan,uy chumchug’ida don 3-4, qo’nizda –1 soatdan, qurtda esa 15 minutda hazm bo’ladi.
Ichakning ingichka qismi nisbatan uzun. O’n ikki barmoq ichak halqasida oshqozon osti bezi joylashgan. Ichakning orqa qismi yaxshi chegaralangan bo’lsa-da, u nisbatan qisqa bo’lib, yo’g’on va to’g’ri ichakka bo’linmagan. Aksariyat qushlarda yo’g’on va ingichka ichaklar chegarasida ikkita ko’r o’simta joylashgan. Orqa ichak kloakaga ochilgan bo’lib, ko’p qushlarda uning orqa tomonida fabritsiyev xaltachasi deb ataladigan ko’r qsimta joylashgan. Ehtimol, u ichki sekretsiya vazifasini bajaradi. Qush o’sgan sari bu xaltachaning hajmi kichrayadi.
Ichaklarning nisbiy uzunligi har xil bo’lib, u oziq turiga bog’liq. Masalan, nandu va childning ichagi tanasining uzunligidan 8, qoravoy va kalxatlarniki 11-12, kunduzgi yirtqichlarniki 7-8, aksariyat hasharotxo’rlarniki 4-7 marta uzun.
Jigari katta va ikki pallali. Ko’pchilik qushlarda o’t suyuqligi bo’ladi (kaptarlarda yo’q). O’t yo’li o’n ikki barmoq ichakka ochiladi.
Shunday qilib, hazm qilish organlari uchun quyidagi belgilar xos:
1) tishlarning bo’lmasligi va ular funktsional jihatdan ma‘lum darajada shox tumshuq bilan almashilganligi (ovlash va oziqni saqlash); 2) ichak sistemasining nisbatan qisqaligi. Masalan, o’txo’r sut emizuvchilarning ichagi tanasiga nisbatan 20 marta uzun bo’lsa, o’txo’r qushlarda (jumladan, tovuqsimonlarda) u hammasi bo’lib 8 marta uzunroq; 3) tishlar bo’lmasligi tufayli og’izda ovqatning chaynalmasligi va ichak sistemasining qisqarishi bilan ovqatga intensiv kimyoviy ta‘sir ko’rsatilishi natijasida oshqozonning ikki qismdan iborat bo’lishi; 4) orqa ichakning yo’g’on va to’ri ichakka bo’linishi. Bu holat bir tomondan, tanani yengillashtiradi, ikkinchidan, to’ri ichakda najas vaqtincha saqlanadi va tarkibidagi suv shimiladi; 5) fabritsiyev xaltachasining bo’lishi.
Nafas olish organlari nihoyatda o’ziga xos tuzilgan bo’lib, boshqa organlarga nisbatan uchib yurib yashashga yaxshiroq moslashgan.
Hiqildoq teshigi traxeyaga ochiladi. Traxeyaning yuqori qismi toq uzuksimon suyak, juft cho’michsimon tog’aylar bilan chegaralanuvchi hiqildoqni hosil qiladi. Bu hiqildoq qushlarda yuqorigi hiqildoq deb atalib, tovush chiqarishda hech qanday rol oynamaydi. Bu funktsiyani faqat qushlarga xos bo’lgan pastki hiqildoq bajaradi. U traxeya bronxlarga bo’lingan joyidagi kengaygan joy bo’lib, suyak xalqalar bilan saqlanib turadi. Hiqildoq ichki tomonining tashqi devorlaridan tashqi tovush pardalari, uning ostida, traxeya bo’lingan joyda ichki tovush pardalari ajraladi. Tovush pardalari maxsus sayrash muskullarining qisqarishi natijasida turli tembrdagi tovush chiqaradi. Nafas yo’lining yuqori qismi termoregulyatsiyada katta ahamiyatga ega. havo temperaturasi ko’tarilgan vaqtda qushlarda nafas olish tezlashishi va yuzaki bo’lishi aniqlangan. Shu bilan bir qatorda og’iz va tomoqdagi qon tomirlari kengayadi.
Qushlar o’pkasi, amfibiyalarniki singari, ichi kovak xaltacha shaklida emas. Qushlar o’pkasi ko’krak qafasiga birikkan g’ovak zich tanadan iborat bo’lishi bilan reptiliyalar o’pkasidan farq qiladi. Bronxlar o’pkaga kirgandan keyin tarmoqlanadi. Ularning asosiy tarmoqlari o’pkani yorib o’tib, havo xaltachalariga qo’shiladi. Bronxlar tarmoqlari o’zaro ingichka naychalar parabronxlar yordamida qo’shiladi. O’z navbatida bulardan juda ko’p ko’r o’simtalar-bronxiolalar chiqadi. Bronxiolalar atrofida qon tomirlarining juda ko’p kapillyarlari to’planadi.
Yuqorida aytilganidek, bronxlar tarmoqlarining bir qismi o’pkani teshib o’tib, sig’imi o’pka sig’imidan bir necha marta katta bo’lgan havo xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltachalari turli ichki organlar orasida joylashib, ularning o’simtalari teri ostiga, muskullar orasiga va pnevmatik suyaklarga o’tadi. Qushlarda havo xaltachalari bir nechta. Ikkita boyin, bitta o’mrovaro, ikki-uch juft ko’krak va bir juft nihoyatda katta qorin xaltachasi bor.
Havo xaltachalarining mohiyati katta va xilma-xil. Asosiy vazifasi, ayniqsa uchgan vaqtda, nafas olish mexanizmini belgilashidir. Qush qo’nib o’tirgan vaqtda nafas olish to’sh suyagining umurtqa pog’onasiga yaqinlashishi va uzoqlashishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday harakat qovurg’alarning o’zaro harakatchan birikkan ustki va pastki qismlari orasidagi burchakning o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. To’sh suyagi pastga tushgan vaqtda ko’krak qafasining hajmi ortadi va ma‘lum havo xaltachalari cho’zilib, o’pkadan havoni tortadi. To’sh suyagi ko’tarilgan vaqtda esa havo siqib chiqariladi. Ayni vaqtda o’pka ham nasos vazifasini bajaradi. Yugurganda, daraxt va tog’larda tirmashib yurgan vaqtda esa oyoqlar qorin havo xaltachalarini bosadi va ular harakat qiladi.
Uchish vaqtida havo xaltachalarining nasos organi sifatidagi ahamiyati nihoyatda katta. Qanoti ko’tarilganda ular cho’ziladi va havo katta kuch bilan avval o’pkaga, keyin havo xaltachasiga tortiladi. Xaltachalarda gazlar almashinmaydi; nafas olgan vaqtda havo o’pkadan katta tezlikda xaltachalarga o’tkanligi tufayli o’zidan ko’p kislorod bermaydi. Natijada havo xaltachalariga kislorodga ancha boy bo’lgan havo o’tadi. Shunday qilib, nafas olishning bu fazasida ham qon oksidlanadi. Bu holat qo’sh nafas olish deb ataladi. Buning moslanishdagi ahamiyati aniq. Qush qancha ko’p qanot qoqsa, shuncha jadal nafas oladi. Uchayotgan qush nafas olish energiyasining ko’payishi qanot harakati va kislorod sarf qilinishi bilan avtomatik bajariladi.
Biroq qanot qoqish va nafas olish harakatlari sinxronizatsiyasi hamma qushlarda borligi aniqlangan emas. Ko’p qushlarda qanot qoqish soni nafas olish sonidan ko’proq bo’ladi. Har holda nafas olishning yoki chiqarishining boshlanishi qanot qoqishning aniq fazalariga to’g’ri keladi. Bu mexanizm nafas olishning boshlanishi qanot ko’tarilishining o’rtalariga yoki oxiriga, nafas chiqarishning boshlanishi esa qanotning pastga tushirilishi oxiriga to’g’ri keladi.
Yaqinda Shmidt-Nilson (1979) o’pka ventilyatsiyasining boshqa usulini ko’rsatdi. Uning fikricha, havo deyarli o’pka parenximasida tarmoq paydo qilmaydigan, asosiy o’rta bronx orqali bevosita orqa havo xaltachasiga o’tadi. Bu yerdan o’pkaga, keyin oldingi havo xaltachalari orqali tashqariga chiqariladi. Shunday qilib, bu kontseptsiya nuqtai nazaridan nafas olish sistemasi bir yo’nalishli bo’ladi.
Nafas olishdan tashqari, havo xaltachalari uncha katta ahamiyatga ega bo’lmagan funktsiyalarni ham bajaradi. Masalan, uchgan vaqtda intensiv qanot qoqishda tanani isib ketishdan muhofaza qiladi. Chunki nisbatan sovuq havo butun ichki organlar ayniqsa muskul sistemasini o’tib turadi. Bundan tashqari havo xaltachalari uchish vaqtida ichki organlarning o’zaro ishqalanishini kamaytiradi. Nihoyat, ular tananing zichligini kamaytirib, qorin ichi bosimini ko’paytirib defektsiyaga yordam beradi. Havo xaltachalarining umumiy sig’imi o’pka sig’imiga nisbatan 10 marta ko’p.
Qushlarda metabolizm yuqori ekanligini qon bosimi darajasi ham ko’rsatadi. Masalan, kaptarda u 135/105 ga, tangachali reptiliyalarda 80/60-14/10 ga teng.
Qon aylanish organlari. Qushlarda yurak va arteriya yoylarining tuzilishiga bog’liq bo’lgan arterial va venoz qonning o’zaro qo’shilmasligi harakterlidir. Yurak to’rt kamerali bo’lib, u ikkita yurak qorinchasi va ikkita yurak bo’lmasidan iborat. Qushlar yuragi boshqa umurtqalilar yuragiga nisbatan katta. Bu holat qushlarda, ayniqsa uchish vaqtida, moddalar almashinuvi intensivligiga bog’liq. Masalan, o’rdakning yurak indeksi 0,6 ga teng bo’lsa, quyonda atigi 0,2 ga teng. Mayda qushlarda moddalar almashinuvi nisbatan kuchli bo’lgani tufayli (o’z navbatida bu holat mayda hayvonlarda teng sig’imi va issiqlik chiqaruvchi yuza orasidagi notenglik bilan ham aniqlanganligi) ular yuragining massasi yirik qushlar yuragiga nisbatan ortiq bo’ladi. Masalan, tana massasi 23 g bo’lgan snegir qush yuragi massasining nisbati 1,3%, massasi 8 g bo’lgan moskovka chittakniki 1,8%. Harakat tezligi bilan yurak massasi orasida ham bolanish borligini ko’rish mumkin. Yaxshi uchuvchi qushlardan lotinda yurak massasi o’rtacha tana massasining 1,7% ga teng. Nisbatan sekin uchadigan qushlardan miqqiyoda 1,2%, sekin uchuvchi hakkada 0,9% ga teng.
Qushlar yuragi yer yuzida yashaydigan boshqa tuban tashkil topgan hayvonlarnikiga nisbatan intensiv harakat qiladi. O’t baqasida yurak 1 minutda 40-50, snegirda o’rta hisobda 730 marta qisqaradi. Yurak qisqarishi tana massasiga bog’liq ekanligi yaqqol ko’rinadi. Tana massasi 250 g bo’lgan kaptarning yuragi bir minutda o’rtacha 248, massasi 22 g bo’lgan ko’k chumchuqning yuragi 697, massasi 13 g bo’lgan sa‘vaniki 754, massasi 8 g bo’lgan moskovkaniki 1037 marta qisqaradi. Yurak urish chastotasi qushlarda juda turli-tuman bo’lib, ularning holatiga ham bog’liq. Masalan, kaptar tinch holatida bir minutda 165, uchish vaqtida 550 martaga teng. suvchumchuqda yurak urish ritmi suvga cho’mgandan 1 sekunddan keyin 42% ga pasayadi. Qushlarda qon hajmining ko’payishi ham progressiv belgilardan bo’lib hisoblanadi. Suyakli baliqlarda qon massasi taxminan 3%, dumsiz amfibiyalarda 6%, qushlarda 9% ga teng. qonning kislorod hajmi reptiliyalarnikiga nisbatan qariyb ikki marta ko’proq. Bu barcha tuzilish xususiyatlari qushlar hayotchanligining umumiy murakkablashuvi uchun zamin hisoblanadi.
Yurakning chap qorinchasidan yagona-o’ng aorta yoyi chiqib, tezda ikkita nomsiz arteriyaga bo’linadi. Bu arteriyalar bir juft uyqu (boyinturuq) va bir juft o’mrov osti arteriyasiga bo’linadi. Shu usulda bosh, yelka kamari va oldingi oyoqlar qon bilan ta‘minlanadi. Aytib o’tilgan aorta yurakning o’ng tomonidan aylanib o’tib, umurtqa pog’onasi ostidan orqa aorta sifatida tananing dum qismigacha boradi. Orqa aorta tarmoqlanib, ichki organlar, orqa oyoqlar va ularning kamarlarini qon bilan ta‘minlaydi. Yurakning o’ng qorinchasidan o’pka aortasi chiqib, vena qonini o’pkaga olib boradi.
Venoz qon boshdan juft boyinturuq venaga yiiladi. Bular juft o’mrov osti venasi bilan tutashib, qonni yurakning o’ng bo’lmasiga quyuvchi o’ng va chap oldingi kovak venani hosil qiladi. Qushlar tanasining vena sistemasi reptiliyalar tanasining vena sistemasiga o’xshaydi. Farqi shundaki, reptiliyalarda boshqa mayda venalar bilan birga buyrak qopqa sistemasini hosil qiluvchi qorin osti venasi, funktsional jihatdan dumaza-qatqorin venasi bilan almashingan. Bundan tashqari, buyrakning qopqa venasi qisman reduktsiyalashgan. Orqa kovak venalari yurakning o’ng bo’lmasiga qoyiladi.
Katta va kichik qon aylanish doiralari alohida-alohida bo’lganligi uchun barcha organlarga sof arterial qon boradi. Bu holat, shuningdek qonning tez aylanishi va intensiv gazlar almashinuvi qushlarda tana temperaturasining yuqori bo’lishini ta‘minlaydi. Tana temperaturasi o’rtacha +420S. yirik turlarda, odatda +38+400S, mayda turlarda +450S gacha bo’ladi.
Qushlarda nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan fiziologik xossalardan biri termoregulyatsiya mexanizmining hosil bo’lishidir. Buni qushlardagi kimyoviy va fiziologik termoregulyatsiyada ko’rish mumkin. Birinchi holat moddalar almashinuvi intensivligi, ya‘ni issiqlik mahsulotining tashqi muhit temperaturasiga nisbatan o’zgaruvchanligiga boliq. Masalan, tashqi temperaturaning +330 dan +100S ga tushishi chumchuqlarda kislorodga ehtiyojni 3 martaga oshiradi. Fizik termoregulyatsiya issiqlik qaytarishning kattaligiga boliq. Qushlarda polip nafas (harsillash) deb ataluvchi holatning ahamiyati katta. Bu holat nafas olishning tezlashishi natijasida nafas olish organlari va nafas yo’llaridan issiqlikni chiqarishdan iborat. Mayda qushlar shu usulda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan issiqlikning yarmini chiqarishi mumkin. Yirik qushlarda esa bu holatda issiqlik ko’proq sarflanishi mumkin. Shunga ko’ra, masalan, tuyaqushlar va hatto kaptarlar +510S issiqqa ham chidashi mumkin.
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi reptiliyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Bu takomillashish, qushlar hayot faoliyati va ularning tashqi muhit bilan munosabati nisbatan murakkab bo’lishiga bog’liq. Qushlarning nerv-reflektor faoliyati, oqibat natijada moslanishga oid xatti-harakati ham nihoyatda turli-tuman. Morfologik nuqtai nazardan, bu bosh miyaning nisbiy juda katta ekanligiga bog’liq. Reptiliyalarda bosh miyaning massasi, orqa miya massasiga teng bo’lsa, qushlarda u hamma vaqt katta; tovuqsimonlarda 150% ga yaqin, kaptarda 250%. Bosh miyaning kattaligi avvalo oldingi miya yarim sharlarining rivojlanishiga boliq. Masalan, bu qismning boshqa barcha qismlar massasiga bo’lgan nisbat tovuqsimonlarda 1:1; yirtqich qushlarda 2:1, Tovuqsimon va to’tilarda hatto 3:1 ga teng. biroq oldingi miyaning ko’p qismi, reptiliyalarniki singari, ko’ndalang tanachalardan tashkil topgan. Aksincha yarim sharlar shumbazi sust rivojlanganligi, asosan birlamchi gumbazdan iborat bo’lishi bilan sut emizuvchilardan farq qiladi. Hidlash organlari yaxshi rivojlanmaganligi uchun hid bilish bo’limi kichik. Oraliq miyasi ham sust rivojlangan. Aksincha miyacha ancha katta bo’lib, asosan chuvalchang deb ataladigan o’rta bo’lakdan tashkil topgan, bu chuvalchang bo’lak ko’ndalangiga joylashgan o’ziga xos joyaklar bilan qoplangan. Miyachaning kuchli rivojlanganligi uchish vaqtidagi murakkab harakatlarni koordinatsiya qilish bilan boliq. Miyacha rivojlanganligi tufayli o’rta miyaning ko’rish qismlari juda yon tomonga siljigan. Bosh miya nervlari o’n ikki juft.
