Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Bahoning ahamiyati va mohiyati.
2. Baho belgilash uslublari.
3. Mahsulot tannarxi turlari va ularni aniqlash uslublari.
4. Ishlab chiqarish chiqimlari va ularning turlari.
5. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining ekspluatatsiya xarajatlari, ularning
turlari.
6. Ichki xo’jalik irrigatsiya shaxobchalarini ishlatish xarajatlari.
7. Suv ta’minoti tizimining yillik ishlatish xarajatlari.
8. Ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish omillari.
9. Suvdan foydalanish samaradorligini aniqlash uslublari.
Asosiy adabiyotlar.
1. O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonuni,
1993.
2. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995.
3. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI,
2005.
4. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti».
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004.
VII BOB. Narxlar, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi
7.1. Qishloq va suv xo’jaligida qo’llaniladigan narxlar tizimi
Tovar pul munosabatlari mavjud bo’lgan va qiymat qonuni amal qiladigan bozor
iqtisodi sharoitida narx eng muhim iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Narx qiymatning
puldagi ifodasidir. Narx tovar qiymatining puldagi almashuv ifodasini xarakterlaydi.
Ma’lumki
qiymat
qonunining
asosiy
mazmuni
ekvivalentli
ayirboshlashda
mujassamlangandir. Tovarlar narxlari ular qiymati qanday nisbatda bo’lsa, shunday
nisbatda bo’lishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlar har bir ayrim tovar bo’yicha bo’lmaganda ham,
lekin kamida o’rtacha tendentsiya sifatida ekvivalentli ayirboshlash talablariga rioya
qilinishini ta’minlashdir.
Halq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy munosabatlar narxlarda aks
etadi. Yalpi ichki mahsulot, korxona va tarmoq sof daromadi, milliy daromad hajmi narxlar
yordamida hisoblab chiqiladi. Narxlar milliy daromadni halq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida
jamg’arish fondlari bilan iste’mol o’rtasida taqsimlash vositasidir. Xo’jalik yuritishning
barcha vositalari narxlar bilan bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Narxlar qanchalik ko’p asoslangan bo’lsa, ish haqi, foyda, tannarx, xo’jalik hisobi,
kredit singari qimmatlilik instrumentlari shunchalik ta’sirchan bo’ladi.
Narxlar borasidagi to’g’ri siyosat halq xo’jaligi iqtisodiyoti yuksalishiga va
mehnatkashlar turmush darajasi oshishiga yordam beradi. Bozor iqtisodi sharoitida davlat
buyurtmasiga kiradigan mahsulotlarga narxlar darajasi davlat tomonidan narxlar davlat
komiteti va idoralari orqali tartibga solib turiladiki ular narxlar preyskurantlarini bevosita
ishlab chiqadilar.
Narxlar davlat komiteti narx hosil qilish, mamlakatda narxlar yagona siyosatini
ta’minlash narx belgilashdagi davlat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish ishiga
rahbarlik qiladi.
Narxning qishloq va suv xo’jaligida qo’llanilayetgan xozirgi tizimi 4 turdan tarkib
topgan: xarid ulgurji va chakana narxlar hamda xizmatlar uchun tariflar.
Xarid narxlari qishloq xo’jalik mahsulotlariga belgilangan. Bu narxlar bilan qishloq
xo’jalik korxonalari o’z mahsulotlarini davlat va kooperativ tashkilotlariga sotadilar. Xarid
narxlari mamlakat mintaqalari bo’yicha differentsiyalangan. Hozirgi davrda narxlarni
takomillashtirish bo’yicha katta ishlar qilinmoqda.
Oxirgi yillarda bozor iqtisodiga o’tish jarayonida ko’pchilik qishloq xo’jalik
korxonalarining haqiqatdagi sarflari harid narxlaridan oshib ketdi va natijada zarar
keltiradigan bo’lib qolmoqda.
Ulguji narxlar sanoat va qishloq xo’jalik mahsuloti ulgurchi oboroti sohasida
qo’llaniladi. Mahsulot bu narxlar bo’yicha tarmoq ichidagi korxonalarga shuningdek
tarmoqdan tashqariga sotish tashkilotlariga yetkazib beriladi. Suv xo’jaligi va qishloq
xo’jaligi korxonalari ulgurji narxlarda mashinalar, uskunalar va boshqa texnika vositalari,
qurilish meteriallari sotib oladilar.
Korxonalarning ulgurji narxlari (oborotdan soliqsiz) sanoatning ulgurji narxlari
(oborotdan soliq bilan) va hisoblash narxlar farqlanadi. Bunda ulgurji narxlar mamlakat
bo’yicha yagona va mintaqali bo’lishi mumkin. Mashinasozlik sanoati mahsulotiga
buyumning har qaysi nomi va turiga yagona ulgurji narxlar belgilanadi.
Ko’mir, neft, sement, yog’och tayyorlash sanoati mahsulotiga va metall
konstruktsiyalariga mintaqali narxlari belgilanadi, chunki ularni ishlab chiqarish hamda
tashish sarflari ishning tabiiy sharoitlari va mahsulotni ishlab chiqarish joyidan iste’mol
qilish joyigacha bo’lgan masofaga bog’liq bo’ladi.
Iste’molchilarga mahsulot yetkazib berish bo’yicha transport xarajatlari o’rnini
qoplash tartibiga bog’liq holda ishlab chiqarish joylardagi ulgurji narxlar (jo’natish
stantsiyasi franko vagon) va iste’mol joylaridagi ulgurji narxlar (franko tayinlangan
stantsiya) farqlanadi. Mashinasozlik, metallga ishlov berish va ximiya sanooati mahsulotiga
franko-tayin etilgan stantsiyasi ulgurji narxlari belgilanadi. Xaridor mahsulot mazkur
partiyasini tashish bilan bog’liq transport xarajatlari o’rnini shu narxlarda qoplaydi.
Franko tayin etish stantsiyasi ulgurji narxlariga yetkazib beruvchi korxona sarflari va
foydasidan tashqari mahsulotni ortish va tayin etish stantsiyasiga o’rtacha kattalikda
yetkazish bo’yicha barcha xarajatlar ham kiradi. Franko tayin etish ulgurji narxlar bo’yicha
halq iste’moli tovarlarining qariyib hammasi, shuningdek neft mahsulotlari, qurilish
materiallari realizatsiya qilinadi.
Hisoblash narxlari korxonalar bilan sotish tashkilotlari, birlashma yoki idora ichidagi
korxonalar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar uchun belgilanadi. Ular bir turli mahsulot
tannarxi darajasidagi tafovut katta bo’lib, ayni vaqtda turli ishlab chiqarish sharoitlarida
bo’lgan xo’jalik hisobidagi korxonalar me’yoriy rentabelligini ta’minlash zarur bo’lganda
qo’llaniladi. Hisoblash narxlari ularning mahsulot mazkur turiga bo’lgan summasiga
muvofiq keladigan qilib belgilanadi.
Suv xo’jaligi qurilishida narx hosil qilishning yangi mexnizmi quyidagi uchta asosiy
moddani o’z ichiga olish kerak: loyiha oldi bosqichida belgilanadigan narx; qurilishning
loyihada belgilangan smeta qiymati; buyurtmachilar bilan pudrat tashkilotlari o’rtasidagi
shartnoma bo’yicha tashkil etadigan shartnomali narx.
Pirovard mahsulot birligiga limit narxi darajasini mahsulot miqdorlari ko’payishi
hisobga olingan holda kapital qo’yilmalar o’rnining me’yoriy muddatlarda qoplay oladigan
qilib belgilanish kerak: Narx hosil qilish yangi mexanizmining ikkinchi moddasi
qurilishning variantli loyihalashda qo’llaniladigan almashinuvchi qiymatdir.
Uchinchi modda-shartnomali narxlardir.
Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlarida shartnomali narx o’z yo’nalishiga muvofiq
keladigan barcha belgilarga ega bo’lishi kerak. Bu narsa avvalo uni shakllantirishni haddan
ziyod reglamentlashlardan halos qilish zarurligi bilan bog’liqdir. Narx hosil qilishning
yangi mexanizmida shartnomali narxning yuqori chegarasi (u halq xo’jalik samaradorligini
hisobga oladigan qurilish limit narxi bilan belgilanadi) hamda quyi chegarasi (bu esa
pudratchi va qurilish boshqa ishtirokchilari xo’jalik hisobi manfaatlarini hisobga oladigan
smetali qiymat bilan belgilaniladi) ma’lum bo’ladi.
Chakana narxlar aholi, davlat va kooperativ savdoga tovar va oziq ovqat
mahsulotlari sotib oladigan pirovard narxlardir. Narxlarni bu tizimi qayta taqsimlash
jarayonlarini amalga oshirish, bir qancha sotsial-iqtisodiy muammolarni, hal qilishga
bevosita bog’liqdir. Ichki bozorda so’mning harid qilsh qobiliyati va aholi real
daromadlarining darajasi chakana baholarga bog’liqdir. Chakana narxlar yordamida
moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo’shimcha mahsulot jamg’arilishi va davlat
byudjetini daromadlari ma’qullanishi sodir bo’ladi.
Xizmatlar (transport, kommunal, elektr energiyasi, suv va hokazo) tariflari ulgurji va
chakana narxlarning alohida turidir. Tarif barcha iste’molchilar uchun yagona va
iste’molchilar guruhlari bo’yicha differentsiallangan bo’lishi mumkin.
Tasdiqlangan harid, ulgurji, chakana narxlar va tariflar preyskurantlarda e’lon
qilinadi. Preyskurantlar tovarlar yoki xizmatlar muayyan guruhi narxlarining tizimlangan
to’plamlaridir. Ular yetkazib beruvchilar va xaridorlar o’rtasida oborot solig’i bo’yicha
moliya organlari bilan hisob-kitob qilish uchun asosiy hujjatlar hisoblanadi.
Narxlarning hamma turlari o’zaro bog’liqdir. Narx har biri ijtimoiy qiymat muayyan
turini ifodalaydigan va o’z vazifasiga ega bo’lgan ko’pdan-ko’p moddalardan tarkib topadi.
Mahsulotning me’yoriy o’rtacha tarmoq tannarxi narx shakllanishining boshlangich bazasi
hisoblanadi. Umuman sanoat bo’yicha u ulgurji narxning 75% ini tashkil etadi.
Lekin narx asosini ishlab chiqarish chiqimlari o’rnini qoplashgina emas balki
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun jamg’armalar ham tashkil etadi. Narx
strukturasidagi foydaning ulushi rentabellikning me’yoriy darajasiga taxminan muvofiq
keladi.
Qishloq xo’jalik va sanoat mahsuloti chakana narxlarining strukturasi 7.1. va 7.2.
rasmlarda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |