O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidagi fe’lning vazifadosh



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

35-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidagi fe’lning vazifadosh 
shakllari toping. 
1.Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish, 
odamlarning yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa qishloq aholisi 
uchun shahardagidan qolishmaydigan uy-joylar qurish bo‘yicha katta 
hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. (Sh.M.Mirziyoyev.) 2. Davrada 
ikkita go‘zal eshilib-eshilib o‘ynadi, to‘lg‘anib-to‘lg‘anib o‘ynadi: biri 
olov bo‘ldi, biri qiz bo‘ldi! (T.M.) 3. Ko‘rish va sezish, bu mavjud 
bo‘lmoqlikdir, mulohaza yuritish esa yashash demakdir. (Yilyam 
Shekspir.) 4.Baxt - faqat boylikda, deb hisoblovchi kishida , albatta, 
kibr mavjud, baxillik mavjud, hiyonat, riyo mavjud. (T.Mal.) 5. 
Ayollar doirani yelpib-yelpib, halqachalarni shildiratib-shiddiratib 
olovga tobladi. (T.M.) 6. Biz xorijiy mamlakatlarda qonuniy asosda 
mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan fuqarolarimizga nisbatan 
munosabatni tubdan o‘zgartirdik. (Sh.M.Mirziyoyev.) 7. Zolimning 
zulmidan ezilgan va qo‘rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon 
beradi. (Abu Xurayra.) 8. Ayniqsa, ichki turizm bo‘yicha 
yaratilayotgan imkoniyatlar yurtimiz bo‘ylab sayohat qilish, o‘z 
tariximiz va madaniyatimizni yanada chuqur bilishga qaratilgani bilan 
e’tiborlidir. (Sh.M.Mirziyoyev.) 9. Tom ustida yonboshlab olmish 
Nabi oqsoqol to‘yxonadagi voqyealardan ko‘z-quloq bo‘ldi, tegishli 
yo‘l-yo‘riqlar berdi. (T.M.) 10. Viloyatning mirishkor dehqon va 
fermerlari bu yil ham barcha qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha 
mo‘l hosil yetishtirib, uni o‘z vaqtida, yuqori sifat bi-lan yig‘ib-terib 
oldilar. (Sh.M.Mirziyoyev.) 
36-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidagi yasama fe’llarni toping. 
1.Kampir yangi ko‘rpacha solib, Abdullani o‘tkazar ekan, 
sevinchi ichiga sig‘may, shang‘illab gapirar, Abdulla esa javob 
berishga ulgurolmay jilmayardi. (O‘.U.) 2. Ikkitasi o‘lgudek qo‘rqoq, 
darrov juftakni rostlashadi. (V.Sh.) 3. Qitir-qitirdan Umida qayta 
uyg‘onib ketdi shekilli, norozi to‘ng‘illadi. (O‘.H.) 4. Zohid xotinining 
amriga bo‘ysunib chap tomonga yonboshladi. (T.M.) 5. Endi qo‘yib 
ber, men yashashim kerak. (O‘.U.) 6. Darvoqe, bizgao‘xshash 
ashaddiy kissavurlarni ko‘proq kun qushlarimas, tun qushlari deb 
atashsa, yarashadi. (V.Sh.) 7. 1967-yilning jazirama yoz kunlaridan 
birida Mingbuloqqa kiraverishdagi oq tunukat omli uyning eshigini 
yosh bir yigit taqillatdi. (O‘.U.) 8. Yo‘q, oshna , men sendan ayrilib 
qolgim kelmaydi. (T.M.) 9. Uning quvnoqligi, o‘zini erkin tutishi 


40 
bilan faxrlanardim. (Ch.A.) 10. Hozir, yuragi qinidan chiqayozgan 
holda qorong‘i bo‘shliq sari uchib borayotganda shu so‘zlarni esladi. 
(T.M.). 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin