Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


boshqarish va hisobga olish vositalari bilan



Yüklə 129,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.10.2023
ölçüsü129,62 Kb.
#157102
1   2   3   4   5
Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida - Xalq so\'zi

boshqarish va hisobga olish vositalari bilan
majburiy tarzda jihozlash
sharti bilan tashkil etiladi;
yer maydonlarini foydalanishga kiritish 
suvni tejovchi texnologiyalardan
(tomchilatib, yomgʻirlatib, tuproq ostidan tomchilab sugʻorish va
boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) mazkur Farmonning 3-ilovasida belgilangan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va
melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun talab etilayotgan mablagʻlar, 2019 — 2029-yillardagi Investitsiya dasturi
doirasida Davlat byudjetidan melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning 5 foizi miqdorida
qoʻshimcha ravishda yoʻnaltirsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining hisob-kitoblari asosida “Mineral xom ashyo bazasini
rivojlantirish va qayta toʻldirish” dasturida koʻzda tutiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga yaroqli boʻlgan yer osti suvlari zaxirasini
aniqlash ishlarini moliyalashtirish uchun Davlat byudjeti hisobidan mablagʻ ajratsin;
v) Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya
qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini;
yer maydonlari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutgan holda
tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, yerdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi
bitimlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
a) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktyabrga qadar qishloq xoʻjaligiga
moʻljallangan 

Yüklə 129,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin