30
NH
3
+ H
2
O = NH
4
OH
Bu reaksiyada ammiak suv molekulasidagi H
+
ioni (proton)ni biriktirib olib
ammoniy ioni
ni hosil qiladi, H
+
ionini yo‗qotgan suv gidroksid ioniga
aylanadi. Natijada eritma ishqoriy muhitga ega bo‗ladi.
Ammoniy ionining hosil bo‗lishi donor-akseptor bog‗lanish mexanizmi asosida
sodir bo‗ladi.
Ammiak molekulasida xususiy elektron jufti bor. Vodorod ionida esa bo‗sh
orbital mavjud. Ammiak molekulasi vodorod ioni bilan to‗qnashganda azotning
xususiy elektron jufti vodorod bilan azot atomlari uchun umumiy bo‗lib qoladi:
Ammoniy ionida azot 4 valentli bo‗lib qoladi. Oksidlanish darajasi esa
o‗zgarmaydi, ya‘ni -3 ga teng.
Ammiak kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bu reaksiyalar
ham donor-akseptor mexanizmi bo‗yicha amalga oshadi. Kislotalar molekulasidan
ajralib chiqqan vodorod ionlari ammiak molekulasidagi xususiy elektron jufti
hisobiga kovalent bog‗ hosil qilib ammoniy ioniga aylanadi
NH
3
+ HCl = NH
4
Cl
NH
3
+ H
2
SO
4
= NH
4
HSO
4
2NH
3
+ H
2
SO
4
= (NH
4
)
2
SO
4
Ammiak yuqori haroratda azot va vodorodga ajraladi.
31
Ammiak kislorodda yonadi, natijada azot va suv hosil qiladi (30-rasm).
4NH
3
+ 3O
2
→ 2N
2
+ 6H
2
O
Agar ammiakning yonishi reaksiyasi platina katalizatori ishtirokida amalga
oshirilsa azot (Il)-oksidi hosil bo‗ladi (31-rasm):
Dostları ilə paylaş: