Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bo‘lgan e’tibor oshib bormoqda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ni qurilishi, ”O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “Xalq amaliy san’ati muzeyi” ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat qaramog‘idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23-o‘lkashunoslik, 10-badiiy san’at koshonasi, 20-memorial muassasa, 8-adabiyot, 4-tibbiyot muzeylaridir.

Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510 muzey xalqimizning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga o‘zlarining hissalarini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylarda 2000-yil boshlarida 1.350 ming eksponantlar saqlanmoqda va bularni o‘tgan davrda 1.655.400 kishi tomosha qilgan.
Sharq va G‘arb me’morchiligi uyg‘unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat markazlarida qad ko‘tarib, shaharlarimiz husniga husn qo‘shmoqda. Milliy bank, mehmonxona binolari hamda madaniyat va istirohat bog‘larining bunyod etilishi buning yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, tasviriy san’at, raqs, kino san’atlarida ham an’anaviy va zamonaviy usullar uyg‘unlashib yetuk asarlar yaratildi va yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining milliy sport jamoasi xalqaro maydonlarda mustahkam va baland cho‘qqilarni zabt etgan holda o‘z tarkibiy sonini yildan-yilga ko‘paytirib bormoqda. Sportchilarimizning yuqori cho‘qqilarga erishishi yosh respublikamizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashda shubhasiz ko‘maklashadi. Nufuzli anjumanlarda milliy bayrog‘imizni himoya qiluvchi yoshlar mahsus yakka va o‘yin sport turlarining professionallari o‘z tayyorgarliklarini va mahoratlarini namoyish etib mamlakatimizning boy sport ana’nalariga egaligini namoyon etmoqdalar va tasdiqlamoqdalar. Jismoniy tarbiya va professional sport sohasida yuqori cho‘qqilarga erishish jiddiy yondoshishni, katta mehnatni va moddiy xarajatlarni talab qiladi. Mana shularning barchasi mavjud bo‘lgandagina sportning bir me’yorda doimiy rivojlanishiga erishish mumkin.