Orqa miya, reptiliyalardagi singari, orqa va bel nerv tugunchalarida kengaygan.
Sezgi organlari. Eshitish orgnlari, reptiliyalardagi singari, o’rta va ichki quloqdan iborat. Ammo chianoq kanali yaxshi rivojlangan bo’lib, xaltachadan to’siq bilan ajralib turadi. Yevstaxiev naylari tomoqqa bitta umumiy teshik bilan ochiladi. Eshitish suyakchasi bitta. Noora parda teridan birmuncha chuqurroqda, tashqi eshituv yo’lining boshlang’ich holati bo’lgan voronkasimon chuqurchaning tubida joylashgan. Ba‘zi tungi qushlarda, masalan, boyqushlarda bu chuqurchaning ichi ancha keng bo’lib, uning atrofieshitishni kuchaytiruvchi teri qatlami bilan hoshiyalangan. Umuman qushlar yaxshi eshitadi va eshitish organi ko’z bilan bir qatorda eng muhim sezgi organi bo’lib hisoblanadi. Ko’p hollarda qushlar xavfni eshitish organi orqali sezadi.
Yaqinda yavan salngani (Callocalia fuciphaga) exolokatsiya qobiliyatiga ega ekanligi aniqlandi. Asosiy tovush impulslari 1,5-4,5 kGts chastotaga ega bo’lib, bir sekundda 9-10 marta takrorlanadi. Bu qush qorong’i g’orlarda boshqa qushlar va narsalarga tegib ketmasdan uchish qobiliyatiga ega.
Qushlarning ko’zi juda yaxshi rivojlangan. Ular ko’zlari rivojlnmagan turlari bo’lmasligi bilan amfibiyalar, reptiliyalar va sut emizuvchilarda farq qiladi. Ularning ko’z soqqasi nisbatan katta. Ayniqsa u tunda va qoronida yoki faqat ko’zi yordamida oziq topadigan qularda yaxshi rivojlangan. Ko’z massasining umumiy tana massasiga bo’lgan nisbati har xil turlarda quyidagicha: G’ozlarda (o’t bilan oziqlanuvchi)-1/57; hakkalarda (sekin harakatlanuvchi hayvonlar bilan oziqlanadi va yaqindan oziq axtaradi) -1/70; lochinlarda (qushlar bilan oziqlanadi, o’ljasini havoda ovlaydi yoki hasharotlarni ovlaydi) -1/40; yapaloqqushlarda (tunda asosan mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi) -1/30.
Aksariyat qushlarning ko’zi monokulyar bo’ladi. Har qaysi ko’zining ko’rish maydoni 1500, binokulyar ko’rish maydoni esa 30-500. Yapaloqqushlarda ko’pincha binokulyar. Bu holat tunda yashashga moslanish natijasida hosil bo’lgan. Lotin-sapsan harakat qilayotgan qushni 1100 m dan, lotin turumtoy esa 800 m dan ko’radi.
Akkomodatsiya ancha takomillashgan bo’lib, ikki yo’l bilan: 1) kiprikli muskullar ta‘sirida ko’z gavhari shaklining o’zgarishi iva 2) ko’z soqqasi shaklini o’zgartiruvchi sklerani o’rab turuvchi halqali muskullar ta‘sirida gavhar va to’r parda orasidagi masofaning o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Ustki va ostki qovoqdan tashqari yana uchinchi yumish pardasi ham bo’ladi. Bu parda ko’zning ichki (oldingi) tomoniga birikkan bo’lib, u ko’zni pardasimon qoplashi mumkin.
Hid bilish kuchsiz rivojlangan. Ehtimol, faqat ayrim qushlar hid bilish qobiliyatiga ega. masalan, Yangi Zelandiya ivilari. Nayburunlilar, baliqchilar, o’rdaklar va griflarda hid bilish boshqa qushlardagiga qaraganda yaxshiroq rivojlangan. Qushlarning hidlash organlari hidlash chianoining differentsiyalanganligi bilan reptiliyalardan farq qiladi.
Ayrish organlari reptiliyalarning ayrish organlariga o’xshash. Qushlar embrionida ayirish organlari tana buyragi sifatida hosil bo’lib, keyinchalik u boshqa amniotlardgi singari, chanoq buyragi bilan almashinadi. Qushlar buyragining nisbiy o’lchami reptiliyalarniki va hatto sut emizuvchilarnikidan katta masalan, chug’urchiqda u tana massasining 1,2% ni, krachkalarda 1,6% ni, chegarlarda 2,6% ni tashkil qiladi. Buyrakning kattaligi qushlarda moddalar almashinuvining nihoyatda intensivligiga bog’liq. Bu holatni nefronlar sonining nihoyatda ko’pligi (bir necha o’n ming bo’lishi) ham tasdiqlaydi. Nefronlar tuzilishida, reptiliyalardagidek, tomirli tugunchalarning reduktsiyalanishi xarakterlidir. Siydik hosil bo’lishi ko’proq halqali kanallarning sekretor faoliyatiga boliq.
Reptiliyalardagi singari siydik kislota oqsil almashinuvining asosiy mahsulotidir. Oqsil metabolizmining bunday tipi, birinchidan, tuxum yerda rivojlanib, suvni tashqi muhitdan olish imkoniyati tamomila bo’lmasligi; ikkinchidan, metabolizm mahsulotlarining rivojlanayotgan tuxum sistemasida rezervatsiya qilinishiga bog’liq. Shuning uchun ham siydik ajratishda juda ko’p suvni talab qiluvchi mochevina hosil qiluvchi moddalar almashinuvi tipi hosil bo’lmasligi muayyandir. Ikkinchidan, aytilganidek, siydik kislota uncha zaharli bo’lmaganligi tufayli aynan metabolizmning shu mahsuloti tuxum sistemasida uzoq muddat saqlanishi mumkin. Shunday qilib, qushlar, baliqlar, amfibiyalar va sut emizuvchilardagi singari, «yopiq» sistemada mochevina emas, balki siydik kislota hosil qiluvchi mahsulot almashtirish tipi ikkinchi misoldir.
Siydik ayirish sistemasi yo’lidan juda tez o’tadi. Aks holda yomon eriydigan siydik kislota tuzlari ayirish yo’llarini to’sib qoyishi mumkin. Qushlarda siydik pufagining bo’lmasligi ham shu holatga bog’liq. Siydik pufagining bo’lmasligi uchishga moslanish va massasining kamayishi, degan darsliklarda berilgan izoh haqiqatdan ancha uzoqdir. Kloakada siydikdan suv shimilib organizmga o’tganligi tufayli qushlarda ayirish jarayonlarida suv nihoyatda kam sarflanadi. Bulanish bo’lmasligi qushlarning suvga ehtiyojini kamaytiradi. Ko’p turlari suv ichmaydi. Masalan, ko’p yirtqichlar va ba‘zi Tovuqsimon.
Jinsiy organlari. Urudonlari buyrak ustida joylashib, ichak tutqiiga osilgan ikkita loviyasimon tanachadan iborat. Ularning kattaligi yil fasllariga qarab o’zgarib turadi. Urchish davrida zyablikda urug’don 1125 marta, chug’urchiqda 1500 marta kattalashadi.
Urug’donlarning ichki chetiga yaqqol ko’rinmaydigan, embrion rivojlanishida hosil bo’ladigan tana buyragiga gomologik o’simta qo’shiladi. Mana shu o’simtalardan siydik yo’liga parallel davom qiluvchi tuxum yo’llari chiqib, ular kloakaga qo’shiladi. Ba‘zi turlarda uru yo’llari kloakaga qo’shilish joylari kengayib, urug’ xaltachalarini hosil qiladi. Urug’ xaltachalari urug’ rezervuari vazifasini bajaradi. Kopulyativ organlar faqat ayrim turlarda bo’ladi. Kloakaning bo’rtishidan hosil bo’ladigan penis ozlarda, tinamu va tuyaqushlarda bo’ladi. Laylak, tarna va tuvaloqlarda u rudiment holda. Aksariyat qushlarda qo’shilish organi bo’lmaydi, erkak va urg’ochi qushlar kloakasini bir-biriga yaqinlashtirishi va erkaklari spermasini urg’ochi kloakasiga o’tkazishi orqali bo’ladi. Urg’ochi qushlarning jinsiy sistemasi, ayrim qushlardan boshqa hammasida keskin assimetrik tuzilgan bo’lib, chap tuxumdon va chap tuxum yo’lidan iborat o’ng tuxumdon ba‘zi kunduzgi yirtqichlar, yapaloqqushlar, to’tilar, tovuqsimonlar va suvmoshaksimonlrda rivojlanadi. Ayniqsa o’ng tuxumdon to’tiqushlarda ko’proq rivojlanadi. Biroq rivojlangan o’ng tuxumdon ham juda kam xizmat qiladi. Shunisi qiziqki, o’ng tuxumdonda yetilgan tuxum chap tuxum yo’li orqali chiqariladi, chunki harakat qiluvchi o’ng tuxum yo’li juda kam uchraydi. Urg’ochilarida o’ng tomon jinsiy organlarining reduktsiyalanishi qushlar tuxumining yirik bo’lishi, qattiq qobiq bilan qoplanishi va tuxum yo’lidan sekin (1-2 kunda) o’tishiga bog’liq.
Tuxumdon notekis shakldagi, chap buyrak oldida joylashgan donador tanadan iborat.
Uning hajmi tuxum pishib yetilishiga va ularning hajmiga qarab keskin o’zgarib turadi. Tuxum yo’li uzun nay shaklida bo’lib, uning bir uchi kloakaga, ikkinsi (yuqorigi) uchi voronkasimon tana bo’shlig’iga ochiladi. Yetilgan tuxumlar tana bo’shliidan tuxum yo’li voronkasiga tushib, u yerdan nariga siljiydi. Tuxum yo’li bir necha qismdan iborat. Birinchi qism (eng yuqorigi qismidan tashqari) deyarli butun uzunasiga qarab bezlarga nihoyatda boy. Bu qismda o’tuvchi tuxumni qalin qavat bilan qoplovchi oqsil ishlab chiqariladi. Bu qismda tovuqlarda, tuxum 3-6 soat bo’ladi. Ketingi ancha yupqa qismida tuxum po’chog’i osti ikki qavat pergamentsimon qobiq bilan o’raladi. Keyin bachadon deb ataladigan qism joylashgan. Bu qismda qattiq ohak po’choq, unga rang beruvchi pigmentlar va po’choq usti qobii hosil bo’ladi. Bachadonda tuxum 12 dan 20 soatgacha bo’ladi. Oxirgi qismi qisqa va kuchli muskulaturaga ega, bu yerdan tuxum kloakaga o’tadi, keyin tashqariga chiqariladi, tovuqda tuxumning tuxum yo’lidan o’tish davri bir sutkaga yaqin, kaptarda 14 soat.
Tuxumi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tuxum deganda odatda, sariqdon deb ataladigan qism tushuniladi. Tuxumni to’ldiruvchi boshqa hosilalar, masalan, oqsil tuxumdon emas, balki tuxum yo’lidan hosil bo’ladigan tuxum qobig’idir.
Sariqdonning animal qutbida yadro va protoplazmadan tashkil topgan, uncha yirik bo’lmagan murtak diski joylashgan. Sariqdonning boshqa qismlari mayda pufakchalardan-tuxum plazmasi bilan qavatlangan sariq rangdagi sariqdon yoki ochiq rangli sariqdondan iborat. Har ikkala rangdagi sariqdon qavatlari kontsentrik joylashgan. Tashqi tomondan butun sariqdon yupqa po’st bilan qoplangan. Sariqdon rivojlanayotgan embrion tomonidan sarflanadigan oziq moddalar va suv manbai bo’lib uning shakllanishi uchun material bo’lib hisoblanadi. Sariqdonning tarkibi har xil turlarda turlicha bo’lib, umuman yo va suv ko’pligi diqqatga sazovordir. Shuni hisobga olish kerakki, qushlarning embrioni rivojlanishi davrida, reptiliyalarniki singari, suvni tashqaridan olmaydi, balki butun suv zapasi tuxumning o’zida, ya‘ni sariqdonda bo’ladi. Yo oksidlangan vaqtda ham suv chiqaradi. Tovuq tuxumi sariqdoni 50% suv, 23% yo, 16% protein va 11% lipoidlardan tashkil topgan. oz tuxuminiki 44% suv, 36% yo, 17% protein va 3% boshqa moddalardan tashkil topgan.
Oqsil tuxumining ikkilamchi qobig’i hisoblanadi va yarim suyuq konsistentsiyaga ega. tashqaridan u tuxumning poynak tomonida birmuncha ajralib, havo kamerasini hosil qiluvchi ikki qavat yupqa qobiq bilan qoplangan. Bu kamera temperatura o’zgargan vaqtda tuxumning hajmi o’zgarishiga imkon beradi. Tuxum qobig’i qutblaridan oqsil moddasi orqali sariqdonga qarab xalaza deb ataluvchi, oqsilning quyuqlashgan ipchalari chiqadi. Ular ichki uchlari bilan sariqdon qobiiga qo’shiladi. Natijada sariqdon oqsilda erkin suzmasdan xalaza yordamida tortilib trgandek bo’ladi. Xalaza sariqdonni tebranishdan (turtkilashdan) himoya qiladi. Bundan tashqari, sariqdonning oziq massali qismi katta massaga ega bo’lganligi tufayli tuxumning har qanday holatida ham u pastda, murtak (zarodish) diski esa aksincha yuqorida bo’ladi. Bu holatda xalazalar buraladi. Bunday moslanish tuxum bosishda katta ahamiyatga ega.
Oqsilning asosiy vazifasi bir tomondan tuxumni (ya‘ni sariqdonni) mexanik ta‘sirdan, turtkilardan muhofaza qilish bo’lsa, ikkinchidan embrion rivojlanishi davrida zarur bo’lgan suv manbaidir. Tovuq tuxumining oqsili tarkibida 87% suv, 12% proteinlar va boshqa moddalar 1% bo’ladi. Qobig’i asosan kaltsiy karbonat (89-97%) dan va boshqa organik moddalar tuzlaridan iborat. Qobiqning asosiy vazifasi tuxumni mexanik ta‘sirdan saqlash bilan bir qatorda unda gazlar almashinuvini ta‘minlash va tuxum ichiga bakteriyalar kirishidan muhofaza qilishdan iborat. Odatda, ochiq uyali va katta qushlar tuxumining qobig’i qalin bo’ladi. Embrion rivojlanishi davrida qobiq qisman skelet qurilishiga sarflanadi. Masalan, tovuqlarda tuxum bosish davrida ohak moddalar elementi 8% ga kamaysa, ayni vaqtda tuxum bosishning 21 kunida ohak miqdori 500% ga ortadi.
Embrionda gazlar almashinuvi tuxum qobig’ining teshiklari orqali amalga oshadi. Tovuq tuxumida 7 mingdan ortiq teshikchalar bo’lib, ular asosan tuxumning keng qismida (to’mtoq uchida) joylashgan. Tuxum bosilishi va gazlar almashinuvi ortishi bilan teshikchalar kengaya boradi.
Tuxumning eng ustki qavati kutukula qavati bo’lib, u tuxum bachadondan o’tgandan keyin ajraladigan oqsil hosilalardan paydo bo’ladi. Kutikulaning funktsiyasi tuxumni ichiga bakteriyalar kirishidan himoya qilish.
1.4 Qushlar ko’payishning o’ziga xosligi, tuxumning paydo bo’lishi qo’yish va tuxum bosish.
Qushlarni hayot tsikli boshqa havonlarniki singari tartibsiz holda bo’lmay, u ma‘lum bir biologik ritmga bog’liq. Bu ritm fasllari o’zgarishiga va qushlarning yashash muhitiga moslanish irsiyatiga bog’liq. Natijada qushlarning hayot tsikli qator biologik fazalar yoki davrlardan tashkil topgan. Bu davr va fasllarda u yoki bu biologik holatlar (o’rganish, inkubatsiya, tulash va boshqa holatlar) ustunlik qiladi.
Qushlar yillik biologik tsiklining asosiy fazalari quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |