talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o„tkazish va amaliyot o„tash tartibini tushuntirish;
amaliyotni o„tash holati, talabaning bajarayotgan ishi, amaliyotga qatnashish davomatini nazorat qilib borish;
amaliyot daftarining to„liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o„z muddatlarida o„tashini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish bo„yicha chora-tadbirlar ko„rish;
amaliyot daftarini to„liq va to„g„ri to„ldirilayotganligini, rasmiylashtirilishini nazorat qilib borish;
amaliyot daftarining alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni o„tashi va olgan ko„nikmalari haqida yozma ravishda o„z xulosasini berish;
amaliyot so„nggida talabaning amaliyot davomida orttirgan ko„nikmasini baholash.
TALABANING TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTI BO„YICHA OLGAN BILIM-KO„NIKMASINI BAHOLASH TARTIBI VA MEZONLARI
Amaliyot daftarida tanishuv malakaviy amaliyoti yuzasidan xulosalar har bir mavzu bo„yicha alohida yoziladi. Har bir mavzu bo„yicha xulosalar yozishda jamlangan ma‟lumotlar asosida jadval va rasmlar (diagramma va grafikalar)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tanishuv malakaviy amaliyoti tugagandan so„ng, talaba tomonidan 3 ish kuni ichida talaba tomonidan to„ldirilgan, oxirgi sahifasida hududiy moliya organidan berilgan xulosa rasmiylashtirilgan amaliyot daftarini kafedradan ro„yxatdan o„tkazadi.
Tanishuv malakaviy amaliyoti bo„yicha talabaning olgan bilim-ko„nikmasini baholash orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog„lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. Amaliyot bo„yicha talabaning bilim- ko„nikmasi 100 ballik tizimda baholanadi va natijasi institutdan biriktilgan rahbar tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.