O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
munosabat va axloqiy faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Axloqiy ong tarixan o‘zgarib boradigan axloqiy munosabatlarni ifodalab, 
axloqiylikning sub’ektiv jihati bilan bog‘langandir. Axloqning hayotiy faoliyat 
ustidan nazorat qilish tabiatidan kelib chiqib, axloqiy ongning tabiati va o‘ziga 
xosligini belgilash mumkin. Axloq kishilar oldiga shunday xatti-harakatlarni 
amalga oshirishni shart qilib qo‘yadiki, uni burch deb ataydilar. Shuning 
uchun insonning tarixiy ehtiyojlari qat’iy amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi 
to‘g‘risidagi g‘oyalar axloqiy tasavvurlar shaklida ifoda etiladi. Kishilarning 
ijtimoiy zaruriyatni anglab yetishi o‘ziga xos axloqiy majburiyatga asoslanadi. 
Buning ma’nosi shuki, xatti-harakatlar ezgulik, olijanoblik, boshqalar oldida 
ma’naviy ustuvor bo‘ladigan faoliyat tusini oladi. Shunday qilib, axloqiy ong 
voqea-hodisalarni va xatti-harakatlarni nafaqat zaruriyat, balki insoniy fazilat, 
qadriyat ekanligi jihatidan ham qarab chiqadi. Axloq inson oldiga yaxshilik 
va yomonlikdan birini tanlab olish masalasini qo‘yadi, o‘zining insoniylik 
fazilatlariga qarab chiqib inson ulardan birini ixtiyor etadi, amalga oshiradi. 
Shunga muvofiq axloqiy ong kishilarning xatti-harakatini, ijtimoy hodisalarni 
baholaydi, shuningdek, axloqiy ong ularning kelib chiqishini emas, balki ularga 
o‘z munosabatini ifoda etadi. Bu munosabat axloqiy baho kategoriyasi orqali 
namoyon bo‘ladi.
Voqelikka  va  inson  faoliyatiga  qadriyat  sifatida  munosabatda  bo‘lish 
axloqiy ongning muhim xususiyatidir. Demak, axloqiy ong o‘ziga xos sohada 
amal qilib, kishilarning o‘z xatti-harakatlarini muayyan maqsadlarga qanchalik 
yo‘naltirganligi, ya’ni ularni erkin tanlash imko niyatlarining nechog‘liq keng 
va yuqori bo‘lishiga asoslanadi. Bu ayni individual xulq sohasi bo‘lib, shunga 
muvofiq tarzda axloqiy ong, ya’ni xulq-atvor ro‘yobga chiqadi.
Axloqiy ong tarkibida axloqiy tuyg‘uning alohida o‘rni bor. Axloqiy tuyg‘u 
mazmunan ijtimoiy hayotning turli tomonlariga insonning sub’ektiv, shaxsiy 
qarashi va munosabatini bildiradi. Masalan, muhabbat tuyg‘usi, nafrat tuyg‘usi, 
ishonch tuyg‘usi, hamdardlik tuyg‘usi, rashk tuyg‘usi va boshqalar kishilar 
o‘rtasidagi amaliy-axloqiy munosa batlarning ruhiy ifodasidan boshqa narsa 
emas. Demak, axloqiy tuyg‘u kelib chiqishi va ahamiyati jihatidan ijtimoiy 
bo‘lib, uning aksariyati insonning ijobiy va salbiy sifatlarini mujassam etadi, bu 
sifatlar esa axloqiy ong tarzida baholanadi, ya’ni shaxsninig axloqiy qiyofasini 
bildiradi.
Axloqiy  tuyg‘u  e’tiqoddan  nafaqat  mazmunan,  balki  ruhiylik  shakli 
bilan  ham  tafovut  qiladi.  Inson  ongida  tarkib  topadigan  insonparvarlik, 
vatanparvarlik, kelajakka ishonch, tushkunlik, millatchilik kabi tasavvurlar 
nafaqat aqliy-ratsional, shu bilan birga uning emotsional, dunyoni ruhiy his 
etishiga ham tegishlidir.
1
  I. A. Karimov.  Bizdan obod va ozod Vatan qolsin. T.: «O‘zbekiston», 1994, 3-b.


70
madaniyatshunOslik asOslaRi
Nihoyat, shaxsning axloqiy o‘z-o‘zini anglashini tashkil etadigan holat 
(burch,  mas’uliyat,  vijdon,  uyat,  fazilat  va  h.  k.  )lar  ham  muayyan  ruhiy 
kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, burch hissi, mas’uliyat hissi, 
vijdonan  ezilish  hissi,  uyat  hissi  va  boshqalar.  e’tiqodiga  ko‘ra  faoliyat 
ko‘rsatganda inson vaziyatni o‘z bilimlari asosida tahlil etadi, ularni ijobiy yoki 
salbiy tarzda baholaydi. Biroq inson o‘ziga taalluqli xususiy muammolarni 
hamma vaqt ham ijtimoiy- axloqiy tasavvurlar asosida tahlil etavermaydi. 
Inson shunday holatlarga ham duch keladiki, unda masalani zudlik bilan o‘zi 
yechishi lozim bo‘ladi. Bunday hollarda kutib o‘tirishga vaqt ham, imkon ham 
bo‘lmaydi. Bunda unga axloqiy tuyg‘ular yordam berishi mumkin, inson ularga 
suyanib, amal qilib, voqealarga o‘z ruhiy munosabatini bildiradi, g‘ayriixtiyoriy 
ravishda yig‘ilgan ruhiy tajribalar asosida yondashadi. Bu narsa hissiyotlar va 
da’vatlarda o‘z ifodasini topadi.
Axloqiy munosabatlar axloqiy madaniyatning elementi sifatida ijtimoiy 
munosabatlarning alohida ko‘rinishidir. U axloqiy faoliyat jarayonida kishilar 
o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro aloqalar yig‘indisidir. Kishilar faoliyatidagi 
o‘zaro axloqiy aloqalarning usuliga qarab, bu munosabatlar mazmuni va 
shaklini tasnif qilish mumkin.
Axloqiy munosabatlar mazmunan burch kategoriyasida to‘laroq namoyon 
bo‘ladi. Umumiy olib qaralganda, insonning axloqiy burchi, majburiyati uning 
jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga munosabatida aks etadi va uni 
shunga asoslanib tasnif qilish mumkin. Insonning jamiyat oldidagi burchi uning 
halol mehnat qilishi, o‘z Vataniga, o‘z kasbiga va oilasiga sodiqligi kabilarda aks 
etadi. Oilaviy turmush axloqi, ayollarga munosabati, sevgi, do‘stlik, olijanoblik, 
baxt, jasurlik kabi hodisalarda insonning jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-
o‘ziga axloqiy munosabati mujassam bo‘ladi.
Axloqiy munosabatlar shaklan tasnif etilganda axloqiy talablarni ko‘zda 
tutadi.  Bu  talablar  har  bir  kishining  muayyan  vaziyatda  o‘zini  qanday 
tutishiga oid yo‘l-yo‘riqlari shaklida; kishilarning o‘xshash shart-sharoitlardagi 
umumiy  xatti-harakatlari  (axloqiy  me’yorlar)  shaklida;  ma’lum  axloqiy 
fazilatlarning insonning o‘zida tarkib topishi shaklida; axloqiy ideal shaklida 
ifodalanishi mumkin. Shuningdek, bu talablar hamma vaqt shaxsiy axloqiy 
munosabatlarning alohida ko‘rinishi bo‘lib, burch, mas’uliyat, sha’n, vijdon, 
fazilat kabilar tarzida yuzaga chiqadi.
Kishilar o‘zaro hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatganda, bir-birlari bilan 
muayyan munosabatga kirishadilar, ijtimoiy intizomga bo‘ysunadilar, qat’iy 
1
  I. A. Karimov.  O‘zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo‘lida.  18-b. 
   
2
  I. A. Karimov.  O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, mafkura. 74-b.


71

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin