o'lchashga mo'ljallangan Pito naychasining takomillashtirilgan shakli, suv sarfini o'lchash va rostlashga xizmat qiluvchi quvursimon suv chiqargich – o'lchagich, shluz-suv o'lchagichlari
shular jumlasidan. Mazkur suv o'lchash vositalari qulay, ixcham va samarali bo'lib, ish unumdorligi va suv o'lchash aniqligini bir necha barobar oshiradi. –
Mamlakatimizda fermerlar ongiga obi hayotdan tejab- tergab foydalanish g'oyalarini singdirish, sug'orishning ilg'or uslublarini amaliyotga joriy etish ishlari yanada jadallashmoqda. Olimlar fermer xo'jaliklarga lazer uskunasi yordamida yer tekislashning yangi texnologiyasini taklif etdi. Buning uchun yangi texnika xarid qilish shart emas, balki TTZ-80.10 chopiq traktoridan foydalanib, tekislash ishlarini samarali bajarish mumkin. Bu yumush o'ta aniqlik bilan bajarilsa, ekin maydonlari tekisligi ta'minlanib, suvni tejashga erishiladi. Erning bir tekisda namlanishi hisobiga hosildorlik gektariga 4,5 sentnerga oshib, suv sarfi qariyb 20 foiz qisqaradi. Issiqxonalar Hozirgi kunda dehqonchilikda taraqqiy etayotgan texnologiyalardan biri bu issiqxonalardir. Issiqxonalarning taraqqiyoti sababli ancha oldin boshlangan bo’lsa ham hozirgi zamonaviy tomchilatish usuli bilan sug’oriladigan texnologiyalarni qo’llash orqali issiqxonalarda yilning har bir oyida istalgan meva, sabzavot mahsulotlarini yetishtirish mumkin.