O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. Gaplarni o‘qing. Modal so‘zlarni topib, to‘liq



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
ona tili mashqlar to\'plami

46-mashq. Gaplarni o‘qing. Modal so‘zlarni topib, to‘liq 
morfologik tahlil qiling. 
1. – Yo‘q, domla, bunday emas. Albatta, bu harakat bor, ammo, 
nazarimda tarqoq. (A.Q.) 2. – Haqiqatan, mirza, dag‘alligim bor, -
kuladi boy. (O.) 3. Ehtimol, shu o‘tirish bahonasi bilan fan haqida, 
uning kelajagi va xilma-xil muammolari haqida bahs yuritilar. (O‘.U.) 
4. Darhaqiqat, qo‘riq va bo‘z yerlar poyonsiz edi. (Sh.R.) 5. Ehtimol, 
juda qiziqdir, o‘rganib olsam bir kun ish berib qolar, deb o‘yladim… 
(X.T.) 6. Menimcha, bu yolg‘on bo‘lsa kerak. (X.T.) 7. Ehson, hech 
shubhasiz uning yozuvchilik ishidagi kamoloti va o‘qishi qanday 
ekanini bilmoqchi. (A.Q.) 8. – Ayniqsa sizning menga saqlag‘ak 
ishonchingiz tugalganga o‘xshab, o‘zimdan qandog‘ kamchilik 
o‘tkaniga hayratdaman. (A.Qod.) 9. – Juda yaxshi. Demak, tezlatsin, 
shunday deb yozing direktorga. (Sh.) 10. Chamasi, barvaqt bo‘lishiga 
qaramasdan, nevaralari uxlab qolishgan. (O.Y.) 11. – Mehmon ertaga 
ketadi shekilli, kuzatmaymizmi? (T.Mal.) 12. – Mayli, bo‘lar ish 
bo‘pti. Endi uni kuzatib bo‘lmaydi. (S.A.) 13. – Vatan, albatta. Ammo 


44 
men… balki qaytib kelolmasman. Kulbamda kitoblarim, loyihalarim 
qolgan, Tohir jiyan! (P.Q.) 14. To‘g‘ri, G‘ulomjon shu dam kecha 
ashula aytgan yerida, saman ustida xomush bo‘lib turardi (M.I.)
47-mashq. Gaplarni o‘qing. Undov so‘zlarni topib, ma’no va 
grammatik xususiyatlarini izohlang.
1. – Hay-hay, tavba degin, qizim!-ko‘zlarini alaytirdi otasi. (O.) 
2. – Voy, nega unaqa deysiz! Tavba deng! Sizga nima bo‘ldi? Sizga 
nima bo‘ldi. (S.A.) 3. «Vodarig‘! Boshimda tag‘in ne savdolar bor?...» 
(O.Y.) 4. «Ey qo‘ying, boshimni og‘ritmang sizsiz ham dardim oshib-
toshib yotibdi», dedim-a?! (O‘.U.) 5. – Voy-bo‘, ariqda suv yo‘qmi, 
qizim, -deb Shermat o‘rnidan irg‘ib turdi. (O.) 6. O, yo‘q, bunday 
qalbni ko‘ra bilish uchun bunday qalbga ega bo‘lish kerak. (M.I.) 7. – 
Ofarin! juda to‘g‘ri o‘xshatdingiz. Qalay, eksponatlarga boymi… 
boyitishibdimi? (Sh.) 8. – Eh, attang, attang, qanday beg‘amlik! – dedi 
u jahli chiqib. (Sh.R.) 9. Ajabo, o‘shanda umrning eng qorong‘i 
damlariday tuyulgan, endi bilsa hayotining eng betakror, eng ma’sud 
onlari bo‘lgan o‘sha kunlar qachon o‘tib ketdi? (O.Y.) 10. – Ha, balli! 
Siz hamma ishlaringizni o‘sha ilgarigi sur’atda davom ettiraverasiz. 
(O‘.U.)

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin