19.3 Auditorlik xulosaning tuzilshi va maznuni Auditor tekshiruv natijalari bo‟yicha o‟z fikr va mulohazalarini auditorlik
xulosasida aks ettiradi. Bu – auditorlik hisobotiga asosan tuziladi.
Auditorlik
xulosasining hisobotdan farqi shundan iboratki,ushbu hujjatda audit natijalari bo‟yicha
faqat xulosa beriladi. Auditorlik xulosasida tekshiruv jarayonidagi noqonuniy
operasiyalar tufayli kelib chiqqan yoki keltirilgan zararlarning sabablari,sharoitlari
batafil ko‟rsatilmaydi (ular auditorlik hisobotida keng yoritilgan bo‟ladi).
Auditorlik xulosasi ikki turga, ya‟ni ijobiy auditorlik xulosasi va salbiy auditorlik
xulosasiga bo‟linadi.
Ijobiy auditorlik xulosasi. Tekshirilgan xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning moliyaviy
hisoboti asosli tuzilgan bo‟lib, xo‟jalikning moliyaviy holatini to‟g‟ri aks ettirgan
bo‟lsa,xo‟jalik operasiyalari O‟zbekiston qonunchiligiga mos kelsa - ijobiy auditorlik
xulosasi beriladi.
Salbiy auditorlik xulosasi. Xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt faoliyatida jiddiy
kamchiliklar aniqlanganda, moliyaviy hisobot to‟g‟ri tuzilmaganda yoki amaldagi
qonunchilikka mos kelmaganda salbiy auditorlik xulosasi beriladi.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin
yuridik hujjat bo‟lib hisoblanadi.
Auditorlik xulosasi xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt moliyaviy hisobotidan
foydalanuvchilar uchun ochiq hujjat hisoblanadi va matbuotda elon qilinadi
Nazorat savol va topshiriqlar 1.Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish deganda nima tushuniladi?
76
2.Auditorlik tekshiruvi jarayonida tuziladigan qaysi hujjatlarni bilasiz? Tushuntiring
3.Auditorlik hisobotining mazmunini tushuntiring, tariflang
4.Auditorlik xulosasining mazmunini tushuntiring