O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə11/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
kurs ishi Azimova Xadicha

Texnika о ‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash о’yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish jihatidan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlar o‘ynashda buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlaming asosiy tipi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, silindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami.
b) turli blok — devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqaarxitektura va qurilish materiallari. O‘ynashga mo‘ljallanganmayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada)qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.
Didaktik о‘yinchoqlarning asosini xalq o‘yinchoqlari tashkilqiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaikalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi о‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli о‘yinlarga mo‘ljallangan о’yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan о‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar, kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan о ‘yinchoqlar bolalaming musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordamberadi. Katta yoshdagi bolalar ertaklami sahnalashtiradilar.
O’yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo‘ladi. Ular bolalami o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlaribilan quvontiradilar, sujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
Qo‘l bola о‘yinchoqlar ham kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalami sahnalashtiradilar.O‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra hunarmandchilik, qo‘lbolausulda, fabrikada tayyorlanadi.Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlaming uch turiniajratib ko‘rsatgan edi:Tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va о‘yin materiallari. Birinchi tori bolalami buyumlar vanarsalaming rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavurini o‘stiradi.Ikkinchi tori boladan aktiv faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi tori bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin