GIDROSFERA - Yerning suv qobig'idir. Suv tez harakatlanish hamda yerga singish, hamma joyda o'ziga xos holda bo'lishi, o'ziga chetdan boshqa molekulalami biriktirib olish imkoniga ega.
Eng toza hisoblangan atmosfera suvlarida ham eriydigan 10-50 mg/l moddalar bor. Suv – biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayoti uchun eng zarur omillardan biri. Yer sharining 70 foizi suv bilan qoplangan bo'lib, 1 300 mln. km3 ni tashkil qiladi. Suvning asosiy qismi Tinch okeanida joylashgan. Yer usti suvlari - ko'l va daryo) 0,182 mln.km3 bo'lsa, shundan suv 0,001 mln. km qismi tirik organizmlarda uchraydi. Muzliklarda hozircha 24 min. km3 chuchuk suv zahirasi bor. Suvda ma'lum miqdorda kislorod va karbonat angidrid mavjud. Ularning miqdori harorat va tirik organizmlar soniga ham bog'liq. Karbonat angidrid atmosferaga qaraganda suvda 60 marta ko'p. Gidrosfera litosferaning shakllanish davridan boshlab yer yuziga juda katta miqdorda suv bug'i chiqargan.
Suvning gidrosfera bo’ylab taqsimlanishi
Dunyo okeanida: 96.4 %;
Yerosti suvlari: 1.7 %;
Muzliklarda: 1.8 %
Ko’llar, daryolar va botqoqliklarda: 0.01%
Dunyo okeani butun sayyora yuzasining 71% ga yaqin qismini egallaydi. U materiklar orqali to’rtta okeanga ajraladi. Materiklarning okean qirg’oqlari bo’ylabmaterik sayozligi yoki shelf yastanib yotadi. Uning chuqurligi 200 metrdan
oshmaydi. Qirg’oqdan 200 mil masofadagi shelf, dengizbo’yi davlatining mulki hisoblanadi.
Okean suvlarida eng ko’p tarqalgan kimyoviy elementlar. Okean suvida Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha kimyoviy elementlarni uchratish mumkin. Shunday bo’lsa-da, undan faqat Natriy va Xlorni (osh tuz ko’rinishida) sanoat miqiyosida ajratib olish, balki qayta ishlashga yetarli miqdorda deb hisoblash mumkin.
Kimyoviy element
|
Tarqalishi, km3 da tonna
|
Suv
|
991 000 000
|
Xlor
|
19 600 000
|
Natriy
|
10 900 000
|
Magniy
|
1 400 000
|
Otingugurt
|
920 000
|
Kaltsiy
|
420 000
|
Kaliy
|
390 000
|
Brom
|
67 000
|
Uglerod
|
29 000
|
Stronsiy
|
8 300
|
Dostları ilə paylaş: |