17
yagona fonusni yoqishi lozim bo‘lgan charog‘bon bilan uning Janubiy
qutbdagi hamkasbiga hammadan ham mazza edi. (A.S.Ekzyuperi.) 3.
U fonusini yoqqan paytda go‘yo yana bir yulduz chaqnagandek, yoki
yana bir gul ochilgandek bo‘ladi. (A.S.Ekzyuperi.) 4. Bir marhamat
qiling, quyosh botsin, deb farmon bering. (A.S.Ekzyuperi.) 5.
Kechalari osmonga
boqasan-u men yashaydigan, mening kulgim
yangrayotgan yulduzlarning barchasi jilmayib kulayotganini ko‘rasan.
(A.S.Ekzyuperi.) 6. Agar sen meni qo‘lga o‘rgatsang, qorong‘i
turmushimga nur kirardi. (A.S.Ekzyuperi.) 7. Bir lahzadan keyin ko‘z
o‘ngidagi narsalar tag‘in siyrak tumanlik ichida yo‘qoldi-yu , yana
alahlay boshladi. (O‘.H.)
8-mashq. Gaplar tarkibidagi antonim so‘zlarni aniqlang.
1.
Xullas, g‘am bog‘ganda yig‘lamagandan yig‘lab o‘lgan
yaxshi emish!... (O.Y.) 2. Yana bilginki,
tashqi dushmandan ham
ko‘ra ko‘proq ularning aravasiga minganlar yomon. (O.Muxtor.) 3.
Demak, bu tun o‘ylanadi, reja tuzadi. (T.Mal.). 4. Uch kun safarda
bo‘ldim. (X.Do‘stmuhammad.) 5. Shu boisdan ham sevishganlar
odamlarning nazariga tez tushadilar. (X.Do‘stmuhammad.) 6.
Nilufar
lablari pirpirab, sekin burildi-da, olisroqda turgan yashil “Volga”ga
qarab ketdi. (O.Y). 7. Odamning
yaxshi-yomonligi boylik-
kambag‘allikka qaramaydi. (O.Muxtor) 8. Shunda, to‘rimda o‘tirmish
bir katta ko‘zlarini bet-boshim lo‘q etdi. (T.M.) 9. Qilich ikkinchi
piyoladagi choyni ichib ulgurmay eshik ochilib,
jussasi kichik, eti
ustixoniga yopishgan, qaldirg‘och mo‘ylabi o‘ziga yarashgan odam
ko‘rindi. (T. Mal.) 10.
Katta adibmi, kichik adibmi, bundan qat’iy
nazar xushyor bo‘lishi lozim, deb xulosa chiqargan va matbuotda o‘z
fikrini maqolalaridan birida bayon qilgan edi. (B.Nazarov.) 11.– Juda
xokisorsiz-da, ustoz. Betayin jiyanni qidirish bir,
katta boshingizni
kichik qilib... (O. Muxtor.) 12. – Shu gapingga noma’qulni nonini
yebsan! Olib tush pastga! (T. M.) 13. Xiyobonning ikki tomonidan
ikki to‘p kishi baland tovushda gapirib, kela boshlashdi. (O. Muxtor.)
14. Qoramtir, keng dala etagida traktor turibdi. (Ch. A.) 15.
Ular tor
ko‘cha boshidagi kattakon xarsangtosh oldida xayrlashdilar. (O‘.H.)
16. Buning ustiga dala, toza havo, tog‘asi bilan ovga chiqishi mumkin.
(O‘ Umarbekov.) 17. Nega desangiz, qipchoq degan iflos barchani
ham jonidan to‘ydirdi,-dedi va nosqovog‘ini qoqa-qoqa bitr otimini
tilining tegiga tashladi. (A. Qod.)