O‘zbekiston respublikasi ommaviy axborot vositalari joriy logo


IJODIY QISM AFSONALAR VODIYSI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/2
tarix10.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#78847
1   2
Mustaqil ish Akademik yozuv

IJODIY QISM
AFSONALAR VODIYSI
Asslomu aleykum qadrli tinglovchilar bugun biz Namangan viloyatida joylashgan AFSONALAR VODIYSI haqida suxbat olib boramiz. Ushbu hiyobon Namangan shahridagi, sobiq “Mashrab” bog‘ining o‘rnida “Afsonalar vodiysi” deb nomlangan nomi o‘ziga monand go‘zal yirik tematik bog‘ barpo etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining 2018 – yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida, ushbu madaniyat va istirohat bog‘ining loyihasi bilan yaqindan tanishgan va uni “Afsonalar vodiysi” deb atashni taklif qilgan edi.


Tematik bog‘ hududida, 3 qavatlik eng yirik hunarmandlar markazi, 15000 kishi sig‘adigan masjid, savdo markazi, zamonaviy mehmonxona va villalar joylashgan. Shuningdek majmuani, zamonaviy sharsharalar, musiqali favvoralar, manzarali daraxtlar va skameykalar bilan o‘ralgan kanal va ko‘llar bezab turadi.
Bog‘ hududida, 10 ta xizmat ko‘rsatish va 5 ta texnik bino, 16 ta basseyn va 7 xil suv attraksioni mavjud bo‘lgan yopiq va ochiq akvapark dam oluvchilar uchun faoliyat ko‘rsatadi.

Bog‘ qurilishi, mahalliy tadbirkorlar va “DOME+Partners” turk loyihalash kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirildi.

“Afsonalar vodiysi ” majmuasi hududida, tashrif biyuruvchilarga qulaylik yaratish uchun 1300 mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh 112 ta do‘kondan iborat ikki qavatli savdo markazi, tematik bog‘ va 16 xil zamonaviy attraksionlari bo‘lgan attraksionlar majmuasi, virtual o‘yin xonalari, shuningdek 1000 tagacha mijozlarga xizmat ko‘rsata oladigan restoranlar faoliyat ko‘rsatadi.

2400 kishiga mo‘ljallangan shinam amfiteatr va yozgi amfiteatr, Namangan viloyatining turli xil ko‘ngilochar tadbirlarini o‘tkazish uchun asosiy maydonga aylanadi.

Yana bir jihat, 2022 – yil mart oyiga qadar namozxonlar ibodat qilishi uchun 10 ming o‘rinli muhtasham masjid, milliy hunarmandlar markazi, 400 o‘rinli mehmonxona va 110 ta villalar qurilishi rejalashtirilgan.

Bog‘ qurilish jarayonidan
Bog‘ nafaqat mahalliy aholi va sayyohlar uchun dam olib, hordiq chiqaradigan joy, balki yaratilgan ish o‘rinlari bilan ham ahamiyatga ega. Bugungi kunda 600 kishi « Afsonalar vodiysida»da ishlamoqda. Loyiha to‘liq bitgach ish o‘rinlari soni 1500 taga yetadi.
Tushum ham shunga yarasha — joriy yilning 5 oyida 1,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Ammo bu ko‘rsatkich hali yana o‘sishi kutilmoqda, bog‘ to‘liq ishga tushgach yiliga 600 ming odamga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Xullas, yana sal vaqt o‘tsin, Namangan deganda «Afsonalar vodiysi», «Afsonalar vodiysi» deganda esa, Namangan ko‘z oldingizga keladigan bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda — vodiy afsonaga aylanadi………



Afsonalar vodiysini yonginasida muhtasham masjid ham hiyobon bilan birgalikda qad ko’tardi . Ushbu masjid 10 ming kishi ibodat qilishi uchun mo’ljallangan. Namanganning “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi yangi masjidda ilk juma namozi o‘qildi


Namangan shahridagi yangi masjidda bugun, 19-mart kuni ilk juma namozi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

“Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidi Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘i hududida joylashgan bo‘lib, maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Bu yerdagi xonaqohda 4,5 ming nafar namozxon ibodatni ado etishi mumkin. Ular uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, 700 o‘rinli avtoturargoh, tahoratxona barpo etildi, zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatildi.

“Masjidimizda kattagina kutubxona ham joylashgan bo‘lib, keyinchalik elektron kutubxona tizimini ham yo‘lga qo‘yamiz. Ya’ni masjidga kirgan namozxon ibodat vaqtiga qadar diniy kitoblarni elektron mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deydi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidi imom-xatibi Musoxon Abbosiddinov.



Ma’lumot uchun, mazkur yangi masjid ishga tushishi bilan Namangan shahridagi masjidlar soni 38 taga, viloyatda esa 189 taga yetdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ; daryo uz sayiti , jahon ommaviy axborot vositalari , ozodlik radiosi,
Facebook.com, golden pages.uz, farhaqiqati.uz mtrk.uz, play google.com.
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin