O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203810
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Холбеков Buxgalteriya hisobi nazariyasi

3. Хo’jalik jarayonlari
Тurli mulkchilik shakllarqda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z 
faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun 
birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin 
esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining 
o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil 
qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich - bu moddiy boyliklarni yaratish 
jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan 
buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan 
farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, 
sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy 
va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga 
qilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari 
pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o’lchov 
birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma 
ko’rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari 
buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchovlarda ham 
ko’rsatiladi. Bu o’lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar 
4
Ю.А.Бабаева и др. Бухгалтерский финансовый учет: Учебник для вузов – М; Вузовский учебник – ВЗФЭН. 2010 – 
525 с.
19


hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va 
ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini 
anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga 
aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli 
sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi davomida ular 
tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni 
vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va 
davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda 
korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan 
so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonalarning mablag’lari boshqa- boshqa 
bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona ta’minoti va 
tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir.
Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan 
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning 
yakunida korxona zahiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi 
quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni 
ishlab chiqarish vositalarini harid qilish va mahsulot sotishsiga qilingan xarajatlar; 
ta’minot jarayonida harid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo’ljallangan va sotish 
jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun 
korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k. 
Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof 
daromadni taqsimlash imkonini beradi. 
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri uning 
boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini yuzaga 
keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan 
ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u 
yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, bank muassasalari bilan 
20

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin