O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanishning tahlili



Yüklə 444,35 Kb.
səhifə86/130
tarix01.01.2022
ölçüsü444,35 Kb.
#50436
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama (1)

14.1.Mehnat resurslari bilan ta,minlanish va ulardan foydalanishning tahlili


Hisobot yilidagi mavjud xaqiqiy ishlovchilar sonini me’yor bo’yicha belgilangan soniga, hisobot yilidagi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan qayta hisoblangan soniga taqqoslab,ta’minlanish darajasi va uning o’zgarishi aniqlanadi.O’zgarishi mutlaq va nisbiy ko’rsatgichlarda ifodalanadi.

Hisobot yilidagi ishlovchilarning xaqiqiy sonini rejadagi (me’yordagi) soniga solishtirish orqali mutlaq ta’minlash darajasi aniqlanadi.

Hisobot yilidagi ishlovchilarning haqiqiy sonini ishlab chiqarish hajmiga nisbatan qayta hisoblab olingan rejadagi soniga solishtirish orqali nisbiy ta’minlanishi darajasi aniqlanadi.

Mehnat resurslaridan foydalanishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, ish vaqti fondi hisoblanadi. Ish vaqti fondi deganda, jami ishchilar tamonidan yil davomida ishlagan kishi-soatlarining yig’indisini tushuniladi.Ish vaqti fondidan foydalanish darajasi o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi:

1.ishlovchi xodimlarining o’rtacha yillik sonining o’zgarishi (T) ;

2.bir ishlovchining o’rtacha ishlagan kunlar sonining o’zgarishi (K) ;

3.ish kuni davomiyligining o’zgarishi (D);

Birinchi navbatda hisobot yilidagi ish vaqti fondini rejadagi yoki bazis yilidagi ish vaqti fondiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi; zarur:

T1 K1 D1 – T0 K0 D0 = ± ∆TKD

Shundan keyin ish vaqti fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlaridan foydalanib aniqlanadi

I. T0 K0 D0 - bazis davridagi (yoki rejadagi) ish vaqti fondi.

II. T1 K0 D0 - 1- shartli ish vaqti fondi.

III. T1 K1 D0 - 2- shartli ish vaqti fondi.

IV.T1 K1 D1 - hisobot davridagi ish vaqti fondi.

Yonma-yon to’rgan ko’rsatgichlardan foydalanib, omillar ta’siri zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlanadi va har birining ta’siriga baho berib, xulosa qilinadi.


Yüklə 444,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin