37
Kadastr kartalari va planlarda hududning maydoni (rayon, aholi punkti)
ko`rsatiladi, shuning uchun kadastr kartalari va planlar ko`proq aerofototopografik
syomka metodida tuziladi. Qurilgan hududlar uchun
stereotopografik metod
qo`llanilsa, qurilmaganlari uchun ortotopoplanli syomka qo`llaniladi. Qurilgan
hududlarni syomka qilish uchun har ikkala metodni qo`llasa bo`ladi, bunda binolar
va baland imoratlar stereofotogrammetrik yo`l
bilan olinsa, qolgan obyektlar
ortofotoplanli metod yordamida olinadi. Ayrim hollarda
kichikroq hududlarning
planlarini tuzish uchun 1:2 000, 1:1 000 va 1:500 masshtablarda taxeometrik,
teodolitli yoki menzulkali syomkalar qabul qilinadi.
Yuqorida kadastr kartalari va planlarni tuzishda
aerofototopografik syomka
metodini qo`llash texnologiyasini qarab chiqamiz. Aerofotosyemka materiallari
qatorida, mavjud kartografik materiallar va konturli obyektlarning vektorli modeli
shaklidagi dala syomkasi natijalari ham ishlatiladi.
Rasmda zamonaviy GIS texnologiyasini qo`llash yordamida kadastr kartalari
va planlarni tuzish bo`yicha qilinadigan ishlarning
umumlashgan texnologik
sxemasi ko`rsatilgan. Bu texnologik sxemada aerofotosyomka materiallari asosiy
ma`lumot
manbai hisoblanadi, GIS texnologiyani qo`llash esa fotogrammetrik va
karta tuzish kabi kameral ishlar bilan chegaralangan.
Ushbu texnologik sxemada joyning kadastr syomkasini o`tkazish
kadastr
kartografiyasi va inventarizatsiya jarayonlarini birligini ko`rsatadi, hamda quyidagi
zamonaviy metod va printsiplar asosiga quriladi:
- rasmga olinadigan joyning koordinatalarini aniqlash va navigatsiya uchun
GPS – sistemasi qo`llaniladigan aerofototopografik syomka metodi
-
fotogrammetriyaning raqamli metodalari;raqamli
kartalashtirish metodi
va GIS texnologiya;
-
mustaqil mahsulot shakli sifatida raqamli kadastr kartalarini olish;
-
turli manbalardan olingan ma`lumotlarni umumlashtirib, qayta ishlash;
ortofotoplan ish materilidan inventarizatsiya o`tkazish uchun foydalanish.
Biz kadastr kartalarini tuzishni texnologik jarayonlarini tashkil etishning
bitta
variantini
qarab
chiqdik.
Boshqa
variandagi
texnologik
sxema
38
yuqoridagisidan farq qiladi. Deshifrovka o`tkazish
paytida ortofotoplandan emas,
balki kattalashtirilgan aerofotoplanlardan foydalaniladi.
Har ikkala variantning texnologik sxemasi uchun mos holda obyektlar
konurini syomka qilishda dala tadqiqotlari va deshifrovka o`tkazishda stereoskopik
Dostları ilə paylaş: