Asosiy va aylanma fondlarining iqtisodiy farqlari quyidagilardan iborat:
Belgilar
Asosiy fondlar
Aylanma fondlar
Xizmat qilish muddati
Ko’p ishlab chiqarish sikllarida
qatnashadi
Bitta ishlab chiqarish sikllarida
ishlatiladi.
Qiymatining tayyor
mahsulotiga utishi
Eskirgan sari o’z qiymatini tayyor
mahsulotga o’tkazadi.
O’z qiymatini tayyor mahsulotga
to’la va darxol o’tkazadi.
Ishlab chiqarish jarayonida
tabiiy shakli saqlanib
qolishi.
Ishlab chiqarish jarayonida o’z
tabiiy shaklini saqlab qoladi.
Ishlab chiqarish jarayonida o’z
tabiiy shaklini yo’qotadi, uni
o’zgartiradi.
86
Suv-melioratsiya xo’jaligining asosiy fondlariga gidrotexnika inshootlari, mashinalar,
uskunalar, binolar, transport vositalari, uzatish qurilmalari, instrumentlar, ishlab chiqarish
inventari va boshqa asosiy vositalar kiradi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Ishlab
chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadi. Noishlab chiqarish
asosiy fondlari ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydi, lekin xodimlarning maishiy va
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Ularga uy-joylar, maktablar, bolalar
bog’chalari, davolash muassasalari, klublar va boshqa madaniy–maishiy binolar hamda
inshootlar kiradi.
Asosiy fondlarga korxona balansiga yozilgan mehnat vositalarigina kiradi. Qurilishga
keltirilgan mashina va uskunalar asosiy fondlarining ishlab chiqarish zahiralari tarkibida
bo’ladi. Bu ishlab chiqarish vositalarining qiymati ular o’rnatilgan va ishga tushirilgandagina
asosiy fondlarga kiritiladi.
Aylanma fondlariga, xom ashyo, yoqilg’i, yarim fabrikatlar, materiallar, tugallanmagan
ishlab chiqarish va boshqa mehnat predmetlari kiradi. Rejalashtirish va uchyotni
soddalashtirish uchun xizmat muddati bir yildan ko’p bo’lgan predmetlar o’z qiymatidan qat’iy
nazar, shuningdek birlik qiymati 50 minimal ish haqidan ortiq bo’lgan predmetlar asosiy
fondlarga kiritiladi, lekin birligining qiymati 50 minimal ish haqidan kam bo’lgan barcha
predmetlar ham oborot fondlariga kiritilavermaydi.
Qiymatdan qat’iy nazar asbob-uskuna, inventar, kutubxona fondi, musiqa asboblari,
sport inventari, mebel va ayrim boshqa predmetlar asosiy fondlarga kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy va oborot fondlari birgalikda qatnashgandagina sodir
bo’lishi mumkin. Bu fondlarning birligi va ularning o’zaro birgalikdagi harakati ishlab
chiqarishning zarur shartidir.
Ishlab chiqarish fondlari doimo harakatda, doiraviy oborotda bo’ladi, pul shaklidan
ishlab chiqarish shakliga o’tib turadi, keyin tovar shakliga va yana pul shakliga o’tadi va
hokazo.
Asosiy fondlar ucheti tabiiy va qiymat ko’rinishida olib boriladi. Asosiy fondlar
qiymatining quyidagi turlari farq qilinadi; dastlabki, tiklash, qoldiq va tugatish qiymatlari.
Dastlabki qiymat asosiy vositalar ishga tushirilayetganda ularga haqiqatda qilingan
xarajatlardir. Bu qiymat binolar yoki inshootlarni qurilishi va montaj qilish qiymatidan hamda
87
uskunalar sotib olish qiymatidan tarkib topgan, bunga tashib keltirish va montaj qilish
xarajatlari ham kiradi. Mashina va uskunalar uchun dastlabki qiymat ulgurji bahodan hamda
tashib keltirish va montaj qilish xarajatlaridan tarkib topadi.
Asosiy fondlar dastlabki qiymati rekonstruktsiya bo’yicha xarajatlar summasiga, ob’ekt
qisman yo’q qilinganda esa, yo’q qilinayetgan qism qiymatiga, asosiy fondlar qayta baholashni
summasiga o’zgarishi mumkin.
Asosiy fondlarning dastlabki qiymat bo’yicha, ayniqsa bir qancha yillardagi
dinamikasidagi ucheti ayrim, kamchiliklarga egadir. Kapital ko’rilishidagi smeta baholari va
sanoatning ulgurji baholari vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Natijada turli vaqtda ishga
tushirilgan fondlar qiyoslanib bo’lmaydigan dastlabki qiymatiga ega bo’ladi. Bu esa ularni
qayta baholash zaruriyatini tug’diradi.
Asosiy fandlarni qayta baholash, tiklash qiymati bo’yicha o’tkaziladi, bu qiymat esa ularni
hozirgi baholarda va ishlab chiqarish sharoitida turli takror ishlab chiqarish qiymatini xarakterlaydi.
Qayta baholash asosiy fondlar dastlabki qiymatning turli xil ko’lamlariga barham beradi va ularning
baholanishga qobiliyatini ta’minlaydi.
Asosiy fondlarni qayta baholash hukumatning maxsus qarori asosida o’tkaziladi. U
ancha murakkab va sermehnat ishdir. Melioratsiya fondlari birinchi marta 1950 yilda suv
xo’jaligi tizimlari va inshootlarni pasportlashtirish vaqtida o’tkazilgan edi. 1960 yilda fondlar
halq xo’jaligini barcha tarmoqlari bo’yicha qayta baholanadi.
Xo’jalik hisobi asosida ishlovchi korxonalarning asosiy fondlari 1972 yil 1 yanvardagi
holati bo’yicha davlat byudjeti muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan suv xo’jaligi
muassasalari va tashkilotlarining asosiy fondlari 1973 yil 1 yanvardagi xolati bo’yicha qayta
baholanadi. Qayta baholashga 1967 yildagi ulgurji baholar, shuningdek qurilishda 1969 yilda
joriy etilgan smeta me’yorlari, baholar va takliflar asos qilib olinadi. Shunday qilib 1971-1972
yillarda butun halq xo’jaligi ko’lamida asosiy fondlar bosh inventarizatsiyasi va qayta
baholanishi o’tkazildi.
Fondlar buxgalteriya hujjatlarida hisobga olinadigan qiymat balans qiymati deb ataladi.
U qayta baholangan fondlar uchun tiklash qiymati hamda qayta baholanmagan fondlar uchun
dastlabki qiymat bo’lishi mumkin.
Joriy uchyotda asosiy fondlar qoldiq qiymati aniqlanadi. U dastlabki yoki tiklash
qiymati bilan asosiy fondlar amortizatsiya ajratmalari summasi o’rtasidagi farqni tashkil etadi.
Asosiy fondlardan ularni tugatish xarajatlari chiqarib tashlangan holda foydalanib bo’lingandan
keyin saqlanib qolgan inshootlar, mashinalar, moddalar, detallar, material qismlari qiymati
88
asosiy fondlar tugatish qiymati deb ataladi. Melioratsiya fondlarining, kichikroq tuproq va
beton gidrotexnik inshootlarining bunday qiymati umuman yo’q.
Suv melioratsiya xo’jaligining asosiy fondlari o’z funktsional vazifasi va xizmat
muddatlariga ko’ra farqlanadigan ko’pdan-ko’p moddiy moddalardan iboratdir. Ular tabiiy
buyumlilik belgilari bo’yicha guruhlanadi.
Suv xo’jaligi tashkilotlari va qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy fondlar halq
xo’jaligi tarmoqlari uchun qabul qilingan umumiy klassifikatsiyasiga ko’ra hisobga olinadi.
Moliya vazirligi va markaziy statistika boshqarmasining 1985 yilda qabul qilingan tipovoy
klassifikatsiyasiga ko’ra asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: binolar,
inshootlar, uzatish qurilmalari, mashina va uskunalar, transport vositalari asboblar, ishlab
chiqarish inventari, ishchi va mahsuldor hayvonlar ko’p yillik ko’chatlar, yerlarni yaxshilashga
sarflangan kapital xarajatlar, boshqa asosiy fondlar.
Qishloq xo’jalik korxonalari va suv xo’jalik tashkilotlarining umumiy ishlab chiqarish
fondlaridan funktsional vazifasiga ko’ra melioratsiya fondlari ajratiladi.
Sug’orish manbaidan suv olish va uni sug’orish uchun dalaga berish sug’orma dehqonchilik
melioratsiya fondlarining bevosita funktsiyalaridir. Melioratsiya fondlari suv resurslaridan
foydalanish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Melioratsiya fondlari, o’zining farqlanuvchi xususiyatiga egadir. Bu xususiyati shundan
iboratki, ishlab chiqarishning bu vositalari lokallashadi., yerning muayyan uchastkasi bilan
tutashib ketadi, hamda shu uchastkadagina amal qilish mumkin. Ular yer va suv bilan
birgalikdagina: suv inshootlari-yer sxemasi bo’yicha amal qiladi. Shuning uchun melioratsiya
fondlarining samaradorligi mazkur uchastka unumdorligi va qishloq xo’jalik fondlaridan
oqilona foydalanish bilan belgilanadi.
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, xizmat muddati uzoq bo’lib, sekin yangilanib
turadigan tuproq, beton va tosh inshootlar ko’rinishidagi melioratsiya fondlari ko’pdir. Bu xol
suv xo’jaligi tadbirlari loyihalanayotganda uzoq muddatli istiqbol hisobga olinishini taqazo
etadi.
Uchinchi xususiyati shundaki, melioratsiya fondlari serkapital mablag’ bo’lib, juda
qimmatdir. Bu esa kapital mablag’ sarflarining ancha chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi.
To’rtinchi xususiyati shundan iboratki, qishloq xo’jaligida suv iste’mol qilishning
yagona texnologik jarayonini ta’minlaydigan melioratsiya asosiy fondlari ikki xo’jalik-qishloq
89
va suv xo’jaligi boshqarmasi va qishloq xo’jalik korxonalari ixtiyeridadir. Bu esa melioratsiya
fondlaridan foydalanishni va ular ucheti masalalarini murakkablashtiradi.
Hozirgi vaqtda melioratsiya fondlarining puxta klassifikatsiyasi yo’q. Ular qaramligiga
ko’ra xo’jaliklararo va ichki xo’jalik melioratsiya fondlariga bo’linadi. Xo’jaliklararo
melioratsiya fondlari davlat tizimlariga qarashli bo’lib, ichki xo’jalik melioratsiya fondlari
qishloq xo’jalik korxonalari balansida turadi.
Pasportlashtirish paytida suv xo’jaligi tashkilotlarining asosiy fondlari quyidagi
guruhlar bo’yicha hisobga olindi:
-davlat sug’orish (sug’orish-suv chiqarish) tizimlari;
-zovurlar tizimlari;
-suv omborlari;
-boshqa inshootlar;
-aloqa vositalari, foydalaniladigan yo’llar, binolar;
-xo’jalik sug’orish tizimlari.
Melioratsiya tizimlari ishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibi boshqa tarmoqlardan
ancha farq qiladi. Bu yerda asosiy fondlarning 60-80% gidrotexnik inshootlar va kanallarga
to’g’ri keladi. Mashina va uskunalarga 10 dan 20% gachasi to’g’ri keladi, ularning ulushi
muttasil ortib bormoqda.
Melioratsiya fondlari tarkibiga tizimning texnika darajasi, tabiiy sharoitlar, avvalo, geografik
va gidrogeologik sharoitlar katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, suv mashinalar yordamida ko’tarib
beriladigan sug’orish mintaqasida nasos stantsiyalari va qurilmalari, sug’orishning tog’li rayonlarida
suv tashishni yaxshilashga yordam beradigan tarnovlar, suv tushirgichlar, akveduklar katta ulushni
tashkil etadi.
Melioratsiya fondlarining asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishdir.
Melioratsiya fondlari ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo’jalik fondlari bilan birgalikda amal
qilishi tufayli dehqonchilikning pirovard samarasi qo’llaniladigan barcha ishlab chiqarish
vositalarining qo’shib ishlatilishga bog’liq bo’ladi. Sug’oriladigan yerlarda dehqonchilikni
intensivlash qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirishni talab
qiladi.
Melioratsiya va qishloq xo’jalik fondlarining nisbati xo’jaliklarda turlichadir.
Melioratsiya va qishloq xo’jalik fondlarining ulushli hajmlari va ular o’rtasidagi nisbat
quyidagi omillar bilan belgilanadi: tabiiy sharoitlar, suv olish va uni tashish usullari, suv
chiqarish texnikasi, xo’jalikning ixtisoslashishi, qishloq xo’jalik korxonalari moddiy texnika
90
bazasining darajasi va hokazo. Jami qishloq xo’jalik va melioratsiya fondlari ulushli hajmlari
turli sug’orish tizimlari bo’yicha tebranib turadi.
4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |