22
buning farqiyo`q.
Artterapiya mashg`ulotlarida asosiy mahsulotlar bu – bo’yoq, loy, elim va
bo`rdir. Artterapiyani ham yakka, ham guruhda qo`llash mumkin. Ijodda o`zini
ochish jarayonida ayrim mijozlar kechinmalarida portlashlar bo`ladi, agar bu vaqtda
qattiq qo`l boshqaruvchi bo`lmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun bu usuldan foydalanganda ruhshunosga alohida talablar qo`yiladi.
Ayrim mijozlarda bu uso`l ularni qoniqtirib, yaxshi tomonga olib borsa, ayrimlarda
esa bunga nisbatdan kuchli qarshilik ko`rsatiladi.
Artterapiyaning 2-ta formasi mavjud: sust va faol. Sust formada mijoz
boshqalarning ijod mahsulidan foydalanadi. Kuy eshitadi, rasmlarni tomosho qiladi,
kitob o`qiydi. Faol formada esa mijoz o`zi mahsulot yaratadi: rasm chizadi, loydan
yasaydi va hokazo.
Artterapiya
mashg`ulotlari
tizimli
va
tizimsiz
bo`ladi.
Tizimli
mashg`ulotlarda mijozga mavzu psixolog tamonidan beriladi va oxirida muhokama
qilinadi. Tizimsiz mashg`ulotlarda mijoz mavzuni o`zi tanlaydi, o`zi mahsulot,
asboblarni tanlaydi.
Artterapiya usulini qo`llashda turli variantlari mavjud:
tayyor san`at asarlaridan foydalanish;
mijozlarni mustaqil ijodga yo`naltirish;
tayyor san`at asaridan foydalanib, mijozlarni mustaqil ijodga yo`naltirish.
ruhshunosning ijodi (lepka, chizish) mijozning istagiga binoan.
Artterapiyaning asosiy yo`nalishlari:
1. Dinamik-mo’ljaldagi artterapiya, psixoanalizdan boshlanib, insoning eng chuqur
o`y va hislarini anglashga asoslanadi. Har bir inson o`z muammolarini vizual
shakllarda ko`rsatib tura oladi. U shunda gina o`z kechinmalarini tushuntirib bera
oladi.
AQShda san`atdan davolash maqsadida foydalanishni birinchilardan bo`lib
aytib bera olgan tadqiqotchi, ayol kishi
M.Xamburg (1986) edi. Uning ishlari
Dostları ilə paylaş: