Amaliyot davomida talaba institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini (1-ilovada shakli keltirilgan) yuritib, unda har bir mavzu bo„yicha tahlil va xulosalarini yozib borishi lozim. Amaliyot daftarida har bir bajarilgan tahlil va yozilgan xulosalar amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda hududiy moliya organi rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Amaliyot daftari A4 o„lchamdagi (210*297 mm) oq qog‟ozning bir tomonida elektron tarzida printerda chop etiladi. Amaliyot daftaridagi xulosalar Times New Roman 14 shriftda, 1,5 intervalda bo„lishi lozim. Bunda varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm, o„ngda 1,5 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi. Amaliyot daftarining barcha betlari titul betidan oxirgi betigacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varag‟i hisoblanib, unga raqam qo„yilmaydi, keyingi betga “2” raqami qo„yiladi va hokazo. Tartib raqami betning pastki tomonining o„rtasiga qo„yiladi.
Amaliyot daftarida amaliyot mavzularining sarlavhasi to„q qora(jirniy)da yoziladi, sarlavha oxirida nuqta qo„yilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin raqamlar qo„yiladi va raqamdan so„ng nuqta qo„yiladi. Har bir mavzu yangi betdan boshlanadi. Har bir mavzu bo„yicha xulosa va tahlil kamida 2 varaq, ko„pi bilan 4-5 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. Jadval (diagramma, rasm) qo„yilishi matnda bayon qilingan fikrlarni asoslashga xizmat qilishi kerak. Har bir jadval (diagramma, rasm) ma‟lumotlari, albatta, tahlil qilinishi talab etiladi. Tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosalar shakllantiriladi. Jadval (diagramma, rasm)lar izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan: “1-jadval”, “2-jadval”, “1-rasm” , “2-rasm” va h.k.
Mavzular bo„yicha xulosa yozish davomida statistik ma‟lumotlar va to„plamlardan yoki me‟yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda havola qo„yilishi shart.
Talaba hududiy moliya organlarida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini amaliyot daftarida umumlashtiradi. Amaliyot daftarining oxirgi sahifasida talabaning amaliyot o„tashi yuzasidan amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar hamda hududiy moliya organi rahbari xulosa beradi hamda imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi. Amaliyot muddati tugagach, amaliyot daftari kafedradan ro„yxatdan o„tkaziladi.
Tanishuv malakaviy amaliyoti tugagandan so„ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida to„ldirilgan, oxirgi sahifasida hududiy moliya organidan berilgan xulosa rasmiylashtirilgan amaliyot daftarini kafedradan ro„yxatdan o„tkazadi.