O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

ESTETIK MADANIYAT
1
  A. O‘lmasov, M. Sharifxo‘jayev. O‘sha asar, 18-b.


75
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan uzviy bog‘langan 
munosabat  va  qadriyatlar  tizimini  ifodalaydi.  estetik  madaniyat  sohasi 
insonning voqelikka munosabatida uning o‘z-o‘zini erkin namoyon etishi bilan 
bog‘langandir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson tabiat narsalarini qayta 
ishlashda uning o‘z jinsi va turiga mos me’yorni topa oladi va gavdalantiradi.
estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi bo‘lib, 
uning  holatini  san’at  va  estetik  munosabatlar  rivojlanishi  bilan  bog‘lab 
tushuntirish mumkin. estetik munosabat va unga muvofiq keladigan estetik 
qadriyatlar tizimi estetik madaniyatning barqaror jihatlari hisoblanadi. estetik 
madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning 
o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, faoliyat deyilganda insonning olamga nisbatan predmetlar bilan 
bog‘langan munosabati tushuniladi. Faoliyat tufayli inson tabiatni takror hosil 
qiladi, o‘zgartiradi, binobarin, faoliyat asosida insonning ijodkorlik qobiliyati 
yotadi. Faoliyat inson mavjudligining ijtimoiy usuli bo‘lib, ma’naviy-moddiy, 
intellektual jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyat qo‘l harakatiga o‘xshash fikrlar 
yo‘nalishini ham, inson xulqi qoidalariga o‘xshab ketadigan bilish jarayonini 
ham ifoda etadi.
Faoliyat amal qilmog‘i uchun quyidagi uch jihat zarur: faoliyat sub’ekti, 
faoliyat obyekti, faoliyat jarayoni. Faoliyatning sub’ekti obyekt yoki boshqa 
sub’ektlarga yo‘naltirilgan faol jihatlar majmuidir. Shu ma’noda muayyan shaxs, 
u yoki bu ijtimoiy guruh va, nihoyat, jamiyatning o‘zi ham faoliyat sub’ekti 
bo‘lishi mumkin.
estetik  faoliyatning  sub’ekti  estetik  qobiliyat,  ijodiy  erkin  mushohada 
va obrazli fikrlash layoqatiga ega, muammoli holatlarda erkin xatti-harakat 
ko‘rsata oladigan inson hisoblanadi. Sub’ekt o‘zigacha mavjud va tayyor estetik 
qadriyatlarni «fahmlash» bilan chegaralanmaydi, aksincha, har safar predmetni 
u o‘z tasavvuri va idealiga muvofiq qayta ishlaydi. estetik faoliyat jarayonida 
sub’ektning estetik ehtiyojlari takomillashib, boyib boradi.
Sub’ektlarning faolligi yo‘naltirilgan jihatlar yig‘indisi faoliyat obyektini 
tashkil etadi. Tabiat predmetlari, ijtimoiy hodisalar, insonning o‘zi shunday 
obyekt bo‘la oladi. Bordi-yu sub’ektning harakati uning o‘z-o‘ziga qaratilgan 
bo‘lsa (masalan, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini o‘zi anglash kabi), unda sub’ekt ayni 
vaqtda obyekt o‘rnini ham bosishi mumkin. Faoliyat jarayoni, borliqning asosiy 
qonuniyatlari (yaxlitlik, mutanosiblik, uyg‘unlik, me’yoriylik va boshqalar), 
ularning tashqi ifodalari (yorqinlik, ifodaviylik va boshqalar), ijtimoiy taraqqiyot 
qonunlari  (ijtimoiy  ravnaq,  erkinlik,  insonparvarlik  va  boshqalar)  estetik 
faoliyatning asosini tashkil etadi. Tabiiyki, bu xossalar tashqarida yotmaydi, 
aksincha, ularni aniqlamoq uchun maxsus faoliyat ko‘rsatish kerak. estetik 
faoliyat obyekti ana shunday vazifani bajaradi.
Faoliyat sub’ekt tomonidan obyektni o‘zlashtirish darajasini ifodalaydigan 


76
madaniyatshunOslik asOslaRi
ko‘rsatkichdir.  Demak,  faoliyat  sub’ektning  obyektga  munosabati  tarzida 
yuzaga keladi. Sub’ektning maqsadiga ko‘ra faoliyatning bir necha turlari, 
masalan, qayta o‘zgartiruvchanlik, bilish va boshqalar mavjud bo‘ladi. Faoliyat 
jarayonida qo‘llanilayotgan vositalarga qarab, u moddiy-amaliy, ma’naviy-
amaliy turlarga bo‘linadi. Shuningdek, faoliyat ishlab chiqarish va iste’molchilik 
tarzida ham amalga oshiriladi.
Faoliyatning  asosiy  vazifasi  insoniyat  jamiyati  mavjudligini  ta’minlash 
va  uning  tadrijiy  rivojlanishiga  xizmat  qilishdan  iboratdir.  Boshqacha 
aytganda, jamiyat mavjudligi va yashab turishi inson turmushining zaruriy 
shartidir. Binobarin, inson faoliyati yashash uchun real muhitni — «ikkinchi 
tabiat»ni yaratish va mukammallashtirishga qaratiladi. Bordi-yu hayvonning 
xatti-harakati asosan uning o‘z jismoniy mavjudligi (organizmi)ni muhitga 
moslashtirsa, inson faoliyati tabiatni, tevarak-atrofni o‘z maqsadlariga muvofiq 
ravishda o‘zgartiradi va qayta yaratadi.
estetik faoliyat ham mohiyatan ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, 
muayyan tomonlari bilan ulardan ajralib turadi. Ishchi yoki olimning mehnati 
estetik xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Biroq bu yerda estetik maqsad asosiy 
narsa emas. Shuningdek, inson faoliyati va xulqining juda ko‘p hodisalarida 
estetik maqsad amaliy niyatlarni yuzaga chiqarishda yordamchi vosita rolini 
bajarishi mumkin. Injener faoliyatidagi asosiy niyat – loyihaning mukammal va 
pishiq bo‘lishi, olimnikida — nazariya mukammalligini ta’minlaydigan izchillik, 
ishchinikida — mehnat mahsuloti sifatini oshirishdagi go‘zallik faoliyat natijasi 
hisoblanadi.
San’at sohasida bu masala boshqacharoq ma’no kasb etadi, ya’ni bu yerda 
estetik maqsad mustaqil bo‘ladi, go‘zallik va mukammallikni yaratish san’atdagi 
asosiy, yagona maqsaddir. Shu sababli, san’at orqali kechadigan faoliyat insonni 
tarbiyalashi, uni kurashga chorlashi, fikrini uyg‘otishi, his-tuyg‘ulariga ta’sir 
etishi, kuldirishi yoki yig‘latishi mumkin. Demak, estetik faoliyat mutanosiblik 
(garmoniya), go‘zallik va mukammallikni maqsadga muvofiq ravishda in’ikos 
etish, bilish va yaratishni bildiradi. Shunga ko‘ra, qadriyatlarni yaratish va 
insonni go‘zal qilib shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni estetik faoliyat 
deyish mumkin.
Yo‘nalishi va predmetiga qarab estetik faoliyatni quyidagi turlarga bo‘lish 
mumkin:
—  predmetli  muhitni  estetik  jihozlash,  ya’ni  moddiy  ishlab  chiqarish 
sohasida estetik faoliyat — dizayn; turmush sharoitlarini yaratishda badiiy-
amaliy faoliyat; inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy borliqni badiiy jihozlash; 
buket — guldasta tuzish san’ati; xalq amaliy san’ati va h. k.
— insonni estetik jihatdan tarbiyalash. Bunga xulq estetikasi; turmush 
estetikasi; hordiq chiqarish va sog‘liqni tiklash madaniyati; tabiatga sog‘lom 


77

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin