O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti


Zarafshon vohasi g’alla-sabzavot almashlab ekish tizimida va



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix18.05.2020
ölçüsü3,99 Mb.
#31298
1   2   3   4   5   6
kuzgi bugdoy hosildorligiga uning begona otlariga qarshi kimyoviy kurash ta


Zarafshon vohasi g’alla-sabzavot almashlab ekish tizimida va 

paxtazorlarida uchraydigan asosiy begona o’tlarning turlari 

№ 

Bir yillik begona o’tlar 

Yulduzo‘t 



Zvezdchatka 

Stellaria media 

Qizil tasma 



Grechishka ptichya 

Polygonum  aviculare L. 

Yovvoyi suli 



Ovsyug pustoy 

Avena fatua  L. 

Olabuta 


Lebeda tatarskaya 

Atriplex tatarica L. 

Sho‘ra 


Mar belaya 

Shenopodium album L. 

Yovvoyi gultojixo‘roz 



Щirisa zaprokinutaya 

Amaranthus retroflexus L. 

Shamak 


Kurinoye proso 

Echinochloa crus galli (L.) 

Itqo‘noq 



Щyetinnik sizыy 

Setaria qlauca (L.) Beauv. 

G‘o‘zatikan 



 

Durnishnik 

obыknovennыy 

Xanthium 

 

10 


Qo‘ytikan 

Durnishnik kolyuchiy 

strumarium L. 


16 

 

11  Temirtikan, chaqirtikan 



Yakorsы prizemnыye 

Tribulus terrestris L. 

12 

Semizo‘t 



Portulak ogorodnыy 

Portulaca olearcea L. 

13 

Ituzum 


Paslen chernыy 

Solanum nigrum L. 

14 

Mingdevona 



Belena chernaya 

Hyoscyamus niger 

15 

Bangidevona 



Durman 

obыknovennыy 

Datura stramonium L. 

16 


Chaqamiq, qumrio‘t 

Podmarennik sepkiy 

Galium apazine 

17 


Jag‘-jag‘, ochambiti 

Pastushya sumka 

Capsella bursarastoris (L.) 

Ko’p yillik begona o’tlar 

18 


Qoqio‘t 

Golovchatыy 

Taraxacum 

19 


Otquloq 

Щavel 


Rumex acetosella 

20 


Qirqbo‘g‘in 

Xvoщ polevoy 

Eguisetum arvense L. 

21 


G‘umay 

Sorgo allepskoye 

Sorghum Halepense (L.) Pers. 

22 


Ajriq (chayr) 

 

Palchataya trava, 



svinoroy 

Cynodon 


dactylon (L.) Pers 

23 


Salomalaykum 

Sыt kruglaya 

Cyperus rotundus L. 

24 


Yantoq 

Verblyutya kolyuchka 

Glycyrrhiza glabra L. 

25 


Qo‘ypechak 

Vыyunok plevoy 

Convolvulus arvensis L. 

26 


Kakra 

Gorchak polzuchiy 

Acroptilon repens (L.) DS. 

 

Begona o’tlarning biologik guruhlari 

Oziqlanish  usuliga  qarab  barcha  begona  o‘tlar  ikkiga:  parazit  (tekinxo‘r)    va 

noparazit guruhga bo‘linadi. 



Parazit begona o’tlar 

Parazit begona o‘tlarning ildizi ham, chin bargi ham bo‘lmaydi, shuning uchun 



17 

 

ular  boshqa  o‘simliklarning  poyasi  va  ildiziga  chirmashib  olib,  shular  hisobiga 



oziqlanadi. Ular, asosan urug‘dan ko‘payadi. 

Noparazit begona o’tlar 

Begona  o‘tlar  bu  guruhining  turlari  juda  ko‘p.  Ularning  hammasini  yashil 

organlari bo‘ladi va mustaqil yashaydi. Noparazit begona o‘tlar ikki katta guruhga: 

kam yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi. 



Kam yillik begona o’tlar – butun hayotida bir marta hosil tugadi va hayotining 

uzun-qisqaligiga qarab, bir yillik va ikki yillik begona o‘tlarga bo‘linadi. 

  Bir yillik begona o’tlar 

Bir  yillik  begona  o‘tlarning  ildiz  sistemasi  ko‘p  yilliklarnikiga  qaraganda 

ancha  kuchsiz  rivojlanganligidan  uni  tuproqdan  sug‘urish  oson  bo‘ladi.  Ularning 

ildizi ingichka o‘qildiz yoki popukildiz. Yer ustki qismi hamma vaqt o‘tsimon. Yil 

davomida – bahor, yoz yoki kuzda – bir yillik begona o‘tlar urug‘dan unib chiqadi, 

gullaydi va hosil  tugadi.  Urug‘i pishgandan keyin ular tezda nobud  bo‘ladi.  P.A. 

Gomoliskiy ma‘lumotiga ko‘ra, bir yillik begona o‘tlarning 200 dan ortiq turi bor. 

Paxta dalalarida ularning 154 turi uchraydi. Markaziy Osiyo sharoitida g‘o‘za va 

sug‘oriladigan  boshqa  ekinlar  dalasida  ko‘pincha  shamak,  tariq,  oq  itqo‘noq, 

olabo‘ta,  gultojixo‘roz,  qo‘ytikan,  qora  ituzum,  qurtena,  temirtikan,  qorako‘za  va 

boshqalar uchraydi. 

Bir yillik begona o‘tlar o‘z navbatida: 1) efemerlar, 2) haqiqiy bahorgilar, 3) 

qishlovchilar va 4) kuzgilarga bo‘linadi. quyida ularni mufassal o‘rganamiz. 

Efemerlar.  Bu  guruhga  qor  erib  ketgandan  keyin  tez  unib  chiqadigan  hayot 

sikli qisqa bo‘lgan, issiq kunlar boshlanguncha tugaydigan (lolaqizg‘aldoq singari) 

begona o‘tlar kiradi. Ba‘zi efemerlar yoz bo‘yi bir necha bo‘g‘in beradi, masalan, 

yulduzo‘t. 



Yulduzo’t  –  Stellaria  media  L.  (3-rasm)  chinniguldoshlar  (Saryophyllaceae) 

18 

 

oilasiga kiradi. Poyasi to‘g‘ri, ko‘tarilgan yoki yotiq, sershox bo‘lib, 60  sm gacha 



yetadi.  Yulduzo‘t  hamma  joyda  uchraydi.  U  faqat  Arktika  va  Alp  tog‘larida 

bo‘lmaydi.  Tomorqa  va  bog‘larda,  shuningdek,  turar  joylar  yaqinida,  yo‘llar 

yoqasida, daryolar bo‘yida ko‘p  uchraydi.  U  har xil tuproqlarda va nam  joylarda 

ayniqsa  yaxshi  rivojlanadi.  Yulduzo‘t  nam  yerda  sudralib  o‘sadigan  poya 

bo‘g‘imlaridan ildiz otish xususiyatiga ega. Bahordan kuzgacha gullaydi va hosil 

tugadi.  Urug‘dan  ko‘payadi.  Bitta  o‘simligi 25  mingtagacha urug‘  tugadi.  Urug‘i 

tuproqda  1  sm  chuqurlikda  va  harorat  5-7

0

  bo‘lganda  juda  yaxshi  unib  yaiqadi. 



Urug‘i  25  yilgacha  unuvchanligini  yo‘qotmaydi.  Yoz  bo‘yi  yulduzo‘t  ikki  –  uch 

bo‘g‘in beradi. 

 


19 

 

 



1.1-rasm. Begona o’tlar urug’i va ularning moslamalari. 

1-paxtatikan, 2-bo‘ztikan, 3-qaldirmoq, 4-qoqio‘t, 5-sariqbosh, 6-takasoqol, 7-erigeron, 8-

yovvoyi beda, 9-yopishqoqo‘t, 10-qumrio‘t, 11-ittikanak, 12-raspistrum, 13-qo‘ytikan, 14-

qariqiz. 



20 

 

 



 

 1.2-rasm. Tekinxo’r begona o’tlar. 

a-zarpechak, b-kungaboqar shumg‘iyasi. 



21 

 

 



1.3-rasm. Kam yillik begona o’tlar. 

a-yulduzo‘t, b-qora ituzum 



22 

 

 



1.4-rasm. Kam yillik begona o’tlar. 

a-yovvoyi suli, b-olabuta 



23 

 

 



1.5-rasm. Kam yillik begona o’tlar. 

a-jag‘-jag‘, b-yaltirbosh. 



24 

 

 



1.6-rasm. Kam va ko’p yillik begona o’tlar. 

a-yovvoyi gultojixo‘roz, b-kurmak. 



25 

 

 



1.7-rasm. Kam yillik begona o’tlar. 

a-qoramiq, b-qurtena. 



26 

 

 



1.8-rasm. Ko’p yillik begona o’tlar. 

a-yantoq, b-qamish. 



27 

 

 



1.9-rasm. Ko’p yillik begona o’tlar. 

a-qirqbo‘g‘im, b-salomalaykum. 



28 

 

1.10-rasm. Ko’p yillik begona o’tlar. 

a-g‘umay, b-ajriq. 


29 

 

1.11-rasm. Ko’p yillik begona o’tlar. 

a-kakra, b-qo‘ypechak. 


30 

 

 



1.12-rasm. Ko’p yillik begona o’tlar. 

a-yovvoyi piyoz, b-zubturum. 



31 

 

1.2. Begona o’tlarning dehqonchilikdagi zarari 

Begona o‘tlar tufayli dunyo bo‘yicha har yili 20 milliard  dollar atrofida 

zarar ko‘rilmoqda. O‘zbekistonda esa, har yili 20-40 % g‘alla, 15-20 % paxta, 

10-20%  sabzavot  hosili    kam  olinmoqda  (Ermatov,  1983).  Dunyoda 

o‘simliklarni  zararkunandalari,  kasalliklari  va  begona  o‘tlari  ta‘sirida  har  yili 

35%   hosil  yo‘qotilsa,  MDH  mamlakatlarida bu  ko‘rsatkich    o‘rtacha 26  % ni 

tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham,  g‘allazorlardagi  begona  o‘tlar  to‘liq 

yo‘qotilsa,  donli  ekinlar  hosildorligini  12,5  %    oshirish  imkoniyati  paydo 

bo‘ladi. 

Hozirgi  paytda  respublikamizda  begona  o‘tlarning  200  ga  yaqin  turi 

uchraydi  (Hamrayev,  Xasanov,  Rashidov,  1999),  sug‘oriladigan  g‘alla 

maydonlarida    75  turdan  ortiq  begona  o‘tlar  mavjudligi    aniqlangan  va  ular 

g‘allaning  hayot  omillariga  hamda  oziqa  moddalariga  sherik  bo‘lib,  hosil 

miqdorini va don sifatini  keskin pasaytirib yuboradi (Siddiqov, 2003).  

F.I.Malkov  ma‘lumotlariga  qaraganda  Turkmanistonda  yantoq  bilan 

kuchli  ifloslangan  1ga  maydondan  bir  oy  ichida  653  m

3

,  qo‘ypechak  ko‘payib 



ketgan daladan esa -503 m

3

 nam bug‘lanib ketgan. Ishlov beriladigan dalalarda 



begona  o‘tlar  madaniy  o‘simliklarga  nisbatan  330-1900  marta  ko‘proq  suvni 

o‘zlashtiradi,  chunki  ularda  suvni  o‘zlashtirish  va  transpirasiya  qilish  jarayoni 

juda faol o‘tadi (Xasanova, Bo‘riyev va boshqalar, 2004). 

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘sishi va rivojlanishida begona o‘tlar  zarur 

bo‘lgan  oziq  moddalar,  suv,  yorug‘lik  va  boshqalarni  o‘zlashtirishda  ularga 

sherik,  ba‘zi  vaqtlarda  ulardan  ustunlik  qilib,  eng  zararli  raqobatchilardan 

hisoblanadi.  Yovvoyi  suli,  sariq  paxtatikan  bug‘doyga  nisbatan  azotni  20-30 

marta  ko‘p  o‘zlashtiradi.  G‘allazorlarni  o‘rtacha  ifloslantirgan  ko‘p  yillik 

paxtatikan yoki lattatikan har bir gektar yerdan 140 kg azot, 120 kg fosfor va 30 

kg kaliyni o‘zlashtirib ketadi. Vaholanki, bir gektar maydondagi bug‘doyzordan 

16 s don va 24 s somon yetishtirilganda, bug‘doy gektaridan 45 kg azot, 21 kg 


32 

 

fosfor  va  30  kg  kaliyni  o‘zlashtirib  ketadi  xolos  (Hamrayev,  Hasanov  va 



boshqalar, 1999). 

Ko‘p yillik bir pallali begona o‘tlar har yili o‘zlashtirib ketadigan 370-500 

kg/ga NPK ni 250-300 kg/ga miqdori ildizpoyali begona o‘tlar hissasiga to‘g‘ri 

kelar ekan. 

A.M.Aliyevni  (2003)  ta‘kidlashicha,  begona  o‘tlar  qishloq  xo‘jaligi 

ekinlari uchun qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar samaradorligini  keskin pasaytirib 

yuboradi.  Masalan,  kuzgi  bug‘doy  bilan  o‘tkazgan  tajribalarida    P

90

K



120

  kg/ga 


fonida  azotni  (ammiakli  selitra)  ortib  boruvchi  me‘yori  o‘rganilganda,  kuzgi 

bug‘doyzorlardagi  begona  o‘tlarning  ho‘l  massasi  o‘rtacha  4  yilda,  azot 

berilmaganda - 623 g/m

2

, N



60

 kg/ga da - 625, N

120

 - 735 g/m



2

 ni, don hosili esa 

mos ravishda 28,8; 30,2 va 27,3 s/ga bo‘lgan va  begona o‘tlar ta‘sirida kuzgi 

bug‘doy hosili o‘rtacha - 26,5 % kamaygan. 

1m

2

  maydonda  11  tup  kakra  o‘sganda,  paxta  hosili  28-30%,  26  tup 



o‘sganda  48-50  va  60-70  tup  bo‘lganda  esa,  hosil  -  70-75  %  gacha  kamayib 

ketganligi kuzatilgan. 

Begona  o‘tlar  miqdori  1m

2

  da  10  dan  160  donagacha  yetganda,  no‘xat 



hosili  41,8  dan  14,5  s/ga  gacha  kamaygan  bo‘lsa,  tajribalarida  esa,  ildizpoyali 

begona  o‘tlar  arpa  hosilini    10-18%    kamaytirgan.  Bunday  sharoitda  begona 

o‘tlar tomonidan NPK ni o‘zlashtirib ketilishi 2,8-2,9 marta oshgan. 

G‘alla  ekinlari  boshlang‘ich  rivojlanish  davrida  sekin  o‘sishi  sababli  bir 

yillik begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadi. Begona o‘tlar soni 1m

2

da  200-250 



donagacha  bo‘lganda,  g‘alla  poyasi  ingichkalashib,  yotib  qoladi  (Mamatov, 

Mamajonov,  1997),  natijada  don  hosilining  10-18  %  nobud  bo‘lar  ekan 

(Baxromov, Hasanova, Jumaboyev, 2003). 

Qo‘ypechak va qumri o‘tlar  bug‘doy poyalariga  chirmashib, o‘simlikni 

yotqizib  tashlaydi  va  o‘rim  -  yig‘im  texnikasining  samaradorligini    30-40% 


33 

 

pasaytirib,  don  hosilini  ko‘plab  yerga  to‘kilib,  isrof  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi 



(Hamrayev, Hasanov va boshqalar, 1999). 

 

  Xulosa qilib aytganda,  hozirgi paytda  ekinzorlarda  tarqalgan  asosiy  begona 



o‘tlarning  biologik  xususiyatlari  to‘liq  o‘rganilib,  ular  aniq  bir  klassifikasiyaga 

solingan.  Shu  bilan  bir  qatorda  begona  o‘tlarni  boshoqli  don  va  boshqa  ekinlarga 

juda  ham  katta  zarar  yetkazishi  hamda  ularga  qarshi  kurashish  dehqonchilikning 

asosiy tadbirlaridan eng muhimi hisoblanadi. 



34 

 

  1.3.  Begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurashish tadbirlari. 



Qishloq  xo‘jaligi  ekinzorlarida  tarqalgan  begona  o‘tlarga  qarshi  kimyoviy 

usulda  kurashishda gerbisidlar    muhim  o‘rin  tutadi.  Gerbisidlar  vositasida begona 

o‘tlarga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  ilmiy  adabiyotlarga  ko‘proq  ahamiyat 

berishning  asosiy  sababi  1980-1990  yillarda  gerbisidlarning  ekologik  sofligi 

masalasiga bo‘lgan e‘tiborning jiddiylashgan davriga to‘g‘ri keladi. Chunki, ushbu 

davrlarda  gerisidlar  orasida  tuproqqa,  o‘simlikka,  mikroorganizimlarga  va  atorof-

muhitga  salbiy  ta‘sir  kuchli  bo‘lgan  gerbisidlar  ham  qo‘llanilib  kelinayotgan  edi. 

1980 yillardan keyin gerbisidlar qo‘llashning ekologik aspekitlariga bo‘lgan e‘tibor 

kuchayib  ketib,  olimlarning  gerbisidlarning  tuproqqa  va  o‘simliklarning 

qoldiqlariga bo‘lgan e‘tiborlarini jalb etaboshladi.  

N.V.Usitimenko  (1988),  K.P.Padinov  (1988),  V.K.Kukushkin  va  A.F.Fokin 

(1996)  ishlarida  ekinlar  dalasidagi  begona  o‘tlarga  qarshi  kurashda  qo‘llanilgan 

gerbisidlarning  o‘simliklardagi  harakati  va  qoldiqlari  o‘rganilgan  hamda  ekologik 

sofligi aniqlangan. Xordin, Glin kabi sulfonilmochevina tguruhiga mansub bo‘lgan 

gerbisidlar zig‘ir dalasida qo‘llanilganda zig‘irga salbiy ta‘sir etmasdan va qolig‘i 

qolmasdan begona o‘tlarni nobud qilishi aniqlandi. 

Sulfonilmochevina    tipidagi  gerbisidlar  boshoqli  don  ekinlari  dalasiga 

sepilganda ularning qoldiqlarini ekinlar juda zararsiz lantiradi (Kolupayev, 1993).  

Shuningdek,  V.S.Gorbatov,  P.I.Kotavrasov  (1990),    A.D.Fokin,  V.F.Ladong 

(1999) ishlarida ham xlorsulfuron nafaqat o‘simliklarda, balki tuproqdagi qoldig‘i 

ham parchalanib ketadi. 

R.G.Jarkova  (1996)  Qozog‘istonning  Topdi-Qo‘rg‘on  viloyati  sharoitida 

kuzgi  bug‘doy  va  bahorgi  arpa  ekinlari  maydonlarida  yovvoyi  suliga  qarshi 

qo‘llanilgan  15  ta  gerbisiddan  Avenola  gerbisidi  yovvoyi  sulini  90-95  %  gacha 

bartaraf  etishi  aniqlangan.  Ikki  pallali  begona  o‘tlarga    qarshi  qo‘llaniladigan 

gerbisidlardan  2.4-D  tipdagi  gerbisidlardan  Don  Dialen,  Fenagon  va  Kafonning 

samaradorligi yuqori bo‘lgan. 

1990  yillar  orasida  begona  o‘tlarga  o‘tlarga  qarshi  qo‘llanilayotgan 

gerbisidlarning  tanlab  ta‘sir  etishi  va  ekologik  sofligiga  bo‘lgan  e‘tibor  juda  ham 


35 

 

kuchayib  ketadi.  Ana  shunday  ishlardan  biri  V.I.Soronin  va  L.A.Savinalarning 



(1988)  gerbisidlar  bo‘yicha  o‘tkazgan  tadqiqot  o‘tkazgan  ishlarining  hisobotidir. 

Ushbu  hisobotda  Xordin  gerbisidning  2-xlor-IV  benzolsulfamid  ta‘sir  etuvchi 

moddasi  boshoqli  don  ekinlari  orasida  keng  tarqalgan  barcha  ikki  pallali  begona 

o‘tlarni nobud qilishi ko‘rsatilgan. 

L.F.Spresyanu,  T.P.Dvornikova  (2008)  ishlarida  sulfonilmochevina  tipdagi 

gerbisidlar  qo‘llanilganda  tuprovdagi  foydali  mikroorganizimlarga  salbiy  ta‘sir 

etmasligi  ko‘rsatilgan.  Yu.A.Spridonov,  M.S.Roskin  va  boshqalarning  (2009) 

ishlarida ham sulfomilmochevina gerbisidi boshoqli don ekinlari orasidagi begona 

o‘tlarga qarshi qo‘llanilganda ikki pallali begona o‘tlarni nobut qilib, bo‘g‘doyga 

salbiy ta‘sir etmasligi sababli ekologik sof gerbisid ekanligi ko‘rsatilgan. 

O‘zbekiston 

Respublekasimustaqillakka 

erishganidan 

so‘ng 


g‘alla 

mustaqilligiga  erishish  munosabati  bilan  sug‘oriladigan  yerlarda  bug‘doy  va 

boshqa  boshoqli  don  ekinlari  yetishtirish  hajmi  oshirildi.  Biroq,sug‘oriladigan 

yerlarda  boshoqli  don  ekinlari  yetishtirish  boshlanganidanoq  g‘alla  maydonlarida 

begona  o‘tlar  ham  keng  tarqalib  don  hosilining  salmog‘i  va  sifatiga  katta  zarar 

yetkaza  boshladi.  Shu  sababli  ham  mamlakatimiz  oldimlarining  asosiy 

vazifalaridan biri , boshoqli don ekinlari dalasidagi begona o‘tlarni ekologik sof va 

samarali  gerbisidlar  vositasida  bartaraf  etish  usullari  bo‘yicha  tadqiqot  ishlari 

bajarila boshlandi ( Hasanov va boshq..,1996; Ibragimov, 1996; 1997; 1999; 2001; 

Xolmatov,Akramov,  2000;Rizayev,  Mo‘minov,2000;20001;  2003;  Sheraliyev, 

Avtonomov,  2005).  Tekshirishlar  natijalaridan  ma‘lum  bo‘lishicha,  Granstor  va 

boshqa ekologik sof gerbesidlar boshoqli don ekinlari dalalaridagi begona o‘tlarga 

qarshi  qo‘llanilganda  ularning  juda  oz  miqdori  bilan  ikki  pallali  va  boshoqli 

begona o‘tlarni 97-98% gacha bartaraf etish mumkinligi aniqlangan. 

O‘tkazilgan  tajribalarining  natijalari  asosida  boshoqli  don  ekinlari 

maydonidagi  begona  o‘tlarni  Granstor  va  boshqa  ekologik  sof  samarali 

gerbisidlarni qarshi qo‘llash bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar va tavsiyanomalar ham 

yaratilib,  mamlakatimizla  yetishtirilayotgan  boshoqli  don  ekinlarini  begona 



36 

 

o‘tlardan orasida qo‘l kelmoqda ( Prospekt, M.., 1997; Rashidov va boshq., 1998; 



Ernazarov, Ibragimov, 1999). 

Boshoqli  don  ekinlari  dalalaridagi  begona  o‘tlarga  qarshi  kurashishning 

ekologik  sof  va  samarali  usullarini  ishlab  chiqish  bo‘yicha  Rossiya  va  boshqa 

davlatlarda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan va amalga oshirilmoqda. 

Sulfonilmochevina  tipidagi  ekologik  sof  gerbisidlarbo‘yicha  dastlabki 

tadqiqotlar  1976  yilda  M.  Ya.  Berezovskiy  tomonidan  chop  etilgan  maqolada 

bayon  etilgan.  Keyinesa  Amerikaning  ―Dyupont‖  firmasidaana  shunday 

sulfonilmochevina gruhiga mansub bo‘lgan Glin,Elli, Granstor; Rossiyada Xardin, 

Tuligen, Eksprom kabi gerbisidlarishlab chiqarilgan. 

Boshqa  don  ekinlari  dalasidagibngona  o‘tlarga  qarshi  Glin  gerbisidi  sepilsa, 

vegetasiya  davrining  oxirigacha  ushbu  gerbisidning  ikki  pallali  begona  o‘tlarga 

qarshi ta‘siri saqlanib qoladi. 

Arpaning  unib  chiqishfazasida  begona  o‘tlarni  qo‘l  kuchi  ,bilan 

tozalanganidagi qo‘shimcha  don  hosili 10,7  s/ga,  tuplanish  fazasida begona o‘tlar 

qo‘l  kuchi  bilan  bartaraf  etilganida  esa  qo‘shimcha  don  hosili  8,3  s/ga  ni  tashkil 

etgan.  Gerbisidlar  vositasida  begona  o‘tlar  bartaraf  etilganida  begona  o‘tlar  80-

90%  nobud  bo‘lib,  qo‘shimcha  don  hosili  5-8  s/ga  ni  tashkil  etgan  (  Andreyev, 

Tereshuk,  Soroka  va  boshq.,  1995).  Ushbu  ekinzorlardagi  begona  o‘tlarga  qarshi 

qo‘llanilgan  gerbisidlarekologik  sof  bo‘lishi  bilan  birga  iqtisodiy  jihatdan  ham 

samarali bo‘lishi asoslangan. 

L.  I.  Isayevaning  (1990)  ilmiy-tadqiqot  ishlarida  Glin  gerbisidini  tuproqqa 

sepilganidabir yillik boshoqli begona o‘tlarni nobud qilishi aniqlangan bo‘lsa,I. K. 

Xoxlova,  V.  I.  Overchuk  (1999),  I.  A.  Lusyuk  (2002)  ishlarida  xlorsulfuron 

gerbisidining kuzgi bug‘doy  dalasidagi begona o‘larga  qarshi  sepilgpnida keyingi 

ekinga  salbiy  ta‘sir  etmasligi,  uni  qo‘llash  muddati  aniq  bo‘lishi  kerakligi 

masalalari 

yoritilgan. 

Demak, 


g‘allazordagi  begona  o‘tlardagi  qarshi 

qo‘llaniladigan gerbisidlar ekologek jihatdan sof va yuqori iqtisodiy samaradigan 

bo‘lishikerak. 


37 

 

Dehqonchilik  qilinadigan  yerlarda  ekinlar  ekilganidan  tortib,  topishib 



yetilishigacha  bo‘lgan  davrda  ushbu  dalada  o‘ttizga  yaqin  agrotexnologik 

jarayonlarni  o‘tkazish  talab  etiladi.  Chunki,  ekinlarni  ekishga  tayyorlashdan  to 

hosilni  yig‘ishtirib  olishgachabo‘lgan  davrda  ishlov  berish,sug‘orish,kasalliklar, 

hashoratlar, begona o‘tlardan holi saqlash, o‘g‘itlash va boshqa tadbirlarni amalga 

oshirmasdan turib, rejalashtirilgan hosilni yetishtirib bo‘lmaydi. 

Ammo  ekizorlarda  barcha  agrotexnologik  jarayonlar  alohida-alohida 

o‘tkazilsa, dalalarga og‘ir texnikalarning qayta-qayta kirishi natijasida  tuproqning 

zichlashib,  mexanik  tarkibi  buzilishi,  yoppasiga  ekiladiganekinlarning  payxon 

bo‘lishi  bilan  birga  sarf-harajatlar  oshib  ketishi  oqibatida  foydadan  ko‘ra  zarar 

ortib ketadi. 

Shu  sababli  ham  keyingi  yillarda  dehqonchilikdaekinlarni  yetishtirishuchun 

qo‘llaniladigan 

agrotexnologik 

jarayonlar 

sonini 

maksimal 



darajada 

kamaytirishmasalasi  dolzarb  masalalar  qatoriga  qo‘shilmoqda.  Ana  shunday 

jarayonlardan  yana  biri  ekinlarni  yetishtirishda  qo‘llaniladigan  kimyolashtirish 

jarayonlari sonini ham kamaytirish masalasi turibdi. 

Agar  soha  olimlari  mineral  o‘g‘itlar,  gerbisidlar,  retardantlar  va  boshqa 

kimyoviy  vositalarini  aralashtirib  qo‘llash  bo‘yichabir  qatorilmiy  va  amaliy 

yechimlarga erishgan. V.A.  Zaxarenko (1998); V. D. Semenov, V. A. Goncharov 

(1996), I. P. Kazanova, Ye. I. Kazina (1998), V. P. Vitsinko, V. T. Kolyushnikov 

(2000);  T.  N.  Bashkirova,  E.  F.  Neygebaur  va  boshqalar  (2002)  gerbisidlarni 

mineral o‘g‘itlar bilan  aralashtirib  qo‘llab,  ushbu usulni samarasi  yuqoribo‘lishini 

aniqlagan bo‘lsa, N. N. Yampolskaya (1997), A. A. Babich, V. P. Boronina (1998), 

A.  S.  Andreyev,  V.  S.  Treshuk  (2003)  lar  gerbisidlarni  boshqa  turdagi  kimyoviy 

vositalar  bilan  hamda  gerbisidlarni  bir  birlari  bilan  aralashtirib  qo‘llanilganda 

samaradorligi yuqori bo‘lishini aniqlashganlar. 

V.  A.  Zaxarenko  (1995)  tomonidan  tuzilgan  tavsiyanomada  begona  o‘tlarga 

qarshi  kurashish  bilan  bir  vaqtning  o‘zida  ekinlarni  oziqlantirishni  ham  amalga 

oshirilishi  nazarda  tutiladi.  Ushbu  tavsiyanoma  bo‘yicha  mineral  o‘g‘itlar  va 

gerbisidlar  birgalikda  eritib,  aralashtirilibsepilganda  ekinlarni  oziqlantirilishi  va 



38 

 

begona  o‘tlarga  qaro‘i  kurashish  bir  vaqtning  o‘zida  amalga  oshiriladi  va 



samaradorligi yuqori bo‘lishi tajribalarning natijalariga asoslangan. 

Tahlil  etilgan  ilmiy  manbalarning  mazmunidan  shu  narsa  ma‘lum  bo‘ldiki, 

begona  o‘tlarning  ma‘daniy  o‘tlarga  nisbatan  hayotchanligi  yuqori  bo‘lib, 

mintaqalar  bo‘yicha  ekinzorlarda  200  dan  400  gacha  turi  uchraydi,  ularga  qarshi 

kurashishda 

agrotexnologik, 

kimyoviy 

va 


agrotexnologik 

jarayonlarni 

kimyolashtirish  vositalari  bilan  uyg‘unlashtirilib  hamda  gerbisidlar,  pestisidlar, 

funtisidlar,  retardantlar,  mineral  o‘g‘itlar  va  boshqa  kimyoviy  vositalarni 

aralashtirib  qo‘llanilishining  samaradorligi  yuqori  bo‘lib,ushbu  tadbir  har  bir 

mintaqada  tuproq-iqlim  sharoiti  hisobga  olingan  holda,  ekinlarning  turlari  va 

navlari bo‘yicha ishlab chiqilishi kerak.  

 


39 

 

 



Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin