O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

12-mashq

O‘qing. Urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushganini aniqlang

Akademik, alloma, agronom, benzin, bolalar, botanik, dasturxon, 
demokratiya, direktor, doklad, dollar, e’tibor, ekran, elektron, faza, 
frazeologiya, filarmoniya, Zamira, zona.
13-mashq.
Gaplarni o‘qing va mantiqiy urg‘u olgan so‘zlarni 
aniqlang.
 
1. To‘g‘ri, o‘tgan kuni saharda rasadxonaga kirib kelgan ustod 
bu to‘g‘rida so‘z ochmadi. (O.Y.) 2. Salohdor fonusni baland 
ko‘targancha ro‘paradagi eshikni ochib unga yo‘l berdi. (O.Y.) 3. 
Ummatali boshqa gap so‘ramadi. Bir-bir bosib tashqariga chiqdi. 
(S.A.) 4. – Ishing bo‘lmasa kitob o‘qi, husnixat ol: sen kulolning qizi 
emassanki... (A.Qod.) 5. Murotali uning so‘zlarini chidam bilan 
tinglab, uncha ham ishonmaganday boshlarini chayqardi. (Sh.R.) 6. 
Ayvonda bosma gulli bo‘z ko‘rpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar 
o‘tirardi. (O.)
13-mashq

So‘z ma’nosini urg‘u orqali farqlang va ularni 
qatnashtirib gaplar tuzing.
Olma, tugma, bo‘g‘ma, bog‘lar, so‘zlar, ko‘zlar, ko‘chamiz, 
navbatchimiz, oqar, ximik, texnik, yangi, atlas, burun, yara, uycha, 
qizcha, qizgina. 
14-mashq. O‘qing. Fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘zlarni 
topib, turini ayting.
1. Anvar yumshoq o‘rindiqli kresloni Alimardonning oldiga 
surdi. (O‘.H.) 2. Shu sababli, biz o‘z mustaqilligimizni qanday 
qiyinchiliklar bilan, va qanday sinov va suronli kurashlar bilan qo‘lga 
kiritganimizni yana bir bor eslashimiz o‘rinli, deb o‘ylayman. 


10 
(I.A.Karimov.) 3. –Men seni birorta ham kema yeta olmaydigan olis 
manzillarga olib ketishim mumkin,-dedi ilon. (A.S.Ekzyuperi.) 4. 
Ko‘cha eshik g‘iyqillab ochilib yopilganidan keyin, Alimardon o‘zini 
yostiqqa tashladi. (O‘.H.) 5. Qishloq jimib qolgan, paxsa devorlar zax 
bosib ketgan, hali ko‘milmagan toklar egri-bugri qizg‘ish gavdasini 
yashirolmay, iymanganday osilib yotardi. (O‘.H.) 6. O‘tgan kuni 
boshliq Toshkentga ketar ekan, G‘iyosovni chaqirib: “Abbosovning 
jiyani keladi. O‘zi, yaxshi bolamas”,- dedi... (Sh. X.) 7. Nega Nazarov 
ishga qiziqib ketib, bironta aspiranturaga kirishni ham o‘ylamayapti? 
(Sh. X.) 8. Nazarov dardiga doktorlar shifo topishi mushkul ekanini 
anglagach, Bekat qayerdasan, deb yo‘lga chiqdi. (Sh. X.) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin