I bob. Turli koordinatalar sistemalari
- § Tekislikda dekart koordinatalar sistemasi va qutb koordinatalar sistemasi
1. Tekislikda Dekart koordinatalar sistemasi.
Tekislikda ikkita o‟zaro perpendikuliar to‟g‟ri chiziq o‟tkazamiz: biri gorizantal, ikkinchisi vertikal (20 - rasm). Ularning kesishish nuqtasini O harfi bilan belgilaymiz. Shu to‟g‟ri chiziqlarda yo‟nalishlar tanlaymiz: gorizantal to‟g‟ri chiziqda chapdan o‟ngga, vetikal to‟g‟ri chiziqda pastdan yuqoriga. Har - bir to‟g‟ri chiziqda bir - hil uzunlik birligini ajratamiz.
Gorizontal to‟g‟ri chiziq Ox bilan belgilanadi va absissalar o‟qi deyiladi, vertikal to‟g‟ri chiziq Oy bilan belgilanadi va ordinatalar o‟qi (koordinata o‟qlari) deyiladi. Absissalar o‟qini va ordinatalar o‟qini koordinata o‟qlari, ularning kesishish nuqtasini kordinalar boshi deyiladi. koordinatalar boshi har - bir o‟qdagi nol sonini tasvirlaydi.
Absissalar o‟qida musbat sonlar O nuqtadan o‟ngda joylashgan nuqtalar bilan, manfiy sonlar esa O nuqtadan chapda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanadi. Ordinatalar o‟qida musbat sonlar O nuqtadan yuqorida joylashgan nuqtalar bilan, manfiy sonlar esa O nuqtadan pastda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |