Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə17/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

Avtomobil transporti. Kisqa masofalarga (200-300km) tashishlarni amalag oshirish uchun avtomobil transporti ishlatiladi. Asosiy usutunliklardan biri – yuqori harakatchanligidir. Avtomobil transporti yordamida yuk “eshikdan eshikgacha” zaruriy tashishning tezkorlik bilan yetkazishi mumkin. Transportning bu turi yetkazishlar muntazamligini hamda kichik hajmlardan yetkazishlar imkoniyatini taʼminlaydi. Bu yerda, boshqa turlarga nisbatan mahsulot qadoqiga u daraja qattiq talablar qoʻyilmaydi.
Avtomobil transportining asosiy kamchiligi bu tashishlar tannarxining nisbatan yuqoriligi. Odatda tashish uchun toʻlov avtomobilning maksimal yuk kutara olishi buyicha olinadi. Bu turning boshqa kamchiliklariga quydagilarni kiritish mumkin: yukni tushirishni shoshilinchligi, yukni va avtotransportni oʻgʻirlash mumkinligi, nisbatan kam yuk koʻtara olishi. Avtomobil transporti ekologiya jihatdan ham noqulay, bu esa uni ishlatish imkoniyatini kamaytiradi.
Temir yul transporti. Transportning bu turi yuklarning turli hajmlarini (partiyalarini) barcha ob-havo sharoitlarida tashish uchun qulaydir. Temir yul transporti yukni nisbatan tez vaqtda masofalarga yetkazish imkoniyatini taʼminlayli.Tashishlar muntazam amalga oshiriladi. Bu yerda ortish-tushirish ishlarining samarali bajarilishini tashkil etish mumkin.
Temir yoʻl transportining muhim ustunligi, bu yuklarni tashishning nisbatan past narxi va chegirmalar mavjudligidir.
Temir yoʻl transportining kamchiliklariga tashuvchilar sonining cheklanganligini va isteʼmol joylariga yetkazish imkoniyati pastligidir, yaʼni temir yul oʻtkazilmaganda avtomobil transportidan foydalanishga tugʻri keladi.
Dengiz transporti. Xalqaro tashishlarda eng yirik tashuvchi hisoblanadi. Uning asosiy ustunliklari-Yuk tariflarining pastligi va yuqori yuk oʻtkazish qobiliyatidir.
Dengiz transportining kamchiliklariga uning past tezligini, yuklarni qadoqi va oʻrnatilishiga boʻlgan qatiq talablar, joʻnatishlarini kamligini kiritadilar. Dengiz transporti ob-havo va navigatsiya sharoitlariga bogʻliq boʻlib, murakab port infrostrukturasini yaratishni talab qiladi.

Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin