(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
8. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini, arxeologiya ashyolari va milliy muzey fondining davlat kataloglarini yuritish;
moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq qilish, arxeologiya obyektlarida qazishma ishlarini olib borish, ularni keng targ‘ib etish va ommalashtirish;
Departament va hududiy boshqarmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish;
ekspertlarni, jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, Ilmiy-ekspert kengash a’zolari, Departament va hududiy boshqarmalarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
qonun hujjatlarida belgilangan Departament faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadi.
PQ-4068
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2018 — 2020-yillarda madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” tadbirlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi), Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda BOYAET deb ataladi) ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
BOYAETda blokcheyn texnologiyasidan ichki jarayonlarni optimallashtirish va BOYAETga ulanadigan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan bilet operatsiyalari shaffofligini oshirish, BOYAET foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liqligini ta’minlash, shuningdek, BOYAET doirasida foydalanuvchilar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha ma’lumotlar hisobga olinishining shaffofligini oshirish va optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
madaniyat va san’at sohasida, shuningdek, biletlar emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sohalarda, shu jumladan kinoteatrlar, teatrlar, shuningdek, tadbirlarga borish uchun elektron biletlar sotish servislari va xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari mazkur qarorda belgilangan tartibda BOYAETga ulanish huquqiga ega;
Jamg‘arma BOYAET ishlab chiqilishi bo‘yicha davlat buyurtmachisi bo‘lib, BOYAET ishlab chiqilishi, joriy qilinishi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan ishlar, xizmatlar, mahsulotlar davlat xaridi uchun, shu jumladan qonunchilikda belgilangan tartibda BOYAET ishlab chiquvchisini, uskunalar, shuningdek, BOYAET ishlashini ta’minlash, modernizatsiya qilish, keyingi rivojlanishi uchun boshqa tovar va xizmatlar yetkazib beruvchisini tanlash, shuningdek, BOYAET foydalanuvchilari — yuridik va jismoniy shaxslarning ulanishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi.
3. Jamg‘arma:
2020-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda o‘z mablag‘lari hisobiga BOYAET yaratilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2020-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda BOYAET doirasida internet-ekvayringni qo‘llab xorijiy valyutada elektron to‘lov va elektron biletlar sotib olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etsin.
4. Quyidagilar:
Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Madaniyat va san’at muassasalarida biletlar sotishning avtomatik tizimidan foydalanmasdan bilet xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qaror bilan muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2019-yil 10-yanvar, 18-son
Dostları ilə paylaş: |