Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Qishloq xoʻjaligi logistikada zaxiralar



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə12/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

7. Qishloq xoʻjaligi logistikada zaxiralar
Moddiy zaxira tushunchasi logistikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Tabiatdan olingan xom-ashyo, oxirgi isteʼmolchiga tayyor mahsulot koʻrinishida yetib borgunga qadar, harakatlanadi, boshqa materiallar bilan birikadi va ishlab chiqarishda qayota ishlanadi. Moddiy zanjir boʻylab harakatlanayotgan xom-ashyo (keyinchalik esa yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ham) u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistik operatsiyaga kirish navbatini kutib toʻxtalib turadi.
Moddiy zaxiralar – bu ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida turgan, shaxsiy yoki ishlab chiqarish isteʼmoli jarayoniga kirishishni kutayotgan, ishlab chiqarish – texnik maqsadda, aholi isteʼmolida va boshqalarda ishlatiladigan tovarlardir.
Agarda, birlamchi xom-ashyoni aholi isteʼmoli mollariga aylanishini va uni harakatlanishini taʼminlovchi ishtirokchilarning butun zanjiri yagona mexanik konveyer kabi ishlaganda, kutish vaqtini deyarli nolga tushirish mumkin boʻlar edi. Ammo hayotda bunday kutishlarsiz boʻlmaydi.
Zaxiralarni yaratish doimo xarajatlar bilan bogʻliq. Zaxiralarni yaratish va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan, xarajatlarning asosiy turlarini sanab oʻtamiz:

  • “muzlatib qoʻyilgan” moliyaviy mablagʻlar;

  • maxsus jihozlangan xonalarga boʻlgan xarajatlar;

  • maxsus xodimlarning ish xaqi;

  • nosozliklar, oʻgʻirliklarning doimiy xavfi;

Zaxiralar mavjudligi – bu xarajatlardir. Ammo zaxiralar yoʻqligi – bu ham xarajat, faqatgina ular turli xildagi yoʻqotishlar koʻrinishida boʻladilar. Zaxiralar yoʻqligi bilan yuzaga keladigan yoʻqotishlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarishdagi toʻxtalishlardan boʻlgan yoʻqotishlar;

  • talab qilingan vaqtda omborda tovar boʻlmaganidan yuzaga kelgan yoʻqotishlar;

  • tovarlarning kichik partiyalarini yuqori bahodan sotib olgandan yuzaga kelgan yoʻqotishlar.

Zaxiralar mavjudligi muayyan xarajatlar bilan bogʻliq boʻlishiga qaramay, ishbilarmonlar ularni yaratishga majburdirlar, chunki zaxiralar yoʻqligi undan kattaroq foydani yoʻqotishga olib kelishi mumkin.
Zaxiralarni ratsional boshqaruvi, zaxiralarga boʻlgan minimal xarajatlarda, ishlab chiqarish va savdo jarayonining uzluksizligini taʼminlashga imkon beradi.
Ishbilarmonlar moddiy zaxiralarni yaratayotganda tayanadigan asosiy omillar quyidagilar.
Talabning oʻzgarish ehtimoli (chiquvchi moddiy oqim intensivligini bashorat qilib boʻlmaydigan pasayishi). Tovarga boʻlgan talab oʻzgarib turadi, va uni oʻzgarishini har doim ham oldindan bilib boʻlmaydi. Shuning uchun, agarda yetarlicha zaxiraga ega boʻlmasa toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan talab qondirilmasligi mumkin, yaʼni ishbilarmonda tovar boʻlmagandan keyin mijozning puli oʻzida qolib u xaridsiz ketib qoladi.
Tovarlarning ayrim turlariga boʻlgan talabni mavsumiy oʻzgarishi. Bu ayniqsa qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga tegishlidir. Masalan, Oʻzbekistonda kartoshka hosili yigʻiladi. Ammo kartoshka oqimlari tovar oʻtkazuvchi zanjirlar (bozorlar, doʻkonlar) boʻylab yil davomida harakatlanadi. Demak, qayerdadir zaxira yigʻilishi lozim boʻladi.
Tovarlarning yirik partiyalarini xarid qilganlarga beriladigan chegirmalar ham zaxiralar yaratishning sababchisi boʻlishi mumkin (ayrim yurtdoshlarimiz aynan shu sababli uylarida oziq-ovqatlarning nisbatan katta zaxiralarini saqlaydilar).
Mahsulotlarni olib-sotish. Ayrim tovarlarning narxi keskin oshib ketishi mumkin. Bu oshishni oldindan koʻra bilgan korxona, bozor narxini oʻzgarishi hisobiga foyda olishni koʻzlab zaxira yaratadi.
Buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning kamayishi.
Har bir yangi buyurtmani rasmiylashtirish va yetkazish jarayoni qator xarajatlar bilan kuzatiladi:

  • maʼmuriy xarajatlar: yetkazib beruvchini izlash, u bilan muzokaralar olib borish, xizmat safarlari, shaharlararo telefonda soʻzlashuvlar va hokazolar;

  • buyurtmani tashishga boʻlgan xarajatlar;

Bu xarajatlarni, buyurtmalar miqdorini kamaytirgan xolda, pasaytirish mumkin. Bu esa buyuriladigan partiya hajmini oshishiga, va zaxira koʻpayishiga olib keladi.

Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin