ILOVA MADANIYATIMIZ TARIxINING BUYUK NAMOYANDALARI Milliy mustaqillik tufayli yangilanayotgan jamiyatimizni ma’naviy-axloqiy
jihatdan mustahkamlash va taraqqiy ettirishda xalqimizning boy madaniyati
tarixi haqida chuqur bilimga ega bo‘lish, jahon madaniyati tarixida munosib
o‘rin egallagan allomalarimizning ilmiy-falsafiy, axloqiy-badiiy merosini har
tomonlama o‘rganish hamda o‘zlashtirish katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Madaniyat yutuqlari ma’naviy jarayonda voyaga etgan, uni o‘z faoliyatida
gavdalantirgan va asarlarida mujassamlashtirgan donishmandlar, olimlar,
adiblar, din va ma’rifat arboblari qoldirgan tarixiy merosning asosiy mazmunini
tashkil etadi. Shu sababli, ular qoldirgan qadriyatlar, ulkan asarlar haqida
to‘la tasavvurga ega bo‘lish o‘zligimizni anglashda, milliy istiqlol g‘oyasining
tarixiy ildizlari bilan tanishishda muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuni hisobga olib, o‘zbek tilida chop etilgan mavjud adabiyotlardan
ijodiy foydalangan holda bu buyuk siymolar haqida tayyorlangan qisqacha
ma’lumotnomani o‘quvchilar diqqatiga havola etishni lozim topdik. Bu
ma’lumotlar bilan talaba yoshlarning yaqindan tanishishlari ularning falsafa,
axloqshunoslik, estetika, madaniyatshunoslik ilmidan, ma’naviyat asoslaridan