Qisqacha xulosalar
Narxlar qanchalik ko’p asoslangan bo’lsa, ish haqi, foyda, tannarx, kredit singari
qimmatlilik instrumentlari shunchalik ta’sirchan bo’ladi.
Narxlar borasida to’g’ri siyosat halq xo’jaligi iqtisodiyoti yuksalishiga va halq
turmush darajasi oshishiga yordam beradi.
Oxirgi yillarda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pchilik korxonalarning
haqiqatdagi sarflari xarid narxlaridan oshib ketdi va natijada zarar keltiradigan bo’lib
qolmoqda.
Narx-navolar mehnat ijtimoiy sarflarini tobora to’laroq aks ettirishi, ishlab
chiqarish va muomala chiqimlari qoplanishini hamda har bir me’yoriy ishlab turgan
korxonaga muayyan foydani ta’minlashi lozim.
Suv iste’mol qiluvchi xo’jaliklar to’laydigan suv haqi qishloq va suv xo’jalik
tashkilotlarining sug’orish manbaidan suv olish, suvni tizim boshidan xo’jalik nuqtasigacha
yetkazish bilan bog’liq sarflarni qoplashi hamda me’yoriy foyda olishni ta’minlashi kerak.
Foydaning to’la tannarxga foizlarda ifodalangan nisbati rentabellik darajasini
ko’rsatadi.
Tayanch so’zlar
Narx, tannarx, foyda, rentabellik darajasi, ulgurji narxlar, xarid narxlari, xarajatlar,
qiymat, tarif, suv iste’moli, suv balansi, sof foyda, sof daromad, yalpi mahsulot qiymati,
iqtisodiy samaradorlik.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Narx turlari va ularning vazifalari.
2. Chakana narxlarning tarkibi va ularni aniqlash uslublari.
3. Sof daromad va sof foydani aniqlash uslublari.
4. Suv iste’mol tariflarini belgilash.
5. Sug’orish suvi tannarxini va sotish narxini aniqlash.
6. Ishlab chiqarishni sof foydasini va rentabelligini aniqlash.
7. Suvdan foydalanish samaradorligini aniqlash.
Asosiy adabiyotlar.
1. O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonuni,
1993.
2. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995.
3. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI,
2005.
4. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti».
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004.
|