O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslari



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə20/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

4.3. Variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslari


O’rtacha miqdorlar statistik to’plamni umumlashtirib ,tariflovchi ko’rsatkichlardir, ammmo ijtimoiy hodisalarni o’zgarishiga chuqur baho berish uchun o’zlari yetarli bo’lmaydi. O’rtacha miqdorfaqat statistik to’plamga tegishli bo’lgan umumiylikni aks ettiradi,ammo to’plamdagiyakka birliklar orasidagi o’zgaruvchanlikni ifodalay olmaydi. Boshqacha aytganda, o’rtacha miqdor o’ziga nisbatan yakka miqdorlarning qanchalik tafovutda ekanligini ifodalay olmaydi. Qay vaqtda o’rtacha miqdor real qiymatga ega bo’lishi mumkin? Fgar o’rtacha miqdorni keltirib chiqaruvchi yakkamiqdorlar orasidagi farq qancha kichik bo’lsa, u shu vaqtda shuncha tipik,real bo’lishi mumkin. Tipik.Agar ular orasidagi o’zgaruvchanlik (tafovut) qancha katta bo’lsa,u holda o’rtacha miqdor tipik,real bo’lmaydi,ishonchsiz miqdorga aylanadi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalarni o’rganishda o’rtacha qatorlar bilan bir qatorda uni keltirib chiqaruvchi yakka(alohida) miqdorlar orasidagi o’zgaruvchanlikni (farqlanishni) ham o’rganish zarur. To’plamdagi yakka miqdorlar orasidagi farqni o’rganish quyidagi holatlarni aniqlash va baholashda katta ahamiyatga ega bo’ladi:
Birinchidan,o’zgaruvchanlik(variasiya)ko’rsatkichlari o’rtacha miqdorning ishonchligini,tipikligini va realligini aniqlash va tariflashda ishlatiladi. Variasiya qancha kichik bo’lsa,o’rtacha miqdor shuncha realva ishonchli bo’ladi va aksincha,yakka mqdorlar bir biridan qancha katta farq qilsa, u shuncha ishonchsiz bo’ladi,tipik bo’laolmaydi.
Ikkinchidan, o’zgaruvchanlik ko’rsatkichlari xo’jalik va uning bo’linmalari qanchalik meyorga mos ravishda ishlayotganligini ifodalashda ishlatiladi.
Uchinchidan,o’zgaruvchanlik ko’rsatkichlari hodisalar orasidagibog’lanishva o’zaro bog’liqlikni aniqlay olish imkoniyatii beradi.
Demak,statistikada variasiya deb nima tushuniladi? Variasiya deb hodisalar orasidagi o’zgaruvchanlik tushuniladi.Boshqacha aytganda, variasiya deb statistik to’plam birliklari (variantlari) orasidagi o’zgaruvchanlikni,yani bir birdan farq qilish, tafovutlanish tushuniladi.
Variasiya ko’rsatkichlari quyidagilardir:
1.Variasiya kengligi
2.O’rtacha mutlaq tafovkt
3. O’rtacha kvadrat tafovut (dispersiya)
4. O’rtacha kvadratik tafovut
5. Variasiya koeffisiyenti


Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin