O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Yüklə 26,01 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü26,01 Kb.
#192809
DAVLAT, SOHA, TARMOQ VA ALOHIDA TASHKILOT MIQYOSIDA METROLOGIK TA\'MINLASH BILAN BOG\'LIQ MASALALAR

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI




Mavzu: Davlat, soha, tarmoq va alohida tashkilot miqyosida metrologik ta'minlash bilan bog'liq masalalar


Bajardi: 20-41 sirtqi guruh talabasi Fatxullaxo’jayeva R.





Qabul qildi: ______________________________
Qabul qilingan sana: _______________________
TOSHKENT - 2023
MAVZU: DAVLAT, SOHA, TARMOQ VA ALOHIDA TASHKILOT MIQYOSIDA METROLOGIK TA'MINLASH BILAN BOG'LIQ MASALALAR

REJA:
1. Metrologik ta’minlash bilan bog’liq masalalar


2. Standartlashtirish davlat tizimi.
3. Metrologiya tarmoqlari rivojlanishi.
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatliligi , metrologik ta’minlash bilan bog‘liq masalalar davlat miqyosida, soha miqyosida, tarmoq miqyosida va alohida tashkilot miqyosida hal qilinishi kerak. Davlat miqyosida quyidagi masalalar echilishi kerak:

  • o‘lchovlarning bir xilligiga erishish;

  • davlat tajribalarini o‘tkazish;

  • o‘lchov vositalariga davlat nazoratlarini olib borish;

  • fundamental fizik kanstantalarga aniq ko‘rsatgichlarni o‘rnatish va aniq standart ma’lumotlar berish.

Sohani metrologik ta’minlash quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  1. Sohada ishlatiladigan o‘lchov vositalari tajriba va nazorat uchun ratsional nomenklatura o‘rnatish;

  2. O‘lchash usullarni ishlab chiqish;

  3. O‘lchovni aniqliligini ta’minlash;

  4. O‘lchovni holatini tahlil qilib turish;

Metrologiyaning vazifalari kengayishi bilan bog‘liq sifatni metrologik ta’minotga oid savolni echish bilan shunday bir normativ texnik hujjat yaratishga zarurat tug‘iladi. U soha standartlari , mahsulot sifatini aniq baholashni ta’minlaydigan parametrlarni belgilaydi;


Ishlab chiqarishda o‘lchov vositalarini loyihalash va texnik tayyorlashdagi soha mahsulotlari tanlovi;
Ishonch intervallari orasini operativ to‘g‘irlash va texnik o‘lchov vositalari o‘rganish to‘g‘risidagi qo‘llanma shartlarini o‘rganish;
Mahsulot sifatini metrologik ta’minot bo‘yicha metrologik xizmat faoliyatining effektivligi, quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga oladi:
1. Tayyor mahsulot, xom ashyo va mahsulot sifati haqida xulosa chiqarishga yaroqli qiymatini eng kam parametrlarni aniqlash;
2. Mahsulotlarni qabul qilish va chiqarish nazorati aniqliligini ta’minlaydigan o‘lchamning aniq normasini o‘rnatish;
3. Maxsus soxa buyrug‘iga binoan standartlashtirilgan o‘lchov vositalari va tayyor mahsulotni sinash jarayonidagi nazorat va texnologik jarayonlarni ta’minlash; zarur bo‘lgan hollarda nostandart o‘lchov vositalari bilan ham aniq nazorat o‘tkazish mumkin.
4. O‘lchovni amalga oshirishda yanada zamonaviy qo‘llanmalar ishlab chiqarish;
5. O‘rnatilgan aniqligi GOST 8.002 ga mos ravishda o‘lchov vositalarini o‘lchamini amalga oshirishga tayyorligini ta’minlash;
6. Belgilangan normativ xujjatlashtirishda o‘lchovni amalga oshirishdagi shartlarni ijrosini ta’minlash;
7. O‘lchov usullari va vositalarini tanlash bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish
8. Nazorat o‘lchov operatsiyasini amalga oshirishda ishchilarni tayyorligini ta’minlash;
Ishlab chiqarishni tayyorgarlik bo‘lagi birinchi galda , mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidagi sifatni kafolatlaydi va ishlab chiqarishni metrologik ta’minlaydi. Tashkilotga bo‘lgan talab va bu ishlarni amalga oshirish GOST 8.054 da o‘rnatilgan. Bu hujjatlashtirish Davlat standartlarining yagona tizimi texnologik hujjatlari bilan mos kelishi kerak. Operatsion kartada o‘lcham vositasining nomlanishi va kodi , nazoratning foizi , (tanlov hajmi) nazorat qilinayotgan talablarga mos ravishda o‘rnatadi.
Ro‘yxatda barcha texnik nazorat operatsiyalari ta’riflari ketma- ketligi moslamalar to‘g‘risa berilgan ma’lumotlardan iborat.
GOST 3.1504 da nazorat qilinadigan o‘lchov parametrlari ro‘yxatdan o‘tkazish uchun moslashtirilgan o‘lchov kartasi keltirilgan. Nazorat kartasi barcha texnologik yo‘nalishdagi tayyorlanadigan mahsulot uchun asos bo‘ladi. Unda chegaraviy yoki nominal qiymatlari nazorat qilinayotgan parametr va uni o‘lchangan qiymatlari, nazorat qilinayotgan tayyor mahsulotni sifati bilan xulosa yasaladi. Bu hujjatlashtirishning asosiy maqsadi belgilangan va amaldagi prinsiplarning foaliyati haqida kerakli ma’lumotlarni berishdir.
So‘nggi yillargacha bu masalalar tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchilari texnologlar va yangi o‘lchov vositalari ishlab chiqaruvchilari tamonidan olib borilar edi. Metrologlarning qatnashuvi sanoat mahsulotni sifatini metrologik ta’minlashdagi darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bu bilan metrologik xizmat korxonalari faoliyatidagi vazifasi quyidagilardan iborat:
Nazorat ostidagi parametrlardan nominal qiymatlarni ajratib olish qoidalarini o‘rganish;
O‘lchov vositalarini klassifikatsiyasi , ishonchliligi va aniqligini baholash;
O‘lchov vositalarini xatoligiga ti’sir etuvchi faktlarni ko‘rsatish;
Mahsulotni brak yoki yolg‘on brakliligini aniqlanmaganligidan iqtisodiy yo‘qotishlar darajasini tushishi.
O‘lchov usullarning qiyinlashuvi o‘lchov o‘tkazish jarayonidagi xatoliklar keltirib chiqargan sezilarli summar xatosi 70 % gacha etadi. Boshqacha qilib aytganda o‘lchov vositalarining xatoligi har doim ham aniqlanavermaydi. Mahsulot sifatining metrologik ta’minlashdagi takomillashishi mahsulot loyihalarni metrologik ekspertizasida , konstruktorlik, texnologik va boshqa me’yoriy hujjatlarni normalarining aniqliligi, usullari, vositalari shartlari va tayyorlanish jarayoni va o‘lchashlarni o‘tkazish, qayta ishlash va o‘lcham natijalarni o‘lchashining aniqlililik ko‘rsatgichlariga taalluqli.
Metrologik ekspertiza qayta ishlashdagi texnik vazifa, loyiha ekspluatatsiya, nostandart o‘lchov vositalari , ma’lum bir sohadagi o‘lchov vositalari xujjatlari tasdiqlanishi shart. Mahsulotning aniqlilik ko‘rsatgichini anqlashda ishlab chiqarish va ishlatishdagi o‘lchov vositalari tanlash masalasi hal qilinadi. Qayta ishlov jarayoni o‘lchov vositalari va usullarni yanada rivojlangan tartibda ta’minlash va normalarning aniqliligini o‘rnatish, o‘lchash vositalariga mos ravishda o‘tkazish talab etiladi.
Metrologik ekspertiza texnologik hujjatlar loyixasi ekspertizasining bir qismi bo‘lishi mumkin. Bu GOST 15.001 ga mos ravishda amalga oshiriladi.
Metrologik ekspertizalarni o‘tkazish qayta ishlashning boshlang‘ich pog‘onasida emas, balki metrologik ta’minotni prinsipal xulosasini va tayyorlanishga kiritishga imkon yaratadi.
Bu pog‘onada tahlilning xarajatlari konstruksiyaning qayta ishlanishi va texnik o‘zgartirilishiga zarurat tug‘ilmasa keyingi pog‘onalarda tenglashadi. YAngi loyihalarni apparatlar, uskunalar mashina ishlab chiqarishda o‘tkaziladigan metrologik ekspertiza mahsulotni texnik tayyorlanish vaqtini qisqartiradi va noaniq va ishonchsiz bo‘lgan o‘lchov vositalaridan foydalanish bir qancha yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tayyor mahsulotning sifati haqidagi parametrlarni aniq ma’lumotlari bilan ta’minlaydi.
SHunday qilib, metrologik xizmat faoliyatining yangicha yo‘nalishi quyidagicha:
Mahsulotning metrologik holati ta’minotining tahlili;
Nostandart o‘lchov vositalari va maxsus soha o‘lchamlari o‘lchov vositalari qayta ishlash va metrologik attestatsiyasi.
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot, texnologik, konstruktiv va boshqa normativ xujjatlashtirishdagi metrologik ekspertiza loyixasi.
texnologik jarayonlarni boshqarishda va nazorat qilishda aniqlilikni ta’minlash uchun o‘lchov vositalarining usullari va qo‘llanilishi tanlovida ishtrok etish;
metrologik xizmatning ro‘yxatidagi vazifalarning kengayishi bois O‘zstandart tomonidan barcha sinf turlari ro‘yxati ishlab chiqilgan. –vazirlikdan tortib , korxonagacha.
Metrologik xizmatlar korxonasining optimal variant tuzilmasini aniqlashda ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiyinchiligi va taalluqliligidan kelib chiqish kerak, ishlab chiqarishning metrologik ta’minotning va Vazirlikning korxonaga qo‘yilgan toifasidagi ish hajmiga qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi (1-bo‘lim, 2-modda).
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va tahminlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston standart-lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi); qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ("Davarxitektqurilish" qo‘mitasi);
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli tahsirlardan muhofaza qilish sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi);
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo‘yicha respublikaga etkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buen matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.
"O‘zstandart" agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi (1-bo‘lim, 3-modda).
"O‘zstandart" agentligi", "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar.
Standartlarni tasdiklagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor istehmolchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan tahminlaydilar.
Standartlashtirish yangi mahsulot ishlab chiqarish rejalarini va uni o'zlashtirish tartiblarini, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni va ish lab chiqarishga qo'yishda buyurtmachi, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi hamda iste'molchi vazifalarini belgilab beradi. Bu tizimda alohida o'rin tutuvchi jihat shundaki, tayyorlangan mahsulot sifatining 65-70 % ilmiy-texnika yutuqlarini loyihalashtirish sifati orqali aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik qilishidan asosiy maqsadi davlat standartlashtirish tizimini xalqaro, mintaqaviy hamda chet mamlakatlarning ilg'or milliy tizimlari bilan quyidagi maqsadlarda uyg'unlashtirishdan iboratdir:
- standartlashtirish bo'yicha me'yoriy hujjatlarning ilmiytexnik darajasini oshirish va ularda xalqaro standartlarni, chet mamlakatlarning mintaqaviy va milliy standartlarini qo'llash asosida hamda ilmiy-texnik taraqqiyotning jahonda erishilgan yutuqlaridan zaruriy darajada foydalanish asosida optimal o'rnini shakllantirish;
- vatanimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va uning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish;
- mamlakatimiz standartlari asosida yangi raqobatbardosh mahsulot va texnologiya turlariga xalqaro (mintaqaviy) standartlarni, shu jumladan, ikki tomonlama (ko'p tomonlama) hamkorlik natijasida yaratilgan mahsulot va texnologiyalarga xalqaro standartlarni ish lab chiqish;
- O'zbekiston Respublikasining chet mamlakatlar bilan savdoiqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorligini me'yoriy darajada ta'minlashni yaxshilash va mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini ta'minlash;
- xalqaro va mintaqaviy standartlarni ishlab chiqish jarayonida xalq xo'jaligining manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash;
- standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik standartlashtirish bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek, chet mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama asosda amalga oshiriladi.
Standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, iqtisodiy va ilmiytexnik hamkorlik bo'yicha, hukumatlararo komissiyalarning qarorlari va hamkorlik to'g'risidagi bayonnomalar asosida O'zbekiston Respublikasining standartlashtirish bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari faoliyati ishtiroki asosida kelib chiqadigan majburiyatlar negizida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan ushbu tashkilotlar ishida bevosita ishtirok etishi birinchi navbatda xalqaro standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etishini, shuningdek, ularning O'zbf':kiston Respublika~i xalf} xo'- jaligida qo'lIanilishini ta'minlashni va sherik mamlakatlar bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni o'z ichiga oladi.
Standartlashtirish sohasida ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama hamkorlik doirasida faoliyat turlari sherik mamlakatlarning milliy standartlarini uyg'unlashtirish bo'yicha ishlarni, standartlarning hamkorlikda ishlab chiqarilishini, mazkur sohada qo'shma ilmiy tadqiqotlar, tajribalar va axborot almashinuvlar, o'zaro birlikda maslahatlar, kadrlarni o'qitish va boshqa sohalarni o'z ichiga qamrab oladi.
O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik bo'yicha ishlarning tashkil etilishi va o'tkazilishi O'zdavstandart tomonidan belgilangan tartibda, standartlashtirish masalalari bilan shug'uUanadigan ISO, MEK va boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek, respublikada amal qilayotgan va O'zbekiston Respublikasining sherik mamlakatlar bilan ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlik qilish bo'yicha ishlarni o'tkazish tartibini belgilaydigan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ismatullayev P.R. va boshqalar. “Metrologiya asoslari” Toshkent. 2012y
2. Abduvaliyev A.A., Latipov V.B., va boshq. “Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat” Toshkent 2008y.
3. P.R.Ismatullayev., A.X.Abdullayev., A.Turg‘unboyev. О‘lchashlarning fan va turmushdagi tutgan о‘rni. О‘quv qо‘llanma. TDTU., 2000 y.
4. P.R.Ismatullayev va boshqalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. / Darslik. Toshkent., 2001.
Yüklə 26,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin