7
O‘zbekiston o‘zaro muloqot,
amaliy hamkorlik va yaxshi
qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir.
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha
masalalar bo‘yicha oqilona murosa
asosida hamkorlik qilishga
tayyormiz.
Birgalikdagi
sa’y-harakatlarimiz
tufayli
keyingi
oylarda
mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi.
Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar
topishga
erishildi.
(O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
so‘zlagan nutqidan.)
6-mashq. Ko‘chiring. Gaplardagi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib
yozing.
1. Rais uning ko‘ziga kamsavlatroq ko‘rindi. (A.Q.) 2. Anjirlar
obdan sarg‘aygan, anorlar endi piyoladay bo‘lib
qizara boshlagan,
kechki olmalarga rang kirayotgan, noklar hali ko‘m-ko‘k
nosqovoqlarday osilib turgan fasl edi. (H.G‘.) 3.
Farzand diydoriga
tashna qalbi… Chinobod tomon parvoz qilishga undadi. (A.Nazarov.)
4. O‘ktamning sal suzuk ko‘zlari endi beixtiyor ravishda hovlida
aylanib qoldi. (O.) 5. Qishki
imtihon kunlari yaqinlashgandi, dars
tayyorlash uchun kechqurunlari fakultetga kelishga to‘g‘ri keldi.
(A.Q.)
Dostları ilə paylaş: