Nazorat savollari
O’simliklarni geografik tarqalishini tushintiring.
Dorivorlik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
O’simlikdan gerbariylar tayyorlang va na’munalar to’plang
№9 LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Mashg‘ulot mavzusi: Zarafshon archasi mevasi – fructus juniperus zeravschanicae bioekologik xususiyatlarini va dorivorlik xususiyatlari
Ishning maqsadi: Zarafshon archasi mevasi – fructus juniperus zeravschanicae bioekologik xususiyatlarini va dorivorlik xususiyatlarini o`rganish
Kerakli jihozlar: zarafshon archasi o`simligidan olingan na`muna, archa mevalari, mevadan efir moylari ajratib olish uchun sopol hovoncha.
Mashg‘ulot bo‘yicha umumiy ma’lumotlar: O'simlikning nomi. Zarafshon archasi — Juniperus zeravs-chanica Kom.; sarvidoshlar — Cupressaceae oilasiga kiradi.
Zarafshon archasi (qizil archa) ikki uyli, shox-shabbasi qalin, oval yoki konussimon, bo'yi 20 m gacha bo'lgan qizg'ish po'stloqli daraxt yoki ba'zan buta. Shoxlari yo'g'on, uchidagilari yashil-ko'kimtir, ingichka (yo'g'onligi 1-1,5 mm). Barglari tangachasimon, cho'ziq-tuxumsimon, o'tkir uchli. Erkak gullari (changchi boshoqchalar) kengtangachali, sporangiyalari 3-6ta, erkin holda; urg'ochi qubbalari o'zaro birlashgan, mevalari yeti-lish oldida shishib qalinlashadigan 3—9ta tangachadan tashkil topgan. Mevasi — sharsimon, qisqa bandli, xomligida yashil, pishganida to'q qo'ng'ir rangli, qattiq, 2-3 (ba'zan 4) urug'li g'udda meva.
Aprel-iyun oylarida gullaydi, mevasi kelgusi yili oktabr-dekabr oylarida pishadi.
Geografik tarqalishi. Asosan, Pomir-Oloy, Tyan-Shan (Qora tog'gacha) tog' tizmalaridagi, dengiz sathidan 1000 m dan 2500 m gacha bo'lgan balandlikdagi adir va tog'larda, toshli hamda chag'ir toshli yonbag'irlarda o'sadi. O'zbekistonning Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida uchraydi, ba'zan katta archazorlar tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |